Xotirani yaxshilash

           «O’rtacha odam, — deydi taniqli ruhshunos, professor Karl Sishor, — o’z xotiralari tug’ma qobiliyatlarining faqat o’n foizidan foydalanadi, xolos. Qolgan to’qson foizi yo’qoladi, chunki eslab qolishnin tabiiy qonunlarini buzadi».
Siz xuddi shunday o’rtacha odamlar toifasiga kirasizmi? Agar shunday bo’lsa, nihoyat darajada og’ir ahvolga tushgansiz, ijtimoiy, xuddi shunday savdo-sotiq nuqtai nazaridan ham, shubhasiz, bu maqolani o’qish va qayta o’qish siz uchun juda qiziqarli va foydali bo’lar edi. Unda eslab qolishning tabiiy qonunlari bayon etilgan va har tomonlama izohlangan va undan ish yuritish va maishiy suhbatlarda, shu bilan birga ko’pchilik oldida ma’ruzalar o’qishda qanday foydalanish ko’rsatib berilgan.
«Eslab qolishning tabiiy qonunlari» nihoyatda oddiy. Ular uchtagina. Har qanday nomlangan «Eslab qolish tizimi» ana shunga asoslanadi. Qisqacha aytganda, gap taassurot, takrorlash va tasavvur, his-tuyg’u, fikrning o’zaro bog’lanishi haqida bormoqda.
Esda saqlab qolishning birinchi sharti  siz xotirlashni xohlagan narsa to’g’risida chuqur, yorqin va mustahkam tasavvur hosil qilishdir. Buning uchun diqqat-e’tiboringizni bir joyga jamlashingiz kerak. Teodor Ruzvelt uni bilgan kishilarni ajoyib xotirasi bilai lol qoddirgan. Bu noyob eslash qobiliyati yana shu bilan izohlanadiki, uning taassurotlari xuddi po’latga naqsh o’ygandek bo’lib, aslo suvga yozilganday emasdi. Qunt, tirishqoqlik hamda diqqat-e’tiborini bitta nuqtaga yig’ishni o’rgangan edi. 1912 yilda, Chikagoda taraqqiyparvar partiya s’ezdida uning shtab-kvartirasi «Kongress» nomli mehmonxonada joylashgan edi. Pastda, uning derazasi tagida olomon to’plangan edi. Odamlar bayroqlarni silkitib, «Biz Teddini istaymiz! Biz Teddini istaymiz!» deb qichqirishardi. Olomonning o’kirishi, orkestrlar musiqasi, siyosiy arboblarning kelib-ketishlari, shoshilinch yig’ilish va maslahatlar — bularniig bari har qanday oddiy kishini chalg’itishi mumkin edi, ammo Ruzvelt o’z xonasida tebranma oromkursida o’tirib, biror narsaga zarracha e’tibor bermay, yunon tarixchisi Herodot asarini mutolaa qilardi. Braziliyadagi qip-qizil yaydoq sahrolarda sayohat qilar ekan, u kechqurun horib-charchab zo’rg’a manzilga etib kelar, shunda qandaydir shoxlab ketgan daraxt tagidan quruq joy topardiyu, safar kursisini olib, unga o’tirar va Gibbonning «Rim imperiyasining qulashi va emirilishi tarixi» kitobini o’qishga tutinardi. Asta sekin mutolaaga shunchalik berilib ketardiki, yomg’irni ham, lagerdagi shovqin suronni ham, tropik o’rmonning tovushlarini ham mutlaqo ilg’amas edi. Shunday ekan, bu odam o’qiganlarini yodda tutganiga ajablanmay bo’ladimi? Diqqat-e’tiborni to’liq, besh daqiqa bir joyga to’plash aql tumani ichida bir kun adashib yurgandan ko’ra ko’proq samara beradi. «Bir soatlik g’ayrat bilan ishlash, — deb yozgan edi Genri Uord Bicher, — bir yillik mudroqdan ko’ra ko’p narsa beradi «.
«Men bir narsani qo’lga kiritdim, u barcha narsalardan afzal, — degan edi bir yilda milliondan ziyod foyda oluvchi «Betlexem stil» kompaniyasi prezidenti Yujin Greys, — uni har kuni, har qanday sharoitda qo’llayman — men ayni vaqtda shug’ullanadigan ishimga butun diqqat-e’tiborimni to’la-to’kis sarflayman».
Bu xotira kuchi, aslida kuch sirlaridan biridir.

Linkoln nima uchun ovoz chiqarib o’qir edi?

Linkoln bolaligida qishloq maktabiga qatnar, uning poli ko’p joyidan yorilib ketgan xaridan qilingan, derazadagi oyna o’rniga daftardan yirtib olingan va yog’ surtilgan qog’oz qo’yilgan edi. Maktabda faqat bittagina darslik bo’lib, uni muallim ovoz chiqarib o’qir, boshqa o’quvchilar ortidan darsni jo’r bo’lib takrorlashardi. Doimiy ravishda shovqin-suron eshitilib turar, shuning uchun qo’shni aholi bu maktabni «shovqin-suronli asalari uyasi» deb aytar edi.

Ana shu «Asalari uyasi»da Linkoln bir umrga tatigulik odatni o’zlashtirdi. U nimani esda saqlashni istasa, o’shani hamisha ovoz chiqarib o’qir edi. Springfilddagi o’zining advokatlik idorasida o’tirar ekan, divanga yaxshilab joylashib olardida, oyog’ini qo’shni kursiga tayab, gazetani bor ovozi bilan baqirib o’qir edi. «U mening shunchalik jonimga tegdiki, — degan edi Linkolnning sherigi, — bir kuni nega aynan shunday qilib o’qiysan, deb so’radim. U menga tushuntirdi: «Men qachon ovoz chiqarib o’qisam, fikr ikkita his etish a’zosi orqali qabul qilinadi. Birinchidan, nimani o’qisam, o’shani ko’raman, ikkinchidan, men uni eshitaman, shuninguchun juda yaxshi eslab qolaman».

Uning xotirasi odatdan tashqari o’tkir edi. «Mening aqlim, — degan edi Linkoln, — po’lat parchasiga o’xshaydi. Unga nimanidir tirkash nihoyatda qiyin, ammo biror kun yozilgandan keyin mutlaqo o’chirib bo’lmaydi».

Linkoln o`ziga kerakli ma’lumotni aks etgirmoq uchun ikki his-tuyg’u a’zosidan foydalangan. Siz ham xuddi shuni amalga oshirishingiz mumkin.

Ibratli bo’lish uchun faqat ko’rish va eshitishning o’zi kifoya qilmaydi, xotirada saqlash uchun uni paypaslab ko’rish, hidlash hamda mazasini ta`tib ko’rish kerak.

Eng muhimi — ko’rish hisoblanadi. Insonda asosiysi, ko’rish idroki hisoblanadi. Ko’rish idroki, taassuroti juda-juda mahkam mustahkamlanadi. Biz odamni yuzidan bilamiz, uning nomini ko’pincha eslay olmaymiz. Ko’zdan miyagacha boradigan asab tolalari quloqdan miyaga qadar boradiganiga nisbatan 25 marta ingichkadir. Xitoyliklarda shunday maqol bor: «Ming bor eshitgandan bir bor ko’rgan afzaldir «.

Xotirada saqlashni istasangiz, telefon raqamini, ma’ruza rejasini yozib oling. Yozib olganlaringizni ko’rib chiqing. Ko’zingizni yuming. Olovli harflar bilan yozganlaringizni ko’z oldingizga keltiring.

Mark Tven yozmasdan gapirishni qanday o’rgangan?

     Ko’rish xotirasidan foydalanishni o’rgangan Mark Tven yozuvlardan voz kechgandi. Shu sababli uzoq yillar mobaynida uning ma’ruzalari muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi. Bu haqda adibning o’zi «Xarpers megezin» sahifalarida shunday hikoya qiladi: «Sanalarni esda saqlash juda mushkul, chunki ular raqamlardan iborat, raqamlar ifodasiz ko’rinadi va xotirada mahkam saqlanmaydi. Ular suratlardan iborat emas, shu bois ko’zga ilashib qolmaydi. Suratlar raqamlarni eslashga yordam beradi. Ular xotirada deyarli hamma narsani saqlab oladi, agar bu suratlarni o’zingiz yaratgan bo’lsangiz, yanada yaxshi. Men buni   shaxsiy tajribamdan yaxshi bilaman. Bundan o’ttiz yil muqaddam har kuni  kechqurun ma’ruzaning yodlangan matnini o’qirdim, har bir tun yozuvli   qog’ozda adashib qolmasligim uchun   yordamga kelar edi. Yozuvlar xat bo shining birinchi so’zlaridan iborat  bo’lib, ular o’n uchta —   taxminan   quyidagicha edi:

 Mark Tven Bu tumanda iqlim…

O’shanda shunday odat mavjud edi…

Ammo Kaliforniyada hech kim eshitmadi…

Bunday yozuvlar o’n uchta edi. Ular ma’ruza rejasini eslatar, biror narsani tushirib qoldirmaslikka menga yordami tegardi. Ammo qog’ozda bir-biriga o’xshab ketar, surat qiyofasini hosil etmasdi. Men ularni yoddan bilardim, ammo ketma-ketligini aslo eslay olmasdim, shu bois doimo oldimga bu yozuvlarni qo’yardim-u, vaqti-vaqti bilan ularga ko’z tashlardim. Bir kuni uni qaergadir qo’ydim, o’sha oqshom meni qurshab olgan dahshatni mutlaqo tasavvur ham qilolmaysiz. Shundan keyin ehtiyotkorlikning boshqacha qandaydir usulini topish kerakligini angladim. Ushbu iboralarning birinchi o’nta harfini esladim-u ularni siyoh bilan tirnog’imga yozib, minbarga shu holda chiqib ketdim. Dastavval tirnoqlarimga tartib bilan qaradim, ammo keyin adashib ketdim, qaysi tirnog’imga qarashni bilmay qoldim, o’zimga ishonchsizlik ortib ketdi. Foydalanib bo’lganimdan keyin tirnog’imdagi harflarni tilim bilan yalab tozalay olmaymanku, garchi bu ishonchli usul bo’lsada, tinglovchilarning haddan ziyod qiziqishlariga muyassar bo’lardim. Aslida shusiz ham tinglovchilarning sinchkovligini oshirgan edim, ularga men ma’ruza mavzusidan ko’ra o’z tirnoqlarimga mahliyo bo’lganday tuyulibdi. Bir necha kishi qo’llarimga nima bo’lganini so’rab qoldi.

       Ana shunda miyamga suratlar asosida fikr yuzaga keldi. Mening ruhiy qiynoqlarim tamom bo’ldi. Ikki daqiqa ichida men oltita rasm chizdim, ular mening o’n uchta boshlang’ich iboralarim o’rnini ajoyib tarzda almashtirdi. Rasmlarni ishlaganim zahoti bir chekkaga tashladim, chunki ishonardimki, ko’zimni yumib, uni ro’paramda istagan paytda ko’ra olaman. Shunday buyon chorak asr vaqt o’tdi, o’sha ma’ruza matni yodimdan ko’tarilib ketganiga ham yigirma yil bo’libdi, ammo uni yana o’sha rasmlar asosida yozishim mumkin — ular xotiramda qolgan».

         Bir kuni menga xotira to’g’risida ma’ruza o’qishga to’g’ri keldi va ko’proq shu bobda keltirilgan ma’lumotlardan foydalanishga harakat qildim. Rasmlar ko’rinishida alohida holatlarni esladim, ko’z oldimda Ruzveltni tasavvur etdim, u derazasi tagida olomon qichqirig’i va orkestr musiqasi ostida tarixni o’qib yotardi. Keyin ko’z o’ngimda ovoz chiqarib o’qiyotgan Tomas Edisonni gavdalantirdim. Tinglovchilar ishtirokida tirnog’idan siyoh bilan yozilganlarni o’chirayotgan Mark Tvenni ham tasavvur etdim.

       Men ushbu suratlarning tartibini qanday esladim? Raqamlariga birinchisi, ikkinchisi, uchinchisi, to’rtinchisi debmi? Yo’q, bu haddan tashqari qiyin ish bo’lardi. Raqamlarni ham rasmlarga aylantirdim va ularni rasmlar bilan birgalikda qo’shib olib bordim. Masalan, «uan» (bir) so’zi «ran» (sakramoq) so’zi bilan ohangdosh, shuning uchun men o’z xonasida otga minib, otda sapchiyotgan Ruzveltni ko’z oldimga keltirdim. «Tu» (ikki) so’zi «zu» (yirtqich bo-lasi) kabi jaranglaydi va men hayvonot bog’ida ayiq qafasi ichida turib, gilos daraxtiga qarab turgan Edisonni ta-savvur etdim. «Zum» (uch) daraxtga o’xshaydi va men daraxtning ichida turib, sherigiga ovoz chiqarib o’qib berayotgan Linkolnni ko’z o’ngimda gavdalantirdim. «For» (to’rt) «dor» (eshik) so’ziga juda monand: Mark Tven ochiq eshikka suyanib tinglovchilar qarshisida tirnog’idan siyohni o’chirayotgan edi.

        Ushbu satrlarni o’qiyotganlarning aksariyati mazkur uslub tuturuqsizliqdan iborat ekanku, deb o’ylaydi. Bu to’g’ri, ana shuning o’zi uning muvafaqqiyati sabablaridan biri hisoblanadi. Aynan shu holati va tuturuqsiz narsalar oson esga tushadi. Agar men misollarimning tartibini raqamlarga ko’ra eslashga urinsam, ularni tezgina chalkashtirib yuborar edim, ammo hozirgi bayon etganim mutlaqo bunday bo’lmasdi. Men qachon uchinchi bandni eslamoqchi bo’lsam, o’zimdan daraxt tepasida kim turgandi, deb so’rar va ko’z oldimda Linkoln gavdalanar edi.

       O’zimga qulaylik tug’dirish maqsadida raqamlarni bir-dan yigirmagacha ko’zga ko’rinadigan obrazlarga, suratlarning nomini tanlab, jarangdor raqamlarga aylantirdim. Agar siz yarim soat vaqt sarflasangiz, bunday raqamli suratlarni esga tushirishda yigirmata fan ro’yxatiga ega bo’lasiz, faqat sanab ko’rsatilganlardan birini aniq tartib bilan takrorlash, shu bilan birga beixtiyor ravishda, masalan, qaysi fan sakkizinchi, qaysi biri o’n to’rtinchi, qaysisi uchinchi va hokazo deyish esga keladi.

Bularni o’zingizda sinab ko’rishga harakat qiling. Balki, hech narsa chiqmaydi, deb o’ylashingiz mumkindir, bari-bir bir urinib ko’ring. Ko’p o’tmay odamlarni noyob xotirangiz bilan qoyil qoldirasiz va har holda buni qiziqarli, deb topasiz.

 Butun boshli kitobni qanday yod olish mumkin?

              Qohiradagi Al-Azhar universiteti dunyoda eng yirik oliy o’quv yurtidir. Ushbu muassasada yigirma bir ming talaba tahsil oladi. Kirish imtihonida har bir kiruvchidan Qur’onni yoddan aytib berish talab qilinadi. Bu kitob ham taxminan Injil kabi hajmga ega bo’lib, uni ovoz chiqarib o’qishga uch kun vaqt ketadi!

Olim yigitlar deb ataluvchi xitoylik talabalar ayrim diniy kitoblar va klassik asarlarni yoddan bilishlari lozim.

Arab va Xitoy talabalari ishonish qiyin bo’lgan bunday jasoratni amalga oshirishni qanday uddalaydilar?

Takrorlash vositasida, bu — eslab qolishning ikkinchi «tabiiy qonuni»dir.

Siz cheksiz miqdordagi ma’lumotni etarli darajada tez-tez takrorlab tursangiz, yoddab ololasiz. Eslab qolishni istagan ma’lumotlarni takrorlang. Ulardan foydalaning. Amalda tatbiq eting. O’zaro suhbatlarda yangi so’zlarni ishlating. Yangi tanishlarning ismini tilga oling, agar ularning nomini eslashni xohlasangiz. Ko’pchilik oldida so’zga chiqishda gapirmoqchi bo’lgan holatlarni suhbatlarda eslab turing. Foydalanishda ishlatilgan ma’lumotlar xotirada joylashib qoladi.

 Qanday takrorlash foydali?

         Shu bilan birga mexanik, ko’r-ko’rona yodlash kerak emas. Ongli takrorlash, ayrim o’ziga xosliklar bilan tegishli tarzda idrok qilish — ana shular biz uchun juda zarur. Masalan, professor Ebbingxauz o’z talabalariga eslab qolish uchun ma’noga ega bo’lmagan «dekyus», «koli» kabi so’zlardan iborat uzundan-uzun ro’yxat bergan va hokazo. U talabalar uch kun ichida o’ttiz sakkiz marta takrorlaganidan keyin bir kun ichida oltmish sakkiz marta takrorlaganida, nechta so’z yodlagan bo’lsa, shuncha yodlay olishini bilib oldi. Boshqa ruhiy testlar ham aynan ana shunday natijalarni berdi.

Bu xotiramizga doir nihoyatda muhim ixtirodir. Biz endi o’tirib takrorlaydigan kishi o’z xotirasida uni toki mustahkamlamas ekan, agar takrorlash jarayoni ongli ravishda ma’lum vaqt oralig’ida o’tkazilsa, natijalari tufayli qo’lga kiritilgan samaraga nisbatan ikki baravar ko’p vaqt va quvvat sarflashini bilamiz.

Idrokning bu o’ziga xosligini ikki omil bilan izohlash mumkin:

Birinchidan, takrorlashlar orasida bizning ong osti birlashuvimiz fikrlar, so’zlshuvlarni mustahkamlash bilan band bo’ladi. Professor Jeyms to’g’ri ta’kiddaganidek, «biz qishda suzishni, yozda esa konkida uchishni o’rganamiz».

Ikkinchidan, miya tanaffus bilan ishlaganda, haddan ziyod og’irlikdan toliqmaydi. «Ming bir kecha» tarjimoni yigirma etti tilda xuddi ona tilimizday bemalol gapirgan. Uning o’zi e’tirof etishicha, til o’rganish va uni amaliyotga tatbiq qilishda hech qachon o’n besh daqiqadan ortiq bir varakayiga vaqt sarflamagan, chunki «bundan keyin aql o’z bardamligini yo’qotadi», deydi u.

So’zsiz, bu dalillar qurshovida endi birorta ham odam o’zini aqlli deb so’zga chiqish kunigacha o’z ma’ruzasiga tayyorgarlikni tashlab qo’ymaydi. Agar shunga harakat qilsa, xotirasi o’z imkoniyatiga ko’ra majburan faqat yarim tarz-da faoliyat ko’rsatadi.

Biz qanday unutishimiz, esdan chiqarishni bayon etish xususida talay qimmatli ixtirolar qilingan. Ko’p marta o’tkazilgan ruhiy tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, biz dastlabki sakkiz soatda keyingi o’ttiz kun ichidagiga nisbatan ko’proq unutar ekanmiz. Hayratlanarli darajadagi o’zaro nisbat! Shuning uchun bevosita birinchi ishga doir yig’ilish, ota-onalar uyushmasi a’zolari bilan o’tkaziladigan majlis, klubdagi mashg’ulotlar, bevosita ko’pchilik oldida ma’ruza bilan chiqish qilinganida, dalillarni yana bir bor eslang, xotirangizni yangilang.

Linkoln bu uslubning ahamiyatini juda yaxshi bilar va unga amal qilar edi. Gettisbergda uning huzurida e’tiborli olim Edvard Everst so’zga chiqqan edi. Linkoln uning uzundan-uzoq rasmiy ma’ruzasi oxiriga etayotganini ko’rib, «ochiqdan-ochiq asabiylashdi, u doimo boshqa notiqdan keyin so’zga chiqsa, shunday bo’lar edi». Shosha-pisha ko’zoynagini taqib, cho’ntagidan qo’lyozmani olib, xotirasini yangilash maqsadida o’zicha o’qishga tutinardi.

Professor Uilyam Jeyms yaxshi xotiraning sirlarini ochadi

          Mana sizga eslashning ikkita dastlabki qonuni. Ammo yana uchinchi qonun — assotsiatsiya ham bor (assotsiatsiya — tasavvur, his-tuyg’u, fikr va shu kabilarning bir-birini eslatadigan o’zaro bog’lanishi ma’nosida). U eslashning muhim qismi hisoblanadi. Aslida uning o’zi xotira mexanizmini izohlab beradi.

«Bizning miyamiz, — deb donolarcha fikr goritadi professor Jeyms, — o’zida, asosan, tasavvur, his-tuyg’u, fikrni bir-biriga bog’lashga xizmat qiladigan mexanizmdir… Faraz qilaylik, men biroz vaqt jimjit turaman, so’ngra buyruq ohangida: «Eslang! Eslab ko’ring!» — deb aytaman. Xotirangiz ana shu buyruqqa bo’ysunsa-da, o’ylash hayotingizdan qandaydir muayyan manzarani gavdalantiradimi? Yo’q, albatta. U faoliyatsiz qolaveradi va: «Men aniqroq qilib, aynan nimani eslashim kerak?» — deb so’raydi. Qisqasi, unga ko’rsatma kerak. Ammo men unga: «Tug’ilgan yilingiz sanasini ayting yoki nonushtada nima egan edingiz, nota tartibini musiqa gammasida aytib bering», desam, sizning xotira qobiliyatingiz zudlik bilan talab qilingan natijani beradi, olingan ko’rsatma xotirangizning to’la-to’kis imkoniyatlarining juda keng zaxiralarini ma’lum tomonga yo’naltiradi. Bu ko’rsatma siz eslagan narsalar bilan chambarchas bog’liqdir. «Tug’ilgan kunim sanasi» degan so’z bevosita muayyan oy, yil raqam bilan o’zaro bog’lanadi; «Bugungi nonushta» esdaliklarining qahva va quymoqdan tashqari barcha boshqa rishtalarini chiylab o’tadi, «musiqaviy gamma» so’zi ongda bir-biriga do, re, mi, fa, sol, lya, si, do bilan qo’shni sifatida mavjuddir. Aslida assotsiatsiya qonunlari sizning fikrla-ringiz harakatini boshqaradi; uxayolot, tashqaridan ro’y beradigan o’zgarishlarga aslo berilmaydi, ongda nimaiki ro’y bersa, unda aks etmog’i kerak, endi bo’lajak aks etuvchi esa allaqachon ro’y bergani bilan’o’zaro aloqaga kirishadi. Bu nimaniki eslasangiz ham, nima haqida o’ylasangiz ham barchasiga taalluqlidir. Mashq qilingan xotira assotsiatsiyaning tashkiliy tizimiga tayanadi va uning yuqori sifati bu assotsiatsiyalarning ikki o’ziga xosligiga bog’liq-dir: birinchidan, assotsiatsiyaning mustahkamligiga, ikkinchidan, uning soniga.

             Shunday qilib, «yaxshi xotira siri», bu turli xildagi va son-sanoqsiz assotsiatsiyalarning, ya’ni biz eslashni xohlagan barcha dalillar bilan shakllanish siridir. Ammo assotsiatsiyaning dalillar bilan shakllanishi iloji boricha dalillar to’g’risida ko’proq o’ylashni anglatadi. Qisqaqilib aytganda, tashqaridan bir xildagi axborotni olgan ikki kishidan qaysi biri olingan ma’lumotni ko’proq o’ylasa va ular o’rtasida mustahkam aloqani o’rnata olsa, u yaxshi xotiraga ega bo’la oladi.