Ona tilim-jonu dilim

Til odamlar o‘rtasida o‘zaro muomala, aloqa vositasi. Insonni butun mavjudot olamining sarvariga aylantirgan bu noyob hodisa keyinchalik tafakkur quroli tarzida namoyon bo‘ldi. Boshqacha aytganda, til insoniyatning bebaho boyligi, buyuk imkoniyatidir.

  • Air Max 2017 Donna Bianche
  • O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali yuz beradi. scarpe new balance running 2015

  • Asics Gel Nimbus 18 Uomo
  • Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tilini rivojlantirish har qanday xalq mustaqilligining, millat ma’naviy o‘zligining dastlabki shartlaridan biridir. New York Knicks Chunki til xalqning, millatning tarixi, madaniy merosi, turmush tarzi, urf-odati va an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan xazinadir. Shu ma’noda, Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi mustaqillikka erishish yo‘lidagi ilk muhim qadam bo‘lgan edi. Zero, Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, ona tili – millatning ruhi. Sobiq totalitar tuzum qilichini qayrab turgan 1989 yilda O‘zbekistonda “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi katta voqea bo‘lgan edi. Yurtboshimizning mardligi, xalqimizning orzu-niyat va armonlarini ruyobga chiqarish yo‘lidagi azmu shijoati tufayli o‘zbek tilining hayotimizdagi o‘rni tiklandi, jamiyatdagi mavqei ko‘tarildi, uni tom ma’nodagi milliy qadriyatga aylantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi va konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi. Shu o‘rinda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinishidan atigi to‘rt yil oldin bo‘lgan voqea yodimga tushadi. Jamoa xo‘jaligida agronom bo‘lib ishlaydigan dadamni raykomga yig‘ilishga chaqirishadi. Dadam majlisdan tushkun bir holatda qaytib keldi. nike chaussures Air Jordan 2 (II) Endi meni ishdan ham bo‘shatishsa kerak, degan gapni aytdi. Rutgers Scarlet Knights Dexter McCluster Titans Jerseys Keyin bilsak, o‘shanda o‘zbekcha gapirgani uchun obkomdan kelgan vakil dadamni majlisdan chiqarib yuborgan ekan… Istiqlol sharofati bilan bugun nafaqat o‘z yurtimizda, balki xorijiy ellarda ham o‘zbek tilida gapiramiz. Xususan, turli darajadagi rasmiy uchrashuv va suhbatlar, muzokaralarda tilimizning o‘rni va ahamiyati tobora ortib borayotgani, nufuzli xalqaro anjumanlarda o‘zbekona kalom yangrashi, chet ellarda o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, unga qiziquvchilar soni ortib borayotgani barchamizga faxr-iftixor baxsh etadi. “Davlat tili haqida”gi qonun o‘zbek tili taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Mustaqillik yillarida tilimizni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar ko‘paydi, uning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan adabiyotlar, ko‘plab lug‘atlar yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti tomonidan tayyorlangan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” tilimiz izchil rivojlanayotganidan dalolat. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti tomonidan 2008 yilda nashr etilgan besh jildli mazkur izohli lug‘at o‘zbek adabiy tilida iste’molda bo‘lgan 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmasini, fan, texnika, san’at va madaniyat sohalariga oid terminlarni, tarixiy va eskirgan atamalarni o‘z ichiga olgan. O‘zbek tilining qo‘llanish doirasi tobora kengayib bormoqda. Xususan, tilimizning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter va internet, aniq fanlar, tibbiyot, iqtisodiyot va boshqa maxsus termin va tushunchalarni talab qiladigan sohalarda ham keng qo‘llana boshlagani uning imkoniyatlari katta ekanini ko‘rsatadi. stan smith adidas dames Lekin, kezi kelganda, tabiiy savol tug‘iladi: “Davlat tili haqida”gi qonunning talablari amalda to‘la o‘z tasdig‘ini topayaptimi? Davlat tilida yuritilayotgan hujjatlarda, turli e’lonlar, reklama bannerlarida, idora va tashkilotlarning muhrlari, binolar peshtoqidagi yozuvlarda oddiy imlo qoidalariga rioya qilinayaptimi? Afsuski, bu savollarga javob izlaganda qator kamchilik va nuqsonlarga duch kelamiz. Maglie Orlando Magic Boshqa qonunlar kabi “Davlat tili haqida”gi qonun ijrosiga ham faqat nazorat qiluvchi organlar emas, shu yurtda yashayotgan har bir fuqaro mas’uldir. Ona tilini ulug‘lash, so‘zni qadrlash – inson ziynati, burchi. Mujer Air Jordan 9 Womens Jordan Retro 11 James Develin Lekin hamma ham bu mas’uliyatni birday his qilyapti, deyish qiyin.

  • Yeezy Boost 350 V2
  • So‘zimizning isboti tariqasida ayrim tele-radiokanallarda, kino va qo‘shiqchilik sohasida til me’yorlari buzilayotganini keltirish mumkin. Maglie Basket ZX 700 Duron Harmon Xususiy kinostudiyalarning aksar filmlarida pala-partish jumlalar tuzish, nutq madaniyatiga rioya etmaslik, sheva ustunligini ko‘ramiz. Ba’zi yosh xonandalar she’rni o‘ziga moslab olib qo‘shiqqa aylantiryapti. Maglie Philadelphia 76ers Qonunning 22-moddasida respublikaning ma’muriy-hududiy birliklari, maydonlari bilan birga ko‘chalar, geografik obyektlar nomlari davlat tilida aks ettirilishi belgilangan. Ushbu maqsadda joylarda toponimik obyektlarga nom qo‘yish komissiyalari qator tadbirlarni amalga oshirmoqda. Kanken No.2 Baratas Ba’zi hollarda ko‘cha-ko‘yda xorijiy tillardagi yoki imloviy xato bilan bitilgan peshlavhalarni tez-tez uchratayotganimiz bu boradagi ishlar qamrovini kengaytirish zarurligini ko‘rsatayotir. Tegishli mutasaddilar xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga litsenziya berishda obyektlar nomiga ham alohida diqqat qaratishi maqsadga muvofiqdir. nike air max 1 ultra moire camo Yoki so‘nggi paytlarda jamoat transportlarida davlat tilidagi reklamalarni nisbatan kam ko‘rayapmiz, “Chanqog‘ingga ishon!” kabi zo‘rma-zo‘raki o‘girilgan reklama pannolariga duch kelayapmiz. Nike Air Max 90 Femme Blanche “Davlat tili haqida”gi qonunning hayotimizda tutgan o‘rni va ahamiyati haqida fikr yuritganda, ushbu yo‘nalishdagi yana bir muhim hujjat – huquqiy asos xususida alohida so‘z ochish joiz. U ham bo‘lsa, 1993 yil 2 sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinganidir. Keng jamoatchilik vakillari bildirgan istak-xohishlarni inobatga olgan holda qabul qilingan bu qonun mamlakatimizning har tomonlama rivojlanishi va jahon kommunikatsiya tizimiga moslashishini jadallashtirishda qulay sharoit yaratmoqda. Shu bilan birga, bu sohadagi ishlarimizda ham kamchiliklar yo‘q emas. Nike Air Max 2017 Heren wit Misol uchun, poytaxtimizning qoq markazida joylashgan mehmonxonaning bir tomoniga Poytaxt, ikkinchi tomoniga esa Poytaht tarzida yozib qo‘yilgani yoki Turob To‘la ko‘chasidagi bozor darvozasi tepasiga dexkon so‘zining birdaniga ikkita xato bilan yozilganiga ko‘zingiz tushganda Alisher Navoiyning mashhur iborasi xayolingizdan o‘tadi: tilga e’tiborsiz – elga e’tiborsiz! Ushbu idoralarning rahbaru xodimlarini bunday juz’iy xatolari uchun kechirsa bo‘ladi, deyishingiz mumkin. Mayli, bunga ham rozimiz. Adidas NMD Dames Ammo ayrim jurnalistlarimiz har kuni kirib chiqadigan eshik yonida Ahborot tarzida xato yozilgan so‘zning yaraqlab turishi, farzandlarimiz savodini chiqarishi lozim bo‘lgan xalq ta’limi tizimidagi muassasa peshtoqida 577-sonli boxcha kabi so‘zlarning osilib turishi nahot hech kimni ajablantirmasa!? Bunday holatlarni deyarli barcha viloyatlarda uchratish mumkin. Fjallraven Kanken

  • Adidas Zx 750 Uomo
  • Ayniqsa, lotin yozuvida yozilgan so‘zlarda ko‘plab xatolar uchrayaptiki, ba’zan panno va bannerlarda nima yozilganini tushunmay qoladi kishi. Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi bobokalonlarimizning ismi shariflarini A.Temur, A.Navoiy, Z.M.Bobur deb qisqartirilgan holatlar borligi achinarlidir. Ulug‘ shoirlarimizdan biri o‘z maqolasida tilga davlat maqomining berilishi uzoq yillar davom etadigan, barcha kasb egalarining safarbarligi, ayniqsa, ziyolilarning tinimsiz mehnatini talab qiladigan umummilliy jarayon ekaniga e’tiborni qaratgandi. Demak, mavjud xatolarni tuzatish, bu boradagi kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish barchamizning vazifamizdir. NCAA Apparel Davlatimizning birinchi rahbari Islom Karimov ta’kidlaganidek, ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur.

    О Qobiljon Umarov

    Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston !

    Fikr qoldiring

    Sizning emailingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.To'ldirish shart bo'lgan bandlar *

    *