Texnologiya nima?

“Texnologiya“- so’zi dastlab  texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq  holda amerikalik olimlar tomonidan 1872 yilda fanga olib kirilgan

«Texnologiya» so’zi yunon tilidan olingan bo’lib,«techne» — san’at, mahorat, hunar «logos» — fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi

 Texnologiya – bu shaxsni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o’zida mujassam qiladigan va yakuniy natijani ta’minlaydigan pedagogik faoliyatdir

Pedagogik texnologiya deb odatda maqsadi ta’lim  jarayonining samaradorligini oshirish,ta’limda ko’zlan- gan natijalarga erishishga bo’lgan pedagogikaning yo’nalishiga  aytiladi

 

Aynan “texnologiya” termini quyidagi atamalar bilan, ya’ni “o’qitish texologiyasi”, “ta’lim texnologiyasi”, “ta’limda texnologiya” kabi shakllariga pedagogik adabiyotlarda 300 dan ortiq ta’riflar berilgan

Ta’lim jarayonini  “Texnologiyalash”- o’qituvchining shaxsiy mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda universal tarzda loyihalanganligini bildiradi.

Pedagogik texnologiya – bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqcadga yo’naltipilgan hamda yshby maqcadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat japayonining mazmynidip.

O’qitish texnologiyasi – o’quv mashg’ulotining har bir bosqichini alohida-alohida loyihalash, kutiladigan natijalarni oldindan aniqlashtirish, har bosqichda qo’llaniladigan shakl, metod va vositalarini oqilona tanlab olish, professor-o’qituvchi va talabaning vazifalarini oydinlashtirish qaratilgan algoritmik ketma-ketlik.

Tarbiya texnologiyasi – tarbiya natijalariga asoslanib, tarbiyaning maqsad va vazifalarini oydinlashtirish, tarbiya jarayonining har bir bosqichini alohida-alohida loyihalash, tarbiyaning shakl, metod va vositalarini aniq belgilab olishga qaratilgan tizimli jarayon.

О Qobiljon Umarov

Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston !

Fikr qoldiring

Sizning emailingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.To'ldirish shart bo'lgan bandlar *

*