Qoʻllanma yaratildi!

         Maktab o‘quvchilari orasida suitsid holatlarini oldini olishda amalga oshiriladigan kompleks profilaktik tadbirlar yuzasidan amaliyotchi psixologlar va rahbarlar uchun uchun o‘quv qo‘llanma yaratildi.
Ushbu metodik qo‘llanma 6 ta bob va 178 ta sahifadan iborat bo‘lib, qo‘llanmada bugungi kundagi dolzarb muammolardan bo‘lgan maktab o‘quvchilari orasida suitsid holatlarini oldini olishda amalga oshiriladigan kompleks profilaktik tadbirlar shuningdek, diagnostikasi va profilaktikasiga doir nazariy va amaliy bilimlarni mujassamlaydi.
Mazkur metodik qo‘llanma maktab amaliyotchi psixologlari, shuningdek, bolalar va o‘smirlik davridagi psixologik muammolari bilan ishlovchi mutaxassislar hamda maktab rahbarlari uchun mo‘ljallangan.
Qo‘llanma boshida sohaga oid atamalarning mazmunini ichiga olgan glosariy bo‘limidan keyin O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 29 sentyabrdagi “Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-263-sonli qonuni, 2014 yil 14 may kungi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-sonli qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 mart kungi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2833-sonli qarori matnlari joylashtirilgan.
SHuningdek, qo‘llanmada o‘smir yosh davrlari, o‘quvchi shaxslardagi suitsidial harakatlar, o‘z joniga qasd qilish to‘g‘risidagi ayrim tasavvurlar, suitsid nimaligi, o‘spirinlarning o‘z joniga qasd qilishlarining ayrim sabablari, o‘z joniga suiqasd qilishning belgilari, suitsidni eshitish kabi ma’lumotlar bilan birga umumiy tavsiyalar, psixologlarga tavsiya qilinadigan chora-tadbirlar, ota-onalar uchun ayrim tavsiyalar, o‘z joniga qasd kilishning oldini olishda pedagoglarga alohida maslahatlar, eng muhim ma’lumotlar, suitsidal hulq-atvorga moyil bo‘lgan o‘smirlar guruhi xaqida bayon qilingan.
Qo‘llanmada suitsidni oldini olish bo‘yicha amaliyotda qo‘llash uchun
13 ta mashqlar;
4 ta metodikalar;
3 ta so‘rovnomalar;
3 ta testlar;
1 ta dastur;
12 ta treninglar;
9 ta mashg‘ulotlar;
36 ta allomalar fikrlari va aforizmlar tavsiya etilgan.

Ushbu qo`llanmani elektron variantini quyidagi raqam orqali bog`lanib olishingiz mumkin: 94-302-86-82

 

О Qobiljon Umarov

Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston !

Fikr qoldiring

Sizning emailingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.To'ldirish shart bo'lgan bandlar *

*