Tarbiyalanganlik mezonlari

O’quvchilarni tarbiyalanganlik darajasini aniqlashning shartli mezonlari bo’yicha tavsiya

 O’zbek xalqi o’zining tarbiyaga oid ulkan merosiga ega. Bu meros bugungi avlodni insonparvarlik, mehr-muhabbat, oqibat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, mardlik, yuksak axloq ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Tarbiya – ijtimoiy hodisa bo’lib, u kishilik jamiyati paydo bo’lgan davrdan beri mavjud. Inson er yuzidagi eng mukammal zot bo’lishi uchun avvalo tarbiyalanishi zarur. Buning uchun unga eng avvalo tarbiyachining o’zi tarbiyalangan bo’lmog’i lozim.

Xullas, tarbiya masalasi qaysi zamonda bo’lmasin har doim dolzarb masala bo’lib kelgan.

Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, «Jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir».

Har tomonlama etuk komil insonni tarbiyalash esa bugun jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Bolaga insoniy munosabatda  bo’lish, uning  ichki dunyosini o’rganish, qayg’u-alamlariga, shodligiga sherik bo’lish tarbiyaning to’g’ri bo’lishiga xizmat qiladi.

To’g’ri tarbiya o’z oldiga bolaning qobiliyatini yo’q qilib tashlashni emas, balki har tomonlama rivojlantirishni, uning irodasini, xarakterini mustahkamlash vazifasini qo’yadi. Bu erda pedagogik usullaridan foydalanishimiz lozim. Bu mas’uliyatli, sharafli ishni oila, maktab, mahalla, keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borish  muhim o’rin egallaydi.

Tarbiyaviy tizim miqdor samaradorligini aniqlashda maktab ma’muriyati, sinf rahbarlari, maktab psixologlariga katta  mas’uliyat yuklanadi.

Pedagoglar o’rtasida «Ta’lim berib tarbiyalaymiz, tarbiyalab turib ta’limni shakllantiramiz»-degan tushuncha bor. Shuning uchun tarbiyaning ta’limdagi, ta’limning tarbiyadagi o’rni beqiyos.

Har bir tarbiyachi-o’qituvchi uchun o’quvchining yaxshi xulqi va uning mezonini bilish-uning keyingi faoliyatini to’g’ri tashkil etilishiga yordam beradi. Tarbiyalanganlik darajasini aniqlash esa o’quvchilarning  kamchilik tomonlarini tuzatishga yordam beradi.

Quyida berilgan tarbiyalanganlik ko’rsatgichlari (10 ta yo’nalish) va ularning mezonlaridan foydalanib, o’quvchilarning tarbiyalaganlik darajasini aniqlash mumkin. Bunda har bir yo’nalishga 5 ball tizimidan foydalanib, har bir shaxsning tarbiyalanganlik darajasi kuzatish, suhbat, testlar, ish o’yinlari natijasida aniqlanishi mumkin.

Tarbiyalanganlik ko’rsatkichlari har biri alohida baholanib, umumiy (10 yo’nalish bo’yicha) ball aniqlanadi. Eng yuqori ball 50 ni tashkil etsa, eng past ball 1 dir.

O’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini aniqlash varaqasini to’ldirish uchun sinf rahbarlariga quyidagilarni tavsiya etamiz.

9 -«A» sinf o’quvchisi Qurbonova Faridaning tarbiyalanganlik darajasini aniqlash varaqasi.

Sinf rahbari-Qodirova Shahnoza.

Sinfdagi har bir o’quvchining shaxsiy fazilat (sifat)lari shakllanganlik darajasini quyidagicha amalga oshirish mumkin:

 

1-sifatlar–fazilat juda kam namoyon bo’ladi (qoniqarsiz)

2-sifatlar-fazilat nisbatan kam  namoyon bo’ladi (qoniqarli)

3-sifatlar–fazilat  namoyon bo’ladi, lekin hali ehtiyojga aylangani yo’q, kattalar va jamoaning nazorati talab etiladi (yaxshi)

4-sifatlar–fazilat yorqin namoyon bo’ladi (namunali)

Fazilatlar yoki tarbiyalanganlik ko’rsatgichlari

(Har bir yo’nalish 1 baldan 5 balgacha baholanadi)

Yo’nalishlar Tarbiyalanganlik ko’rsitgichlari
A Savodxonlik, faollik, qiziquvchanlik, ijodkorlik, iqtidorlilik
B Mehnatsevarlik, fidoiylik, kasbiy tushunchalarga egaligi,
V Intizomlilik, xushmuomalalik
G Burch va mas’uliyat, o’z-o’zini tarbiyalash va nazorat qilish
D Jismoniy madaniyat,  chaqqonlik,  chiniqish,  mardlik,  ozodalik
E Saxiylik, halollik,  rostgo’ylik, kamtarlik,
J Jamoat bilan ishlash, faollik, do’stlik, tashabbuskorlik
Z Tejamkorlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik, daxldorlik hissi
I Vatanparvarlik, insonparvarlik
K Ma’naviyatlilik, nafosatlilik, mas’uliyatlilik

O’quvchilarning  tarbiyalanganlik darajasini aniqlash  (TDA)

O’quvchining ismi sharifi

KO’RSATKIChLAR  BO’YIChA QO’YILGAN BALL

TDA  50 ball

A B V G D E J Z I K
1

Sinf rahbari  yuqoridagi o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini  (fazilatlar yig’indisini)  jamlab, shu asosda o’quvchilarning xulqiga baho qo’yishi mumkin. (namunali, yaxshi, qoniqarli, qoniqarsiz)

40 baldan-50 balgacha  namunali

30 baldan- 39 balgacha yaxshi

29 baldan – 15 balgacha qoniqarli

1 baldan – 14 balgacha qoniqarsiz

O’quvchilarining tarbiyalanganlik darajasini aniqlash mezonlari

 

Tarbiya-lan-ganlik  mezon-lari Fazilatlari  yorqin namoyon bo’ladi (namunali) Fazilatlari namoyon bo’ladi, lekin hali ehtiyojga aylan-gani yo’q, kattalar va jamoaning nazorati talab etiladi (yaxshi) Fazilatlari nisbatan kam  namoyon bo’ladi (qoniqarli) Fazilatlari juda kam namoyon bo’ladi (qoniqar- siz)
1. Savod-xonlik,

faollik, ijodkor-lik, iqti-dorlilik, qiziquv

chanlik

O’qishga qiziqishi va intilishi kuchli bo’ladi, darslarni sababsiz qoldirmaydi, sinfdagi va uyga berilgan topshiriq-larni har doim mustaqil bajaradi. O’z bilim doirasini oshiradi, axborot vositalaridan unumli foydaladi, har bir mashg’ulotga to’liq  qatna-shadi. Atrofda bo’ladigan barcha yangiliklarni musta-qil ravishda bilishga intiladi. Ijtimoiy hayotda faol, tashabbuskor, hamma ishda o’rnak bo’ladi, fan va qiziqishlariga oid to’garaklar, klublar va sektsiyalarga qatnashadi, turli tadbirlarga qatnashadi. O’qishga qiziqishi yaxshi, ba’zi hol-larda dars qoldi-radi, uyga berilgan vazifalarni baja-radi. Yangiliklarga qiziqadi, ulardan xabardor bo’ladi, o’zi mustaqil faoliyat yuritadi. O’z qiziqishlari-ni o’quv faoliyati-ga moslashtiradi, lekin sekin mulo-qatga kirishadi, ayrim paytda dars qoldiradi, sinf-dagi va uyga berilgan topshi-riqlarni baja-rishda  yordamga muhtoj. Yangilik-lardan unchalik xabardor emas. Faolligi sust. Tez-tez dars qoldiradi, darsga e’tibor-sizlik bilan yondoshadi, o’qishga qizi-qishi sust, o’quv jarayoniga befarq munosa-batda bo’ladi. Yangiliklarga qiziqmaydi, hatto talab qilingan holda ham befarq munosabatda bo’ladi. Faol emas.
2. Mehnat-sevarlik, fidoiy-

lik, kasbiy tushuncha

larga egaligi

Mehnatsevar, fidoyi, kasbiy tushunchalarga ega, mehnatning ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy hamda tarbiyaviy ahamiyatini tushunadi, bo’lajak kasbiy faoliyati haqida tushunchaga ega, maktab er uchastkasida obodonlashtirish ishlari-da,  metallom, makalatura to’plash ishlarida faol, navbatchilik va shanba-liklarda ishtirok etadi.

O’quvchi o’z-o’ziga xizmat qilish ko’nikmasiga ega, berilgan topshiriqlar-ni mustaqil bajaradi va  atrofdagilarga  sidqi-dildan yordam beradi.

O’quvchi o’z-o’ziga xizmat qilish ko’nikmasiga ega,  jamoada mehnat qila oladi,   boshqa-larga  yordam beradi. Fidoyi bo’lishni istaydi, ammo o’z xoxishi bilan istaklarini amalga oshira olmaydi. Kasbiy tushunchaga ega. O’quvchi o’z-o’ziga va jamoada xizmat qilish malakasi-ga ega emas, faqat boshqalar nazo-rati ostida majburan top-shiriqlarni ba-jaradi, ba’zida fidoiylik xoxi-shi tug’iladi. Mehnat qilish bo’yicha hech qanday ko’nik-maga ega emas, mehnat qilishga xoxishi yo’q,  erinchoq bo’lib, berilgan top-shiriqni ba-jarmaydi.

Faoliyati sust, biror bir kasbga qiziqmaydi.

3. Intizom

lilik, xushmuo

malalik

Odob qoidalariga to’liq rioya qiladi (maktabda, ko’chada, oilada, jamoat joylarda, mehmon-dorchilikda). Yaxshi xulqi bilan boshqalardan ajralib turadi, bu jihatlarni boshqalardan ham talab qiladi. Buyurilgan ishni tez va aniq bajaradi, mas’-uliyatni his qiladi, barcha bilan xushmuomalada bo’ladi. Intizom haqida tushunchaga ega, Odobli, xushmuo-mala bo’lib, o’zida bu tushunchani namoyon eta oladi, ammo boshqalardan buni talab qilmaydi. Tartib-intizom unga yoqmaydi, kattalar va o’rtoq-lari intizomni talab qilganda-gina axloq qoida-lariga amal qiladi. Darslarga kechikib keladi, yolg’on gapiradi, qo’pol muomala qiladi. Intizomni saqlash haqida etarli tushun-chagan ega emas. O’zini tuta olish ko’nikmasi shakllanmagan Boshqalar talab qilganda ham tartib intizom-ni buzish xolat-lariga yo’l qo’yadi.
4. Burch va mas’uli-

yat,o’z-

o’zini tarbiya-lash va nazorat qilish

Berilgan topshiriqlarni ishtiyoq va mas’uliyat bilan  bajaradi, boshqa-lardan ham shuni talab qiladi. Axloqiy sifat-larni tahlil qilish orqali o’zidagi kamchi-liklarni qayta tarbiya-lashga inti­ladi, o’z harakatini xolisona baholaydi, o’z ustida mustaqil va ijodiy ishlay oladi. Jamoat topshiriq-larini bajarishda mas’uliyatni his etadi, ammo buni boshqalardan talab qilmaydi. O’zidagi kamchilikni sezsa ham tanqidiy baho lay olmaydi. O’z ustida mustaqil ishlaydi. Topshiriqlarni sidqi dildan bajarmasdan, faqat qattiq talab qilinganda-gina bajaradi. O’z burchini bilsada bajarmaydi, o’z ustida etarli ishlamaydi. Jamoat top-shiriqlarini bajarishdan bosh tortadi, yoki mas’uli-yatsizlik bilan yondoshadi. O’zini nazorat qilishni xoxlamaydi.

 

5. Jismo-niy mada-niyat, chaqqon-lik, chiniqish, mardlik, ozodalik Xushbichim bo’lishga intiladi, sport turlari bilan jiddiy shug’ulla-nadi, kundalik rejimga qat’iy amal qiladi,  jismoniy madaniyatga ega, respublika hamda xalqaro sport  musobaqalarida qo’lga kiritayotgan yutuq-lardan xabardor, tamaki mahsulotlari, narkotik hamda spirtli moddalarni iste’mol qilishga nisba-tan keskin salbiy munosa-batda  bo’ladi, ta’lim muassasida uyushtiri-layotgan sport musobaqa-lari (jumladan, «Umid nihollari»da faol ishtirok etadi. Shaxsiy va umumiy gigiena haqidagi ma’lumotlarga ega.  Turli yuqumli kasalliklar (gripp, ich terlama, dizenteriya, qizamiq, bo’g’ma, sil, SPID)ning kelib chiqish sabablarini biladi. Ekologiya, ekologik xavfsizlik tushunchalarining mohiya-tini tushuntira oladi. Sport bilan shug’ullanadi, kundalik rejimga rioya qiladi, sport musobaqalarida  ishtirok etadi.

Ekologiya, ekologik xavfsizlik tushun-chalariga ega. O’z ustida etarlicha ishlay olmaydi.

 

O’z istagi bilan sportga qiziqmay-di, harakatlari sust, kasallikka beriluvchan. Do’st-lari, oila ko’magi-ga tayanadi.

Jismoniy tarbiya darslarida ayrim xatoliklarga yo’l qo’yadi. Mashqlarni nazorat ostida bajaradi.

Jismoniy tarbiya bo’yicha ko’nikmaga ega emas,mashqlarni bajara olmaydi, qiziqishi yo’q.

Sport bilan shug’ullanmaydi

6. Saxiylik halollik,  rostgo’y-

lik, kamtar-lik

Mehribon, saxiy, kichik-larga g’amxo’r, hamma narsani o’rtoqlari bilan baham ko’radi, muruvvatli, saxovatli va mehribon. Samimiy, rostgo’y, o’z xatosini tan oladi, va’daga vafo qiladi, o’zgalar mulkiga tegmaydi. Atrofdagilar bilan do’stona munosabatda bo’ladi, Kishilar orasida ajralib turishga intil-maydi, maqtanchoq emas, bosiq, oddiy. Rostgo’y, boshqalar bilan haqqoniy munosabatda bo’ladi, o’z kamchi-liklarini tan oladi. Boshqalardan bunday rostgo’ylik va haqqoniylikni talab qilmaydi.

O’zi oddiy va kamtar lekin o’z atrofi-dagi Kishilar huddi shunday sifatlarga ega ekanligi bilan qiziqmaydi.

Har doim o’z so’ziga javob bera olmaydi, o’z kamchiliklarini kattalar va do’st-lari tanbeh berga-nidan keyingina tan oladi. Birov aytsagina boshqa-larga yordam beradi, va’dasining us-tidan doimo chiqmaydi, yolg’on gapirib turadi. Saxiy va sami-miy emas, o’qi-tuvchilarini ham, katta-kichikni ham ayrim payt aldaydi. O’zini baland-parvoz tutadi, o’rtoq-larini mensimaydi.
7. Jamoat bilan ishlash,

faollik, do’stlik, tashab-

buskor-lik

Jamoa orasida o’z o’rniga ega, jamoat ishlarida faol qatnashadi,  o’zgalarni qo’l-lab-quvvatlash bilan birga o’zi ham do’stlariga jon deb yordam beradi. Dilkash, yaxshi do’st. Mehr-shafqatli, g’amxo’r, sami-miy, do’stga sadoqatli.

Tengdoshlarining ijobiy va salbiy xulqini ko’ra oladi,  oila tarbiyasining mohiyatini to’g’ri anglaydi, jamoa manfaatlarini shaxsiy manfaatlardan ustun qo’ya oladi.

Ko’pchilik o’rtasida o’zini yaxshi tutadi, ularning topshi-riqlarini astoy-dil bajaradi, tashabbuskor, ammo o’zi mustaqil ravishda biror-bir jamoa uchun foydali ish tashkil etishda qiynaladi. Atrofdagilar bilan yaxshi munosabatda bo’ladi, ularning iltimoslarini e’tiborga oladi. Ammo ularni amalga oshirish yo’llarini bil-maydi. Jamoat ishlarida ishtiyoq bilan qatnash-maydi. Ko’pchilik ora-sida o’zining xudbinligi bilan ajralib turadi, jamoat ishlarida etarli ishtirok etmay-di. Do’stlikni qadrlamaydi, tashabbuskorlik etishmaydi.
8. Tejam-korlik, ishbilar-monlik, tadbir-korlik, daxldor

lik hissi

Tabiat, jamiyat, maktab mulki, o’zining shaxsiy mulki, atrofdagilarning mulkiga nisbatan tejam-korlik bilan munosabatda bo’ladi. Ularni asrash va tejash ishlarida amaliy faoliyat ko’rsatadi va boshqalardan ham shuni talab qiladi. Shaxsiy va davlat mulkini asrash, buyumlarni tartibda saqlash, ehtiyot qilish, har bir narsadan to’g’ri foydalanishni burchi deb biladi.

Iqtisod va iqtisodiyot tushunchalarini anglay oladi, atrofdagi kishilar tomonidan moddiy xomash’yolar, ne’matlar-ning isrof qilinayot-ganligi kabi holatlarga o’z munosabatini bildiradi va ularning oldini olishga intiladi.

Ishbilarmon, shax-siy va maktab mulkini tejaydi. Ularni asrashda va tejashda shaxsan ishtirok etadi. Ammo, boshqalardan buni talab qilmaydi. Etarli darajada tejamkor emas, faqat nazorat qilingandagina tejamkorlik ish-larida ishtirok etishi mumkin. Tejamkor emas, maktab, atrof-dagilar mulkiga ziyon etkazadi. Tadbirkor va ishbilarmon emas. Bu haqda tushunchaga ega emas.
9 Vatan-parvar-lik, inson-parvar-lik O’lka o’tmishi va hozirgi hayotiga qiziqadi, tabiatga mehr qo’yib, uni asrashni o’z burchi deb biladi. O’z uyi,  maktabini sevadi, vatanining buyuk kishi-lari bilan faxrlanadi.

Vatanparvarlik, inson-parvarlik tushunchasining mohiyatini biladi,

vatanga, millatiga xiyonat qilgan kimsalarga o’z shaxsiy munosabatini ifodalay oladi, O’zbekistonda yashovchi barcha millat va elatlarning vakillari uchun O’zbekiston yagona Vatan ekanligini ang-laydi. Odamlarga g’am-xo’rlik qiladi.

Vatanning tarixi va madaniyati bilan qiziqadi, o’rtoqlari va kichik yoshdagi o’quv-chilar bilan vatanparvarlik bo’yicha ishlar olib boradi. Atrofdagi ki-shilarga g’am-xo’rlik qiladi, mehr-shavqat ish-larida ishtirok etadi ammo bosh-qalardan buni talab qila olmaydi. Vatan tarixi bilan kam qizi-qadi, u bilan bog’liq ishlarga faqat nazorat ostidagina ba-jaradi va qat-nashadi. Talab etilgandagina atrofdagilarga va o’rtoqlariga yordam beradi. Vatanning tarixi va madaniyati bilan qiziqmaydi, e’tiborsiz.

Insoniy fazilatlar juda kam namoyon bo’ladi, mehri-

bon va shafqatli emas.

10 Ma’na-viyatli-lik, nafosat

lilik, mas’uli-yatlilik

O’z xalqining madaniyati va san’atiga qiziqadi, o’zga xalqlarning va o’z xalqining urf-odatlari-ni hurmat qiladi.

Ikkiyuzlamachilik, ko’z-bo’yamachilik, millatni, jamoani, odamlarni ajratib yuboradigan illatlar (millatchilik, mahalliychilik, urug’-aymoqchilik, guruhbozlik va hokazolar)ni isbotlash va ularga qarshi tura oladi, millatlararo totuvlik va dinlararo bag’rikenglikni izohlay oladi.

Yot mafkuralar, infor-matsion xurujlar, ular-ning salbiy natijalari, oqibatlarini misollar asosida yorita oladi.

Madaniyat va san’at

sohasida o’zbek xalqini dunyoga mashhur qilayotgan ijodkorlarning hayoti va ijodi to’g’risida tushunchalarga, milliy g’urur, milliy iftixor tushunchalari to’g’risida ma’lumotlarga, diniy bag’rikenglik tushunchasiga ega.

Mustaqillik g’oyalarini targ’ibot — tashviqot qilishda faol ishtirok etadi, millatlararo totuvlik va din-lararo bag’rikeng-likni izohlay oladi.

 

Madaniyat va san’at sohasida o’zbek xalqini dunyoga mashhur qilayotgan ijod-korlarning hayoti va ijodi, milliy g’urur, milliy iftixor haqida kam tushunchalarga ega. O’z fikrini to’liq bayon eta olmaydi.

 

Ma’naviyat ishlariga qiziqmaydi, mas’uliyat hissini etarli sezmaydi.

Respublika ta’lim markazi

«Ma’naviy-ma’rifiy ishlar»

bo’limi

O’quvchilarning  tarbiyalanganlik darajasini aniqlash

MEZONLARI

YO’NALISh TARBIYaLANGANLIK KO’RSITGIChLARI
A Savodxonlik, faollik, qiziquvchanlik, ijodkorlik, iqtidorlilik
B Mehnatsevarlik, fidoiylik, kasbiy tushunchalarga egaligi
V Intizomlilik, xushmuomalalik
G Burch va mas’uliyat, o’z-o’zini tarbiyalash va nazorat qilish
D Jismoniy madaniyat,  chaqqonlik,  chiniqish,  mardlik,  ozodalik
E Saxiylik, halollik,  rostgo’ylik, kamtarlik,
J Jamoat bilan ishlash, faollik, do’stlik, tashabbuskorlik
Z Tejamkorlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik, daxldorlik hissi
I Vatanparvarlik, insonparvarlik
K Ma’naviyatlilik, nafosatlilik, mas’uliyatlilik

O’quvchida tegishli yo’nalishlar bo’yicha fazilat juda kam namoyon bo’lsa 1 ball, nisbatan kam  namoyon bo’lsa 2 ball, to’liq namoyon bo’lmasa 3 ball, fazilat  namoyon bo’lsa-da, lekin hali ehtiyojga aylanmagan bo’lsa, unga kattalar va jamoaning nazorati talab etilsa 4 ball, fazilat yorqin namoyon bo’lsa 5 ball bilan baholanadi.

O’quvchining F.I.Sh.

KO’RSATKIChLAR  BO’YIChA QO’YILGAN BALL

 

JAMI (50 ball)

A B V G D E J Z I K
1
2

Sinf rahbari yuqoridagi o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini  (fazilatlar yig’indisini)  jamlab, shu asosda o’quvchilarning xulqiga baho qo’yishi mumkin.

KO’RSATKIChLAR YIG’INDISI XULQIGA BERILADIGAN BAHO
40 baldan-50 balgacha namunali
30 baldan- 39 balgacha yaxshi
29 baldan – 15 balgacha qoniqarli
1 baldan – 14 balgacha qoniqarsiz

 

 

 

 

О Qobiljon Umarov

Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston !

Fikr qoldiring

Sizning emailingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.To'ldirish shart bo'lgan bandlar *

*