Pedagogika

“PEDAGOGIKANING DOLZARB MASALALARI”

1. Pedagogikaning milliy asosi nima?

*a) ta`lim masalalarini millatning milliy merosi bilan umumbashariy qadriyatlar bilan bog`lagan holda amalga oshirish; b) komil insonni voyaga yetkazishning mavjud muammolarini hal qilish; c) uzluksiz ta`lim tizimini yanada rivojlantirish muammolarni hal etish; d) ta`lim-tarbiya samaradorligini oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish.

2. Pedagogika fanining metodologik asosi- bu…?

*a) ajdodlarimizning pedagogikaga oid asarlari, “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy” dasturi; b) yangi pedogogik texnologiyalar, AKT, interfaol metodlar; c) bilim, ko`nikma va malaka; d) dars, mashg`ulot, seminar, konferensiya, forum.

3. “Muallimi soniy” taxallusini olgan buyuk Sharq qomusiy olimi kim?

*a) Abu Nasr Farobiy; b) Yusuf Xos Xojib; c) Alisher Navoiy; d) Abdulla Avloniy.

4. Quyidagi javoblardan milliy pedagogikaga to`g`ri ta’rif berilgan javobni toping.

*a) har tomonlama rivojlangan sog`lom, barkamol avlodni o`qitish, tarbiyalash, ma’lumotli qilish va uning qonuniyatlarini o`rganadigan fan; b) yosh avlodni tarbiyalash haqidagi fan; c) sog`lom avlodni tarbiyalash qonununiyatlarini o`rganadigan fan; d) jamiyatdagi sog`lom avlodni tarbiyalash haqidagi fan.

5. Milliy pedagogikaning asosiy yo`nalishlaridan biri berilgan qatorni aniqlang.

*a) milliy urf-odatlar, an`analar va marosimlar; b) ta`lim berish shakllari; c) ta`lim-tarbiyani uzviy olib borish; d) tarbiya usullari;

6. Sharqda ta`lim-tarbiyaning ilk tizimi qaysi asarda berilgan?

*a) “Avesto”; b) “Qobusnoma”; c) “Fozil odamlar shahri”; d) “Mahbub-ul-qulub”.

7. Milliy dasturda ko`zlangan rejalarni amalga oshirish qanday tamoyil asosida amalga oshiriladi?

*a) islohotlarni bosqichma-bosqich o`tkazish; b) ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash; c) kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish; d) qishloq maktablarini rivojlantirish.

8. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturidagi yondashuv yo`nalishlari qaysilar?

*a) ta`lim-tarbiya, informatsion, ijtimoiy; b) tahliliy, ijtimoiy, informatsion; c) bolalar va o`quvchi yoshlar salomatligi muhofazasi; d) fan va ishlab-chiqarish integratsiyasi.

9. Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismi bo`lmish shaxsning o`rni va roli qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?

*a) kadrlar tayyorlash milliy tizimining bosh subyekti va obyekti, ta`lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisi; b) ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga soluvchi; c) ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimini faoliyatini nazorat qiluvchi; d) yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi.

10. Qaysi javobda kadrlar tayyorlashning milliy modeli to`g`ri ko`rsatilgan?

*a) Shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta`lim, fan, ishlab chiqarish; b) Shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta`lim, fan, madaniyat; c) Shaxs, oila, uzluksiz ta`lim, fan, madaniyat, ishlab chiqarish; d) Shaxs, davlat va jamiyat, ishlab chiqaruvchi, madaniyat.

11. Informatsion yo`nalishda qanday vazifalar amalga oshirildi?

*a) O`quv jarayonini axborotlar bilan ta`minlash va XXI asr kutubxonasini yaratish; b) Oliy professional ta`lim holatini baholash va kadrlar tayyorlashni bashorat qilish tizimi; c) Professional ta`lim, fan va ishlab-chiqarish integratsiyasini ta`minlash d) Iqtidorli bolalar va iste`dodli yoshlarga e`tibor qaratish

12. “Kompetensiya” tushunchasini aniqlang.

*a) Bilim, ko`nikma, malaka, qadriyat, boshqa shaxsiy sifatlar, ijobiy natijalarning faoliyatdagi ko`rinishi; b) O`quv jarayoni va o`qitish jarayonini boshqarish; c) O`quvchilarning yutuqlari va rivojlanishlarini baholash; d) O`quvchilarga motivatsiya berish va yordam ko`rsatish.

13. Didaktik kompetensiya nimalardan iborat?

*a) O`quv jarayoni va o`qitish jarayonini boshqarish, o`quvchilar bilimini anglash va ularni rivojlantirish; b) Ta`limning uzluksizligini tahminlash; c) Ta`lim-tarbiya birligi va rejalashtirish; d) O`quvchilarga yordam ko`rsatish.

14. O`qituvchi kompetensiyasi piramidasi nimalardan iborat?

*a) Xulq-atvor, bilim,malaka, munosabat, motiv; b) Kasbiy mahorat va malaka; c) Kasbiy bilim, tuushuncha, malaka; d) Kasbiy mahorat, tajriba, bilim, ko`nikma.

15. Kasbiy kompetensiya modeli o`z ichiga nimalarni oladi?

*a) kasbiy qadriyat va ustanovka, kasbiy bilim va tushuncha, kasbiy ko`nikma va malaka; b) kommunikativ (nutqiy, ijtimoiy-madaniy, tilni chuqur bilish); c) ijodiy pedagogik faoliyatida o`zi o`zlashtirgan bilimi, ko`nikma, malakani, analiz va sintez qilish; d) pedagogik faoliyatini muvofiqlashtirish shaxsiy yutuqlarni boshqarishi, o`zini anglashi va kasbiy o`sishi.

16. Kasbiy kompetensiyaning shakllanish bosqichlarini nechta?

*a) 3 ta; b) 6 ta; c) 5 ta; d) 4 ta;

17. Shaxsiy kompetensiyaga nimalar kiradi?

*a) muloqatchanlik va bag`rikenglik, yetakchilik; d) o`z fanini chuqur bilish; c) AKTni bilish; d) didaktikani bilish.

18. Umummadaniy kompetensiya nima?

*a) Madaniyatli, umuminsoniy qadriyatlarga egalik. b) Nutq tajribasi va muloqotchanlik; c) Til vositasi bilan aloqa qilishi, nutq orqali ta’sir qilish; d) Nutq yordamida muayyan tasavvurlar, fikr va tushunchalar, his-tuyg`ular hamda turli harakatlar hosil qilish

19. Ishlab chiqarishga berilgan ta’rifni aniqlang

*a) Kadrlarga bo`lgan ehtiyojni, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo`yilayotgan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi; b) Kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti bo`lib, ta`limiy xizmatlarning iste’molchisi va yaratuvchisidir; c) Malakali kadrlar tayyorlash tizimining o`quv, ilmiy, ishlab chiqarish va tarbiyaviy bazasidir; d) Malakali kadrlar tayyorlash va ularga bo`lgan zaruriyatning asosiy kafolatchisi.

20. Ta`lim-tarbiya yo`nalishi o`z ichiga qaysi vazifalarni oladi?

*a) Kadrlar tayyorlash sifati va kadrlar raqobatbardoshligi; b) Ta`lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish; c) Ta`limni axborotlashtirish; d) Maxsus ta`limni rivojlantirish.

21. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi nima?

*a) Ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkurafiy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish; b) Oliy professional Ta`lim holatini baholash va kadrlar tayyorlashni bashorat qilish tizimini yaratish; c) Kadrlar tayyorlash sifati va kadrlar raqobatbardoshligini ta’minlash; d) Professional Ta`lim, fan va ishlab-chiqarish integratsiyasini ishlab chiqish.

22. Didaktika nimani o`rgatadi? *a) Ta`lim qonuniyatlarini, ta`lim tushunchasi va vazifalarini; b) Tarbiya shakllari haqidagi bilimlarni; c) Ma’naviy fazilatlarni shakllantirishni; d) Pedagogikaning o`qitish muammolarini.

23. Didaktikaning asosiy ilmiy ishlanmasini birinchi marta kim yaratgan?

*a) Ya.A.Komenskiy; b) K.D.Ushinskiy; c) G.Pestolotstsi; d) I.Gerbart.

24. Didaktikaning predmeti nima?

*a) Ta`lim jarayoni va uning qonuniyatlari; b) O`qitishning umumpedagogik metodlar tizimi; c) Ta`lim-tarbiya muassasalarida o`quv ishlarini tashkil qilish shakllari; d) O`quvchilarni o`quv jarayonida faollashtirish yo`llari;

25. Didaktik tamoyillar tushunchasini aniqlang.

*a) Ta`limning maqsadi va qonuniyatlari, o`qitishning mazmuni, o`quv faoliyati shakllari va o`qitish jarayoni uslubiyotlari; b) O`qitish jarayonining umumpedagogik, nazariy asoslarini ishlab chiqish; c) O`quv fanlari bo`yicha o`quv jarayonini tashkil qilish; d) Uslubiyotlarning uzaro uzviy aloqadorligi.

26. O`qitish metodikasi nima? *a) Turli o`quv fanlarining o`qitish jarayoning qonuniyatlari, o`qitishning mazmuni, shakllari, uslubiyoti; b) Ta`lim berish nazariyasi va o`qitish metodikasi; c) O`qitish jarayonining umumpedagogik, nazariy asoslarini ishlab chiqish; d) Tarbiya nazariyasi va tarixi.

27. Qonuniyatga berilgan ta’rifni aniqlang

*a) Ixtiyorimizdan tashqari obyektiv mavjud bo`lgan narsa va hodisalar o`rtasidagi, ularning tadrijiy rivoji zaruriyatidan kelib chiqqan bog`lanish; b) Obyektiv qonuniyatlar asosida ishlab chiqilgan harakatlarini chuqurlashtirib, konkretlashtirib beruvchi chora va tadbir tartibi; c) Ijtimoiy hayotda inson va narsalar orasidagi goho zaruriy, goho nozaruriy o`rnatilgan bog`liqliklar; d) Ta`lim-tarbiya jarayonida ikkita ruhiy harakatning o`zaro bog`liqliklari.

28. Didaktika tamoyillari nima?

*a) o`qituvchilar dars oldidan ko`zlagan maqsadlariga ko`p kuch vaqt sarflamay aniq yetishlari; b) pedagogik jarayonga xos bosqich yoki ijtimoiy hayotning barcha sohalarida hodisalarning mohiyatli, ahamiyatli takrorlanuvchan aloqadorligi; c) insoniyat tomonidan yaratilgan tartib va qoidalarga nisbatan ishlatiladi; d) obyektiv mavjud qonuniyatlardan, ya’ni butunni bir butun qilib turuvchi qismlar orasidagi zaruriy bog`liqlik.

29. Qoidaga berilgan ta’rifni toping.

*a) Inson faoliyat tartibining so`nggi bosqichi bo`lib, obyektiv qonuniyatlar asosida ishlab chiqilgan tamoyillarning u yoki bu harakatlarini chuqurlashtirib, konkretlashtirib beruvchi chora va tadbir tartibi; b) O`quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish; c) O`sib borayotgan yosh avlodni ijtimoiy hayotga qo`shilishini ta’minlash; d) Ta`lim-tarbiya jarayoni uchun amalga oshiriladigan zaruriy va majburiy faoliyat.

30. O`qitishning vazifalari qaysilar?

* a) ta`limiy-tarbiyaviy, rivojlantiruvchi; b) bilim, malaka va ko`nikmalarni rivojlantirish; c) dunyoqarashlilik va axloqiy-estetik g`oyalarni egallash; d) o`qitishning sistemaliligi va izchilligini ta’minlash;

31. Innovatsiya tushunchasini aniqlang.

* a) muammoni yechish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo`llash; b) turli maqsadlar shajarasini ishlab chiqish va vazifalarni amalga oshirish; c) tartibga solish va nazorat qilish; d) zamon ehtiyoji va talablaridan kelib chiqib boshqaruvni yo`lga qo`yish.

32. Yangilikni joriy qilish necha guruhga bo`linadi, ular qaysilar?

*a) 3 ta: texnik- texnologik, mahsuliy, ijtimoiy; b) 2 ta: mahsuliy, ijtimoiy; c) 3 ta: g`oya, ishlanma, innovatsiya; d) 4 ta: ijtimoiy, texnik, ishlanma, mahsuliy.

33. Innovatsion jarayonda rahbarning ko`rinishlari qanday?

*a) lider, administrator, rejali shaxs, tadbirkor; b) tadbirkor, intellektual jihatdan yetuk; c) lider va tadbirkor; d) yetakchi, muloqatchan.

34. Rahbarda tadbirkorlik qanday namoyon bo`ladi?

*a) muassasaning ta`lim sohasidagi rivojlanish dinamikasini o`zgartirishga harakat qilish; b) ta`lim jarayonining sifatiga e`tibor qaratish; c) muassasa faoliyati istiqbolini optimallashtirish; d) jaryonlarning rivojlanish xususiyatini tezlik bilan payqab olish.

35. Kvalifikatsiya tushunchasini aniqlang.

*a) potensial faoliyatda bilim va ko`nikmaning namoyon bo`lishi; b) ilmiy bilimning namoyon bo`lishi; c) turli xil faoliyatni samarali bajara olishi; d) muammoli vaziyatlarni samarali yechimini topishda ijodiy faoliyat asosida yondashish.