O`qituvchi «imidji» qanday bo`ladi?

    Insonlarga ta’sir ko’rsatishning 2 usuli mavjud. “Ishontirish usuli” va “Yoqish usuli”. Ulardan so’nggisi samaraliroq degan edi Farangistonlik olim va faylasuf  Blez Paskal. Shunday ekan avvalo imidj so’zi qanday ma’noni bildirishini aniqlab olsak. Imidj atamasi ingliz tilidagi «image» so’zidan olingan bo’lib, o’zbek tiliga tarjimasi “ko’rinish”, “qiyofa”, “siymo”, “timsol” ma’nolarini anglatadi. Imidj – taasurotlarni boshqarish san’ati bo’lib, ijobiy imidj tufayli shaxsning siymosi uning ma’naviy hislatini namoyon etadi, vizual tarzda uning eng yaxshi xususiyatlari moddiy tarzda gavdalanadi hamda uning individual  o’ziga xosligi ko’rinadi.

   Tashqi qiyofa orqali insonlarning qiziqishlarini orttirgan holda, o’zini namoyon qila olish, o’ziga og’dira olish va e’tiborni qarata olish, shuningdek, iste’dodning o’zi etarli emas, balki  o’quvchilar ko’ngliga yoqa olishni ham bilish karak. Dars mashg’ulotiga kirgan o’qituvchi oyoqlarining yig’ilgan holatda turishi, qo’llarning me’yorida harakatlanishi, ovoz tembrning juda yuqori emasligi yoki aksincha, o’tirmasdan dars o’tishi juda muhimdir.

Imidj nima uchun kerak degan savollar ham oz emas, insonning qanday ko’rinishga egaligi, imidji u haqida 92% tasavvur paydo bo’ladi. Kiyimning vazifasi esa bu nafaqat insonni issiqdan, sovuqdan himoya qilish, balki o’ziga jalb etishni ham uddalashi kerak. Ozoda, yarashgan va sipo kiyim kishining ishiga talabchanligi va ichki kamtarligi haqida ma’lumot beradi.     

    Shunday ekan imidjingizni shakllantirishda muvaffaqiyat tilayman!

О Qobiljon Umarov

Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston !

Fikr qoldiring

Sizning emailingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.To'ldirish shart bo'lgan bandlar *

*