Vatan nima ?

          Vatan –inson  inson tug’ilgan muqaddas  zamin, uning qalbida  abadiy qoladi va hech qachon unitilmaydi. Vatan tushunchasi  va unga  bo’lgan muhabbat ona suti,  ona bag’ri, ona mehr-muhabbati, ona allasi bilan  yuragiga jo- bajo bo’ladi.

        Vatan deganda ota-momolarimiz, avlod-ajdodlarimiz o’tgan kindik qoni to’kilgan ona Yerni tushunamiz. Avlod — ajdodlarini   bilgan va qadrlagan  inson  uchun ular yashagan makon jonajon  Vatandir.

          Vatanni qalban, chuqur his qilish uchun xalqning Vatanparvarlik namunalarini bilish, uni e’zozlash,  qadriga yetish, mustahkamlash kerak. Mana shu tuyg’ular,  manashu go’zal insoniy  oliy fazilatlar bugungu  erkin kunimiz uchun haqiqiy  Vatanparvarlik namunasidir.

            Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va  taraqqiyot yo’li ” risolasida “O’zbekiston-har bir o’zbek, bu  zaminda yashayotgan har bir millat vakili uchun sevimli Vatandir”, — deya O’zbekiston fuqorasining  Vatanparvarligini , umuman, Vatanparvarlik mazmunini aniq ko’rsatadi. Risolada aytilishicha, O’zbekiston fuqarosining Vatanparvarligi — bu qayta o’zgarishlar yo’lini ko’rsatuvchi, ko’zlangan maqasddan chetga chiqmaydigan  yo’lchi yulduz, ishonchli  kompasdir… O’z mamlakati bilan  faxrlanadigan  insobn juda  ko’p narsalarga  qodirdir. Bu esa oilaning ham? O’z vatanining ham shon- shuhratini  oshiradi.

        Muhammad Bobur  Hindistonda qudratli va shavqatli saltanat bunyod etadi.  U hikimi mutlaq etadi. U hayotning barcha  noz-ne]matlaridan,  lazzatlaridan  istagancha bahramand bo’lish imkoniga ega. biroq bobur bekamu ko’st hayot  bilan  o’zizni baxtli  inson deb hisoblaganmi? yo’q, albatta. Unga hamisha bir narsa yetishmagan,  uni hamisha bir tuyg’u  qiynagan, qalbini o’rtagan. Bu Vatan sog’inchi  va tuyg’usi edi.

              Tole’ yo’qi  jonimga balolig’ bo’ldi,

              Har ishniki ayladim,  xatolig’ bo’ldi.

              O’z yerni qo’yib,  hind sori yuzlandim

              Yo rab netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi

        Buyuk vatandoshimiz, Vatanparvar inson Abdurauf Fitrat asarining boshida o’z  yurtining qayg’usi  taqdiri haqida quyidagi  so’zlarni bitgan:

  ’’ Ey ulug’ Turon…  sen mening Vatanimsan… Yurtim, Turonim,  sendan ayrilmoq-mening o’limim. sening uchun o’lmoq –mening tirikligimdur. Panohim, sajdagohim, umudim!Yotlaring  seni shu kunga soldilar… Zolimlar seni kimsasizmi ko’rdilar! Yo’q, sen kimsasiz emassan. Mana, men chin ko’nglim  bilan  sening yo’lingda ulurg’a  rozi… Men sening uchun  yasharman, sening uchun o’lurman. Ey turklikning muqaddas o’chog’i! O’lim- sening  o’limingni istaganlarga, nafrat-sani ko`mgani kelganlarga!”.

        Vatan tuyg’su –bu o’z halqini sevish, u bilan  faxrlanish , uni hurmat qilish va qdriga yetish degandir.

         Vatan tuyg’su – bu  shu aziz Vatanni  o’zining halol  peshina teri  bilan bilan obod etgan  ajdodlarimizni doimo  eslamoq demakdir. Vatan tuyg’su-bu o’z aqli, idroki bilan jahon taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan Vatandosh  buyuk allomalarimiz, mutafakirlarimiz, hadis va tasavvuf  ilmining sultonlarini unutmaslik  demakdir Vatan tuyg’su-bu ona Vatanimiz ozodligi yo’lida shaxid bo’lgan buyuk ajdodlarimizni yodda  tutish demakdir.

        Vatan tuyg’su-bu aziz va laziz, go’zal Vatanimizga yuksak  e’tiqod bilan  yashash  va unga hamisha  chin  farzand  bo’lish demakdir. Ana shunday tuyg’u,  hislarga ega bo’lgan inson o’z Vatanini sevmasligi, Vatanidan yiroqda bo’lganida uni qumsamasligi mumkin emas.

 

О Qobiljon Umarov

Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston !

Fikr qoldiring

Sizning emailingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.To'ldirish shart bo'lgan bandlar *

*