Psixologiya

“Psixologiya” kursidan testlar

1. “Boshqaruv psixologiyasi” psixologiyaning qaysi tarmog`iga kiradi?

*a) ijtimoiy psixologiya; b) umumiy psixologiya; c) akmeologiya; d) guruhlar psixologiyasi.

2. Fazoviy jihatdan liberal lider jamoaga nisbatan qanday maqomda turadi?

*a) “jamoa tashqarisida”; b)“jamoa chetida”; c) “jamoa ichida”; d) umuman neytral.

3. Rahbarning avtoriteti – bu…?

*a) emotsional-irodaviy ta`sir qobiliyati; b) tug`ma layoqat; c) kommunikativ xususiyat; d) rahbarning qattiqqo`lligi.

4. Quyidagi ta’rif qaysi liderga taalluqli? : “… u o`zini, avvalo, o`zgalarga, ishiga, jamoa manfaatiga, Vatanga xizmat qilishga, jamiyat oldidagi burchini ado etishga baxsh etadi”.

*a) sotsiotsentrik; b) egotsentrik; c) superlider; d) lider.

5. Shaxslarni bir-biriga o`zaro yaqinlashtiruvchi, boshqalar uchun jozibador bo`lish, do`stlik, yoqtirish tuyg`ularini shakllantiruvchi jarayonga….. deyiladi

*a) attratsiya; b) affiliatsiya;  c) assotsitsatsiya;  d) antitsipatsiya.

6. Farzandlarning ma`naviy tarbiyasiga bevosita salbiy ta’sir ko`rsatuvchi omilni belgilang:

* a) profilaktik hisobda turgan, farzand tarbiyasiga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi ota-onalar; b) “ko`cha bolalari”; c) mahalla faollarining befarqligi; d) ommaviy axborot vositalari.

7. Rahbarning miya faoliyatini ekspluatatsiya qilishni taqozo etuvchi jarayon qaysi?

*a) tinglash; b) eshitish; c) sezish; d) payqash.

8. Pedagogik jamoada xodimlar mehnatini rag`batlantirish boshqaruvning qaysi funksiyasiga kiradi?

*a) tashkiliy; b) maqsadga yo`naltirish; c) nazorat qilish; d) shaxsiy.

9. Rahbarning xodimlari bilan to`g`ridan-to`g`ri (gorizontal) boshqaruv uslubi qaysi?

*a) partisipativ boshqaruv; b) demokratik boshqaruv; c) liberal boshqaruv; d) avtoritar boshqaruv.

10. Superliderning oddiy liderdan farqi – …?

*a) xodimlarni o`zlari uchun liderga aylantirishi; b) jamoa orasida o`z mavqeini ko`rsata olishi; c) jamoada bir-biriga ishonch ruhini shakllantirishi; G. kamchiliklarni bartaraf etishda tashabbus ko`rsatishi.

11. Samarali boshqaruv – bu…?

*a)hammasi birgalikda; b) xodimlarga sezilarli ta`sir ko`rsata olishi; c) o`zgalarga tashabbus ko`rsatish imkonini berishi; d) rahbarning o`zini o`zi boshqara olishi.

12. Guruh bilan samarali ishlash, uni uyushtirish, safarbar etish, ular orasida o`zini munosib tutish rahbarning qanday kompetensiyasi turiga kiradi?

*a) ijtimoiy-psixologik kompetensiya; b) global kompetensiya; c) kommunikativ kompetensiya; d) ijtimoiy-madaniy.

13. Muloqot va muomala strategiyasida shaxslararo o`zaro ta’sir, o`zaro hamkorlik, xulq-atvordagi muvofiqlikni tavsiflovchi yo`nalishni belgilang:

*a) muloqotning interaktiv tomoni; b) muloqotning refleksiv tomoni; c) muloqotning perseptiv tomoni; d) muloqotning kommunikativ tomoni.

14. Xodimlarga mustaqillik, erk berishga asoslangan boshqaruv usuli…….deb nomlanadi.

*a) demokratik; b) liberal;  c) partisepativ;  d) avtoretar.

15. Quyidagi ta`rif qaysi toifadagi rahbarga xos: “…barcha ko`rsatmalarni ishchanlik ruhida, aniq, ravshan, keskin ohangda, do`q-po`pisa, ta’qiqlashlar ruhida yetkazadi; maqsadi – nima yo`l bilan bo`lsa-da, o`z hukmini o`tkazish, tayziq ko`rsatish…”?

*a) avtoritar; b) avtoritet; c) autizm; d) demokrat.

16. Boshqaruvdagi aniq ko`rsatmalar bermaydigan, ishga bo`lgan munosabatini payqash qiyin bo`lgan usulni toping?

*a) liberal; b) demokratik; c) partisepativ; d) avtoretar.

17 …o`quvchi-yoshlar o`rtasida uchrab turadigan psixik rivojlanishdagi ayrim salbiy holatlarni to`liq o`rganish, ularni keltirib chiqaruvchi omillar va ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarni tahlil qilish” kimning funksional vazifasiga kiradi?

*a) maktab psixologining; b) sinf rahbari, murabbiyning; c) ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarining; d) maktab pedagogining;

18 Shaxsing kuchli, shiddatli emotsiyasi tufayli o`zini ongli boshqara olmaslik holatini toping.

*a) affekt; b) stress; c) deprivaitsiya; d) attraksiya.

19.Boshqaruvning asosiy funksiyalari nechta va qanday?

*a) boshqaruvning asosiy funksiyalari ikkita; maqsadga yo`naltiruvchi va tashkiliy; B) boshqaruvning asosiy funksiyalari uchta: maqsadga yo`naltiruvchi, tashkiliy va rejalashtirish; C) boshqaruvning asosiy funksiyalari beshta: maqsadga yo`naltiruvchi, tashkiliy, rejalashtirish, nazorat etish, siyosiy; D) Boshqaruvning asosiy funksiyalari 4 ta: maqsadga yo`naltiruvchi, tashkiliy, rejalashtirish, nazorat etish.

20. Koordinatsiya o`zi nima?

*a) xodimlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarini to`g`ri muvofiqlashtirish; b) tizim ichida amal qiluvchi itoat tamoyili tushuniladi; c) yaxlit tizimni markazlashtiradigan munosabatlar tizimi; d) rahbarning jamoadan o`zini ustun tutishi.

21. Boshqaruvning an`anaviy yondashuviga qaysilar kiradi?

*a) avtoritar, demokratik, liberal; b) avtoritar usul, demokratik usul; c) vaziyatga oid rahbarlik uslub; d) demokratik, liberal.

22. Bolalar jamoasida ruhiy muhitning yaxshi bo`lishi ko`p jihatdan nima bilan belgilanadi?

*a) Pedagog va pedagog jamoa tepasida turgan kishining xulq-atvor borasida tutgan yo`li bilan belgilanadi; b) Pedagog jamoa tepasida turgan kishining xulq-atvor borasida tutgan yo`li bilan belgilanadi; c) Pedagogning xulq-atvori borasida tutgan yo`li bilan belgilanadi; d) Bolalar o`zini ta`limda namoyon etishi bilan belgilanadi.

23.Pedagogik jamoada ruhiy muhitning yaxshi bo`lishini nima belgilaydi?

a) Rahbariyatning obro`ga egaligi; b) Jamoa barcha a`zolari xarakterining har xilligi; *c) Pedagoglarning refleksiv fazilatlari; d) Pedagoglarni o`z-o`zi baholashining yuqoriligi.

24.Nizoning asosiy turlari qaysilar?

*a) shaxsning ichki nizolari, shaxslararo, guruhlararo, shaxs va guruhlararo, ijtimoiy; B) shaxslararo va guruhlararo va shaxsiy; C) ijtimoiy nizolar; D) tashkilotlar ichidagi manbaalar asosida.

25.Nizo bosqichlari nechta?

*a) Uchta: nizoning boshlanishi, nizo chuqqisi va nizo yechimi; b) Ikkita: nizoning boshlanishi va nizo yechimi; c) to`rtta: nizoning rivojlanishi, yechimi va cho`qqisi; d) Nizo bosqichlari yo`q.

26. Rahbarning ish jarayonida, vaziyatlarda o`zini boshqarolmay qolishi natijasida yuz beradigan xulqiy va emotsional holati nima?

*a) stress; b) affekt; c) frustratsiya; d) depressiya;

27. Kasbiy faoliyatning ijtimoiy qadr-qimmatini aniqlochi motivlar:

a) * o`zini rivojlantirish,o`zini kamol toptirish; b)o`zini-o`zi himoya qilish,o`zini-o`zi saqlash; c) moddiy; d) ijtimoiy;

28. Inson tomonidan qaror qabul qilishni shartlovchi motivatorlar yoki omillarga quyidagilardan qaysi biri kiradi? *a) axloqiy nazorat; b) ehtirom; c) tashqi vaziyat; d) axloqiy nazorat, ehtirom, tashqi vaziyat.

29. Rahbarning samarali faoliyat ko`rsatishining siri nimada?

*a) Vaqtdan unumli foydalanishida; b) Ta`sir o`tkazish usulida; c) Xodimlarning empatiya darajasida; d) Xodimlarning diqqatlilik darajasida.

30. Boshqaruv faoliyatida rahbarning qaror qabul qilishdagi yondashuvlari qanday?

*a) intiutiv, pragmatik va ratsional; b) ratsional va bilimiga; c) intiutiv, ratsional; d) pragmatik va ratsional.

31. Jamoa a`zolarining bir maqsadda yagona bo`lib birikishi nima?

*a) guruhiy jipslik; b) guruhning yagona maqsadga; c) guruhiy uyushqoqlikni shakllanganligi; d) guruhning jamoa bo`lib shakllanganligi.

32. Rahbarning o`z g`oyalari, maqsadlari va qarorlariga hamfikr va qo`llab-quvvatlovchilarni topish qobiliyatini toping.

*a) atrofdagilarga ta`sir o`tkazish; b) ishontiruvchilik; c) boshqalarni tushuna olish; d) hamkorlik o`rnatish.

33. Rahbarning vaziyat natijasini, ochilmagan qirralarini topa olishi, yuz berishi mumkin bo`lgan holatlarga tayyor turishi va chora-tadbirlar ko`rishiga nima deyiladi?

*a) istiqbolli fikrlash; b) diagnostik ma`lumotlar yig`ish; c) tadbirkorlik; d) natijani mo`ljallay olish.

34. Rahbarga bosim o`tkazilganda va ziddiyatli vaziyatlarda o`zini qo`lga ola bilishini xarakterlovchi javobni toping.

*a) stresslarni boshqarish; b) irodalilik; c) qiyinchiliklarga moslashuvchanlik; d) o`zida ishonch tuyg`usiga egalik.

35. Shaxslar o`rtasida subyektiv kechadigan aloqalarga nima deyiladi?

*a) shaxslararo munosabat; b) shaxslarning o`zaro tushunishi; c) shaxslar o`rtasidagi kechinmalar; d) shaxslarning o`zaro ta`sirlashuvi.

36. Shaxsni faollikka, biror narsani aniq tanlashga, qaror qabul qilishga va harakat qilishiga undovchi ichki kuch nima deb ataladi?

*a) motiv; b) ehtiyoj; c) intilish; d) tirishqoqlik.

37. Rahbarning foydali imkoniyatlarni izlashi, topishi va maqsadga erishishda tavakkalchilikka tayyor turish……….. qobiliyati deb ataladi.

*a) tadbirkorlik; b) tavakkalchilik; c) tashkilotchilik; d) topqirlik.

38. Rahbarning tegishli ko`rsatmalar olishi yoki kuchli zarurat tug`ilgunga qadar ishni qanday tashkil etishni ko`ra bilishiga……….. deyiladi.

*a) tashabbuskorlik; b) tadbirkorlik; c) tavakkalchilik; d) tashkilotchilik.

39. Rahbarning murakkab qarorlarni tezkorlik bilan qabul qila olishiga……….. deyiladi.

*a) qat`iyatlilik; b) o`ziga ishonch; c) talabchanlik; d) tadbirkorlik.

40. Rahbarning axborotlarni tanlay olishi, uni tinglovchilarga yetkazib bera olishi, ma`ulumotlarni qabul qilishni osonlashtirishi, dalillar asosida gapirish qobiliyatiga nima deyiladi ?

*a) ishontirish; b) ta`sir o`tkazish; c) tinglovchilarni boshqarish; d) avtoritetga egalik.

41. Tashkilotda xodimlar adaptatsiyalari-

*a) kasbga moslashi, mehnat adaptatsiyasi, ijtimoiy-psixologik, rol sohasidagi adaptatsiya; b) noto`g`ri adaptatsiya, rol sohasidagi adaptatsiya, kasbga moslashi; c ) kasbga moslashi, mexnatga va muhitga moslashishi; d) muhitga moslashishi, kasbga moslashishi, rol sohasidagi adaptatsiya.

42. Psixologik stresslar qaysilar?

*a) informatsion va emotsional stress; b) fiziologik va ijtimoiy stress, astenik; c ) emotsional va astenik; d) informatsion stress, apatiya.

43. Ijtimoiy psixologik muhit bu-?

*a) guruh a`zolari fikrlari, hissiyotlari, ustanovkalari, dunyoqarashlari va o`zaro munosabatlari; b) guruh a`zolarining emotsional, psixofiziologik holati; c) xodimlarning ustanovkalari, xulq-atvori, munosabatlari; d) xodimlarning o`zaro munosabatlari.

44. Yaponiyalik menejerlari o`z boshqaruv faoliyatida ko`proq nimaga e`tibor berishadi?

*a) ijtimoiy psixologik jihatlarga, jamoa faoliyatini tashkil etish qobiliyatiga; b) xodimlarda yakka tartibdagi tashabbusni ko`proq rag`batlantirishga; c) oilaviy axvoli va muomilasiga; d) jamoa faoliyatini rejalashtirishga.

45. Amerikalik menejerlar o`z boshqaruv faoliyatida ko`proq nimaga e`tibor berishadi?

*a) xodimlarda yakka tartibdagi tashabbusni ko`proq rag`batlantirishga; b) ijtimoiy psixologik jihatlarga, jamoa faoliyatini tashkil etish qobiliyatiga; c) oilaviy ahvoli va muomalasiga; d) jamoa faoliyatini rejalashtirishga.

46. Samarali boshqaruv uchun zaruriy xislat –…

*a) mas`ullik va vazifani hal etishga qaratilgan ishonch; b) bilim va shaxsning introvertlik xususiyatlari; c) bilim va shaxsning ekstravertlik xususiyatlari; d) Masu`likk va shaxsning introvertlik xususiyatlari.

47. Fransiyadagi menejerlarning “Yaxshi menejerlar uchun eng muhimi … … deb hisoblashadi”

*a) rahbarlikka ijodiy yondoshish va pahbarlik iste`dodi; b) rahbarlikka ijodiy yondoshish va avtoritet; c) rahbarlikka ijodiy yondoshish va kasbiy kompetentligi ; d) ish haqi va diplom.

48. Tasavvur qiling kundalik topshiriqlarni bajarishda quyidagi qaysi tartib va tipdagi faoliyat motivlarini inobatga olish samarali ?

*a) kichik vazifani bajarish uchun ko`p kuch sarflash; b) katta vazifani bajarish uchun kuchni taqsimlab sarflash; c) katta vazifaga ko`p kuch sarflash; d) kichik vazifaga kam kuch sarflash.

49. Insonning sezgi va his-tuyg`ulariga ta`sir ko`rsatish orqali xulq-atvori va idrokidagi ilk stereotiplarni yangilari bilan o`zgartirishga olib keluvchi ishontirish usullari xaqidagi fan …… deb ataladi.

*a) ritorika; b) pedagogika; c) psixologiya; d) sotsiologiya.

50. Ta`lim muassasasidagi pedagoglarni boshqarishni faollashtirishga to`siq bo`luvchi bir qator motivlar mavjud: *a) ta`lim muassasasi ishini yuksaltirish bo`yicha qandaydir takliflar kiritishning befoydaligi hamda o`quv muassasasi faoliyatidagi kamchiliklarni doimo tanqid qilish;

b) pedagogik jamoada ishlarni rejalashtirish va uni amlaga oshirishda vaqtdan unumli foydalanmaslik;

c) pedogoglarning boshqaruvdagi ishtirokiga ishonchning yo`qligi va ish haqining barqarorligi;

d) pedagogik jamoada ruhiy muhitni yaxshilashni rejalashtirish va uni amlaga oshirishda vaktdan unumli foydalanish.

51. Rahbarning muammoning yagona yechim bilan cheklanishiga asoslangan tafakkur turiga nima deyiladi ?

*a) konvergent; b) divergent; c) kreativ; d) autistik.

52. Stress quyidagilar bilan bog`liq.

*a) kutilmagan va og`ir vaziyatdan; b) organizm zahiralarining charchashidan; c) har qanday odamning tavakkalchilik qilish qobiliyati bilan; d) har qanday odamning ruhiyatini me`yoriy holati bilan.

53. Shaxsning shaxslararo munosabatdagi holatini va uni guruh a`zolariga psixologik ta`sirini belgilovchi me`yorni ifodalovchi tushunchaga……….. deyiladi

*a) status; b) avtoritet; c) rahbarlik; d) liderlik.

54. Shaxsning biron bir faoliyatga ijobiy, ichki motivlashtirilgan munosabati nima deb ataladi?

*a) moyillik; b) layoqat; c) qobiliyat; d) iste`dod.

55. Ta`lim jarayonida o`quvchi ilgarilab borayotganini his qildirish uchun nima qilish kerak?

*a) bunga ularning dastlabki muvaffaqiyatlarining quvonchini his etishga imkon berish kerak; b) bunga ularning muvaffaqiyatlarining quvonchini his etishga murakkablashtirish kerak; c) o`qituvchining tashkil etayotgan darslar murakkab bo`lishi kerak; d) o`qituvchining tashkil etayotgan darslar oddiy bo`lishi kerak.

56. O`quvchilarning muttasil o`zlashtirmaslikka barham berishda nima muhim rol o`ynaydi

*a) o`quvchining o`z imkoniyatlari va qobiliyatlariga ishonch bilan qarashi; b) o`quvchiga oddiy pedagogik texnologiyalar asosida dars tashkil etish; c) O`qituvchining tashkil etayotgan darslar oddiy bo`lishi kerak; d) O`qituvchining tashkil etayotgan darslar murakkab bo`lishi kerak.

57. Shaxsning irodaviy sifatlarini belgilang.

*a) mustaqillik, dadillik; b) o`zini namoyon qilish; c) qat`iylik, o`zini tuta olmaslik; d) o`zini namoyon qilish, qat`iylik, o`zini tuta olmaslik.

58. Kollegial rahbarlik usulini belgilang.

*a) o`zaro hamjihatlik, fikrlarni inobatga olish, teng huquqqa ega, tafovutlamaslik, mustaqil fikrlashga da`vat etuvchi, “biz”lik tamoyiliga amal qiladi; b) faoliyatning erkinlashtirish, shaxslararo munosabatda rahbar bilan xodimlar o`zaro hamjihatlikka ega emas, o`zaro befarqlik tamoyiliga asoslanadi; c) qattiqqo`llik, prinsipiallik, hukmronlik, yagona shaxsning fikrini tan olinishi, shaxslararo munosabat faqat bir kishining hukmiga ko`ra amalga oshiriladigan, ommaning “Men”ini inobatga olmaslik, yakka hukmronlik tamoyiliga asoslanadi; d) shaxslararo munosabat faqat bir kishining hukmiga ko`ra amalga oshirilmaydigan, ommaning “Men”ini inobatga olmish, kuplik hukmronlik tamoyiliga asoslanadi.

59. Diada nima?

*a) ikki kishidan iborat guruh; b) uch kishidan iborat guruh; c) yetti kishidan iborat guruh; d) o`n kishidan iborat guruh.

60. Tashkilotdagi kommunikatsiyalar muvaffaqiyatli o`tish shartlari nima?

*a) to`la oshkoralik va bo`lim sub`ektlari o`rtasidagi kommunikatsiyalarni intensivlashtirish; b) rahbar har bir bo`lim boshliqlarini qattiq nazorat ostiga olishi; c) har bir xodimdan to`la-to`kis intizomni talab qilish; d) rahbarning o`z ustida ishlashi.

61. Tashkilotdagi kommunikatsion tadbirning asosiy funksiyasi nima?

*a) korxona a`zolarini jipslash, yaxlitlikka erishish; b) xodimlar orasida tartib-intizomni kuchaytirish; c) rahbar xodimlarni boshqara olish imkoniyatini oshirish; d) mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish.

62. SHaxsning guruh a`zolari fikriga berilishi hodisasining ilmiy nomlanishini ko`rsating.

*a) konformizm; b) altruizm; c) egoizm; d) gumanizm.

63. Shaxsning har bir hodisa, sharoitni sababli izohlashga intilishi qanday nomlanadi?

*a) kauzal atributsiya; b) takt; s) refleksiya; d) furisturatsiya.

64. Katta guruhning kichik guruhdan ajratib turadigan umumiy belgilari nimadan iborat?

*a) ijtimoiy xulq-atvorning maxsus boshqaruvchilari mavjudligi; b) boshqarish qiyinligi; s) son jihatdan ko`pligi; d) son jihatidan ko`pligi va boshqarish qiyinigi.

65. Rahbar va xodim munosabatlarida xizmat yuzasidan bo`ladigan muloqot qaysi zonada o`tgani ma’qul?

*a) ijtimoiy zonada; b) rahbarlik zonasida; s) shaxsiy zonada; d) ommaviy zonada.

66. Hal etilayotgan masalalar xarakteriga ko`ra tafakkur quyidagi turlarga bo`linadi:

*a) nazariy va amaliy; b) nazariy va empirik; c) ijodiy va andozali; d) intuitiv va tahliliy.

67. Maqsadning mavjudlik kriteriyasiga ko`ra va kuch berish uchun foydalaniladigan ishontirish qanday ishontirishni keltirib chiqaradi?

*a) rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan; b) to`g`ridan-to`g`ri; c) maxsus va maxsus bo`lmagan’ d) tashqi va ichki.

68. Qaysi ehtiyojlar insonning ijtimoiy tabiatini, uning ijtimoiylashuvini aks ettiradi?

*a) ruhiy; b) tabiiy; c) nevrotik; d) shaxsiy.