Sinf rahbarlik nizomi

Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida sinf raxbari faoliyati O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va ushbu nizom asosida tashkil etiladi. Sinf rahbari ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bo’lib, o’ziga biriktirilgan sinf o’quvchilarining amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi. Nike Roshe Two Sinf o’quvchilarining ma’naviy va ma’rifiy tarbiyasini tashkil etishda o’qituvchilar, bolalar etakchisi, psixolog, ota-onalar, shuningdek ta’lim muassasasi rahbariyati orqali voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar, mahalla, huquq-tartibot idoralari, xomiylik va vasiylik komissiyalari, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar bilan hamkorlikda ish tashkil etadi. Sinf raxbari ta’lim muassasasida va keng jamoatchilik orasida sinf o’quvchilarining (ota-onalari bilan birgalikda) tarbiyalanganlik darajasiga javobgar shaxs hisoblanadi. TANJUN Uning maqsadi har tomonlama etuk, barkamol – ma’naviy, aqliy, jismoniy rivojlangan Shaxs tarbiyasini amalga oshirish, sinf o’quvchilarining qobiliyatlarini to’liq namoyon etishlari uchun etarli pedagogik sharoit yaratishdir. Bu borada ta’lim muassasalari pedogogik va o’quvchilar jamoasi hamkorligida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda har bir o’quvchining o’ziga xos xususiyatlariga qarab yondashishni yo’lga qo’yadi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’ziga biriktirilgan sinfga rahbar hisoblanadilar. Womens Nike Air Huarache 5-9-sinflarda sinf rahbarlari tajribali o’qituvchilar orasidan ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan tanlab olinib, tayinlanadi. Bir o’qituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Sinf rahbarlari faoliyatini ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari nazorat etadi va muvofiqlashtiradi. Fjallraven Kanken Classic Sinf rahbarining vazifalari Sinf rahbarining asosiy vazifasi — o’quvchilarning ahil guruhlarni, aniq maqsadga yo’naltirilgan ishchan jamoani tashkil qila olish va ularni ta’lim-tarbiyali shaxslar, kelajagi buyuk davlatning haqiqiy egalari, komil insonlar etib voyaga etkazishdir. Sinf rahbarlari o’quvchilariga mehribon bo’lishi, ularning o’sib-ulg’ayishlarini pedagogik kuzatuvlar asosida nazorat etishi, yordamga muxtoj o’quvchilarga yakka holda yondosha olishi lozim. Shu asosda ular qalbida milliy g’urur, vatanparvarlik, mehr-muruvvat, mas’uliyat, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlarni uyg’otadi. Sinf rahbari ishini o’quvchilarning yosh hususiyatlarini va umumiy rivojlanish darajalarini, qobiliyatlarini hisobga olgan holda, keng qamrovli tarbiyaviy ishlar va aniq mezonlar asosida tashkil etadi. air max thea Jumladan: O’quvchilarni Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari ruhida tarbiyalash yo’nalishida: o’quvchilarni Vatanga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga muhabbat va fidoyilik, O’zbekiston Davlat ramzlariga sadoqat, Milliy g’oya ruhida tarbiyalash; o’quvchilar ongiga o’z tug’ilib ulg’aygan yurtiga, buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg’ularini singdirish, yurtimizda bunyod etilayotgan inshootlarga, ma’rifat maskanlari bilan tanishtirib borish; sinfda o’quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhitini yaratish, tarbiya jarayoniga boy madaniy merosimiz, milliy odob-axloq me’yorlarini tatbiq etish, mehnatga ijodiy munosabatni tarbiyalash; o’quvchilarni o’zbek va boshqa xalqlarning madaniy, tarixiy, milliy an’analariga hurmat ruhida tarbiyalash; Ota-onalar va mahalla bilan hamkorlikda: barkamol avlodni tarbiyalashda “Oila, mahalla, maktab hamkorligi” kontseptsiyasini hayotga tatbiq etish, aniq belgilangan reja asosida sinf ota-onalar majlislarini o’tkazib borish; o’quvchilarni ijtimoiy himoya qilish bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilash, jumladan, kam ta’minlangan oilalar farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar, ota-onasiz bolalarning, homiylik va vasiylikka berilgan voyaga etmaganlarning ijtimoiy huquqlarini himoyalash; o’quvchilarning maktabga belgilangan libosda kelishlarini nazoratga olish; o’quvchilarning kundaliklarini yuritilishini nazorat va taxlil qilish, ularning o’quv qurollarini mavjudligi va saqlashlarini kuzatib borish; o’quvchilarning turar joyilari, uy sharoitlari bilan tanishish. Ularning sog’lig’i, maishiy xolatlarini o’rganish, yaxshilashga yordam berish. Uyda va ta’lim muassasasida madaniy dam olishlariga va mustaqil ishlashlariga sharoit yaratishga harakat qilish; o’quvchilarning o’quvchilarni turli salbiy diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olish, bu borada targ’ibot-tashviqot ishlar olib borish; sinf ota-onalar qo’mitasi bilan hamkorlikda umummaktab ota-onalar majlislari, konferentsiyalar, davra suhbatlari, muloqotlar uyushtirish. Sinfda o’tkazilgan tarbiyaviy ishlar yuzasidan pedagogik kengashlarda hisobot berish; darslarga muntazam kelmaydigan, tarbiyasi og’ir o’quvchilar bilan ishlashda ularning ota-onalari, huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilish; o’quvchilarda ota-onalar va kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash, kamtarlik, saxiylik va saxovatparvarlik, insonlarga yordam berishga tayyor turish, mehribonlik, mehnatsevarlik hislatlarini singdirib borish. O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish bo’yicha: o’quvchilarning har tomonlama kamol toptirish, ularining qiziqish, imkoniyat va qobiliyatlariga qarab fan to’garaklari, sport sektsiyalari, badiiy-estetik, texnik, ekologik, sayyohlik va o’lkashunoslik yo’nalishidagi to’garaklarga, klublarga jalb qilish; qobiliyatli va iste’dodli o’quvchilarni rag’batlantirish, iqtidorli bolalar ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga ko’maklashish; o’quvchilar dunyoqarashini milliy madaniyatning asosi bo’lgan musiqa va qo’shiq, rasq, kino, adabiyot, xalq og’zaki ijodi, teatr, naqqoshlik va me’morchilik kabi xalq amaliy san’ati turlari vositasida kengaytirish maqsadida ularni madaniyat maskanlariga jalb etish; o’quvchilarni yozgi sog’lomlashtirish oromgohlarida dam olishini tashkil etish, shuningdek kuzgi, qishki va bahorgi ta’tillarini mazmunli o’tkazishlari uchun sharoit yaratish; o’quvchilarning madaniy dam olishlari, sayohatlarini uyushtirish, yo’l harakati havfsizligini ta’minlash; ta’lim muassasasida o’tkaziladigan turli tadbirlar (bayramlar, ko’rik-tanlov, sport musobaqalari, uchrashuvlar, kechalar va boshqalar)da o’z sinfining faol ishtirokini ta’minlash. O’quvchilarning o’zini o’zi boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida: sinf jamoasi bilan birgalikda sinf faollarini saylash va sinf ishlarini rejalashtirish, tarbiyaviy soatlarni belgilash, o’quvchilar davomatini muntazam kuzatib borish; sinfda o’quvchilarni ahil jamoaga jipslashtirish va tashabbuskor o’quvchilarni qo’llab-quvvatlash, sinf jamoasining extiyoj va qiziqishlarini chuqur va har tomonlama o’rganish; har bir o’quvchining o’zi uchun kun tartibini tuzishlarni tashkil etish bu tartibning bajarilishini nazorat qilish; o’quvchilarning o’zini o’zi boshqarish tuzilmalarini, jumladan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Kamalak” Bolalar tashkiloti, bolalar etakchisi, o’quvchilar ijodiy birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, “Kamalak” bolalar tashkilotining faoliyati, asosiy mazmun-mohiyati va jamiyatdagi mavqeini targ’ib etish; “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti hamda “Kamalak” bolalar tashkilotlarining hisobot saylov yig’ilishlarini belgilangan tartibda o’tkazilishida sardorlarga amaliy yordam berish; o’quvchilar huquqiy savodxonligini oshirish, har bir fuqaro, shaxs va muassasalar tomonidan bajarilishi shart bo’lgan qonun hujjatlari haqida tushunchalar berib borish, qonunga hurmat hissini shakllantirish; bolalar va o’smirlar uchun chop etiladigan gazeta va jurnallarni targ’ib etish, obunani tashkil qilish. Sinf devoriy gazetasini chiqarilishiga ko’maklashish; Ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi bilan birgalikda: sinf o’quvchilarning ta’lim muassasasi (ustavida belgilangan) ichki tartib-qoidalarini bajarishlarini ta’minlash; sinf jurnallarining va boshqa zaruriy hujjatlarning to’g’ri yuritilishi ta’minlash; o’quvchilar o’zlashtirishini yuqori darajaga ko’tarish, tartib-intizomni saqlash maqsadida sinf majlislarini o’tkazib borish; o’quvchilarning o’qishda erishgan yutuqlari, umumiy foydali mehnatda, maktab hayoti va jamoatchilik ishlarida faol qatnashganliklarini e’tiborga olib taqdirlash haqida taklif berish; sog’lom turmush tarzi, oilaviy hayot gigienasi hamda jismoniy tarbiya, zararli odatlardan saqlanish kabi masalalarga e’tibor berish; o’quvchilarning o’zlashtirmaslik sabablarini aniqlash va buni bartaraf etish uchun Fan o’qituvchilari bilan birgalikda yordam berish; pedagogik jamoa, psixologlar bilan hamkorlikda bitiruvchi sinf o’quvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga yo’naltirish; maktab tibbiyot xodimlari, o’qituvchilari, psixolog, ota-onalar bilan hamkorlikda o’quvchilarning sog’lig’ini muhofaza qilish, ma’naviy, ma’rifiy, jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanish muvofiqligini nazorat qilish; ta’lim muassasasida texnika xavfsizligi qoidalariga, sanitariya-gigiena tartibiga, o’quvchilarni muhofaza qilish qoidalari talablariga rioya qilishni ta’minlash; shunigdek, o’z malakasini oshirib turish, o’z sohasi bo’yicha o’tkaziladigan turli miqyoslardagi seminarlarda ishtirok etish kabi vazifalardan iborat. Sinf rahbarining huquqlari O’ziga biriktirilgan sinf o’quvchilarining dars va imtihonlarida ishtirok etadi. Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun qo’shimcha darslar tashkil etilishi bo’yicha takliflar beradi. O’quvchilar tarbiyasiga oid ilg’or ish tajribalarini amalga oshirish bo’yicha ta’lim muassasasi ma’muriyatiga tashabbus bilan chiqadi. Tarbiyaviy soatlarni rejalashtirishda o’quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib, ta’lim muassasasining umumiy rejasiga qo’shimcha yoki o’zgartirishlar bo’yicha taklif kiritishi mumkin. Canada Goose Resolute Parka Sinf faollari ishini nazorat qiladi. O’quvchilarning sinf yig’ilishlarini uyushtiradi va sinf faollari (kengashi) bilan birgalikda yig’ilish kun tartibini belgilaydi. O’quvchilarning o’qishda erishgan yutuqlari, umumiy foydali mehnatda, maktab hayoti va jamoatchilik ishlarida faol qatnashganliklarini e’tiborga olib taqdirlashga tavsiya etish haqida takliflar beradi. O’quvchilarning ota-onalari bilan ta’lim-tarbiya masalalari yuzasidan suhbatlashadi, hamkorlik qiladi, pedagogik maslaxatlar beradi. O’quvchilar xulqini baholaydi. Scarpe Nike Air Max Sinf rahbarlari ishlarini rejalashtirish va ularni tashkil etish Sinf rahbarining ishi reja asosida olib borilishiladi. Uning ish rejasini ta’lim muassasasining umumiy rejasi asosida direktorning ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Asics Gel lyte 3 Dames Sinf rahbarining yillik ishlarini rejalashtirish, sinfda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o’tkazishga yordam berish, ular samaradorligini oshirish, sinf rahbarlari ishlarini muvofiqlashtirish, ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida ta’lim muassasasida sinf rahbarlari uslubiy birlashmalari tashkil etiladi. Sinf rahbarlari uslubiy birlashmasiga maktabdagi barcha sinf rahbarlari a’zo bo’ladilar. Sinf rahbarlarida oylik, (o’quv yili bo’yicha) choraklik va yillik rejalari, umumxalq bayramlarini o’tkazish bo’yicha tadbirlar rejalari va stsenariylar, tarbiyaviy soatlar uchun namunaviy mashg’ulot ishlanmalari, o’quvchilarni qiziqishlari asosida ijodiy birlashmalar(to’garaklar, sport sektsiyalari, klublar va boshqalar)ga jalb etish daftari, tarbiyasi og’ir (muntazam dars qoldiradigan) bolalar hamda iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash rejalari, ota-onalar majlisi bayonlari, ota-onalar bilan suhbat daftari, o’quvchilarning turar joylari, ularning ota-onalari haqida batafsil ma’lumot kabi ish hujjatlari yuritilishi lozim. Shuningdek, sinf raxbari o’quvchilar shahsiga oid ma’lumotlarni (shaxsiy delo) shakllantiradi va saqlaydi. O’quv yili choraklari va yakuni bo’yicha hisobotlar beradi.

О Qobiljon Umarov

Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston !

Fikr qoldiring

Sizning emailingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.To'ldirish shart bo'lgan bandlar *

*