Obodonlashtirish bo`yicha tavsiya

     1. Ta’lim muassasasining obodonlashtirish rejasini shakllantirishda alohida e’tibor qaratiladigan jihatlar — ta’lim muassasalari hududini inventarizatsiya (xatlov)dan o’tkazish (hududning o’ralganligi, oldin ekilgan ko’chatlarning ahvoli (o’rniga ekish), parvarishi, ekish uchun bo’sh joylar, daraxtlarga shakl berish, oqlash, tozalik, gulzor, bog’lar tashkil etish, sug’orish tizimini va boshqa qo’shimcha qilinadigan ishlarni inobatga olish); — hududning iqlim xususiyatidan kelib chiqib, ekish uchun mevali va manzarali daraxtlar, mavsumiy va ko’p yillik gul ko’chatlarini tanlash, sonini aniqlash, ularni ekish joylarini aniqlash, dizayn bo’yicha tartib bilan ekish, yil davomida har bir ekilgan daraxt parvarishi uchun sinf o’quvchilari hamda mas’ul o’qituvchini biriktirish; — hududda har bir sinfga er maydoni biriktirish (sinf rahbarining mas’ulligida) va sinflar raqami ko’rsatilgan belgi (banner-tablichka)larni o’rnatish; — ta’lim muassasalari hududining holatidan kelib chiqib, o’ralgan bo’lsa ta’mirlash va bo’yash, o’ralmagan bo’lsa hudud bo’ylab tartib bilan terak yoki atirgul (qirq og’ayni) ekish; — ta’lim muassasasi sport maydonini (futbol, voleybol, basketbol, yugurish yo’laklari, ularda tegishli chiziqlarni chizish, uzunlikka va balandlikka sakrash maydonchalariga qum solish va h.k.) belgilangan talablar asosida obodonlashtirish; — obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun zarur ish qurollari (ketmon, lopata, xaskash, panshaxa, arra, bolta, supurgi, chelak va boshqa) bilan ta’minlash va ularni saqlash uchun joy hamda moddiy javobgar shaxsni belgilash; — har bir amalga oshiriladigan ishning turi, ularni bajarishning aniq muddati va mas’ullarini belgilash.

2. Ta’lim muassasalariga kirish, binoning old, orqa va yon tomonlarida amalga oshiriladigan ishlar Ta’lim muassasasi peshlavhasini vazirlikning tavsiyalari asosida tayyorlash, kirish darvozasidan binogacha bo’lgan yo’laklar atrofiga mahalliy iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda archa, qarag’ay va h.k hamda gul (petuniya, shafran, atirgul, rayxon, gultoji xo’roz va b.) ko’chatlarini ekish, imkoniyatdan kelib chiqib chim yotqizish, hudud xususiyatiga mos ravishda old, orqa va yon atrofiga daraxtlar ekish, mavjudlariga bir xil o’lchamda shakl berish, oqlash, ularni parvarishlash, gulzor yoki bog’lar (“Bitiruvchilar” va “Ustozlar” bog’i) tashkil etish, kunlik tozalash va ozoda saqlashga e’tiborni qaratish lozim. Binoning joylashuv o’rnidan kelib chiqib, yo’lak chetlariga, soya-salqin joylarga o’tirgich(skameyka)lar o’rnatish, mavjudlarini ta’mirlash va bo’yash zarur bo’ladi. Kirish qismida — landshaftli kompozitsiyalar (turli eskizlar asosida mavsumiy gullar ekish, chim yotqizish, turli rangdagi toshlar bilan bezash va h.k.) yaratish, yo’lak chetlarini oqlash. Yon qismida — hududning xususiyatidan kelib chiqib, mevali va manzarali daraxtlar, mavsumiy va ko’p yillik gul ko’chatlarini ekish. Orqa qismida — hududning xususiyatidan kelib chiqib, igna bargli (mevali) daraxtlar, hududning atrofi bo’ylab terak (mirzaterak, kanadka) hamda ko’p yillik gul ko’chatlari ekish. Barcha daraxt va gul ko’chatlarini ekishda ularni sug’orish tizimiga albatta e’tibor qaratish lozim.

3. Ta’lim muassasalari hududiga daraxtlar va gul ko’chatlar ekish va parvarishlash, mavjudlariga shakl berish Daraxt va gul ko’chatlarini ekish hamda parvarishlash ishlarini biologiya fani o’qituvchisini jalb qilgan yoki soha mutaxassislaridan xulosa olgan holda amalga oshirish lozim. Daraxtlarning turiga qarab bir xillikda shakl berish: — terak turidagi daraxtlarga — erdan 2 — 4 m gacha; — mevali daraxtga — erdan 1 — 2 m gacha. — manzarali va igna bargli daraxtlarga bo’yiga qarab shakl beriladi. Daraxtlarni bir xil balandlikda oqlash: — manzarali daraxtga — erdan 1,2 m gacha; — mevali daraxtga — erdan 0,5 m gacha. Daraxtlar va gul ko’chatlarini ekish: Manzarali daraxtlar orasidagi o’rtacha masofa: — igna bargli – 1,5 – 2,5 m gacha; — terak – 0,5 – 0,8 m gacha, qalamcha har 5 — 10 sm; — mevali daraxtlar turiga qarab — 1,5 — 4 m gacha ekiladi. Gul ko’chatlari orasidagi o’rtacha masofa: — ko’p yillik — turiga qarab 0,3 — 1 m gacha; — mavsumiy — turiga qarab 5 — 30 sm gacha.

4. Obodonlashtirish ishlari uchun zarur ish qurollari va ularni saqlash Har bir ta’lim muassasasida obodonlashtirish ishlari uchun zarur bo’lgan ish qurollari — ketmon, lopata, xaskash, panshaxa, arra, bolta, supurgi, chelak va boshqa tegishli anjomlar bo’lishi lozim. Ularning soni sinflar sonidan kelib chiqib jamlanadi. Har bir yuqori sinf uchun ehtiyojdan kelib chiqqan holda — 4 ta lopata, 2 ta ketmon, 1 ta xaskash, 1 ta panshaxa, 1 ta arra, 1 ta bolta, 4 ta chelak, 3-4 ta supurgi (katta, kichik) bo’lishi tavsiya etiladi. Ish qurollarini ta’lim muassasasi omborxonasida sinflar uchun alohida-alohida ajratilgan joylarda saqlanadi va ular muassasa balansiga o’rnatilgan tartibda kirim qilinadi. Ularning saqlanishi uchun maktabning xo’jalik ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari moddiy javobgar shaxs hisoblanadi.

5. Ta’limi muassasalaridagi mavjud ichki va tashqi hojatxonalarning sanitariya talablari asosida faoliyatini ta’minlash 1. Hojatxonalarning tozaligi va u erdagi sharoitlar sanitariya talablari darajasida bo’lishi lozim. 2. Yangidan quriladigan va rekonstruktsiya qilinadigan hojatxonalar muassasaning o’quv binolaridan 30-50 metr uzoqlikda tashkil etiladi. 3. Ichki va tashqi hojatxonalar jami eniga 4,5-5 metr (o’g’il bolalar va qiz bolalar uchun), balandligi 3 metrdan kam bo’lmasligi lozim. Uzunligi ochkolar soniga qarab hisoblanadi (har 30 nafar o’quvchiga 1 ta ochko to’g’ri kelishi hamda ochkolarning oralig’i 0,9 metr bo’lishi hamda ichki devor bilan o’ralishi shart). Bunda erkak va ayol o’qituvchilar uchun kirib-chiqilishi alohida bo’lgan eshik bilan yopiladigan ochkolar bo’lishi lozim. 4. Hojatxona binolarining ichki va tashqi devor qismi tsement qorishmasi bilan suvoq qilinishi, did bilan bo’yalishi yoki oqlanishi, pol qismi beton qorishmasi bilan qoplanishi, tom qismi esa albatta qattiq jismli material (shifer, tunuka) bilan yopilishi lozim. 5. Hojatxonaga unitazlar o’rnatilishi, agar hojatxona hovliga moslashtirilgan bo’lsa, metall qoplamadan tayyorlangan (chasha Genuya) moslamalar o’rnatilishi maqsadga muvofiqdir. O’g’il bolalar uchun alohida mo’ljallangan xonada unitazlardan tashqari albatta pissuar bo’lishi shart.

6. Hovliga moslashtirilgan hojatxona ichidagi unitazlarni yuvib turish uchun har-bir ochkoga sovuq suv keltirishi lozim yoki xojatxona binosining tom qismiga ochkolar soniga qarab 1,5-3 kub metrli metall bak o’rnatilib vaqti-vaqti bilan yuvib turilishi lozim. Markaziy oqava (kanalizatsiya) mavjud bo’lmagan joylarda oqava suv maxsus tayyorlangan o’ralarga chiqarilib, ular to’lgandan so’ng maxsus transportda olib ketilishiga moslashtirish zarur.

7. Hojatxona binosining pol qismi qalin kafel (metlaxskaya plitka) bilan yopilishi, ochko devorlari esa balandligi 1,2-1,4 metr o’lchamda kafel-plitka bilan yopilishi talab etiladi.

8. Bundan tashqari, ayniqsa hovliga moslashtirilgan hojatxonalarning elektr tizimi mis simdan montaj qilinishi, har 5 kv. metr uchun maxsus yopiq holdagi lampochkalar o’rnatilishi lozim.

9. Tashqi hojatxonalarning har ikki tomoniga binoning uzunligiga qarab yorug’lik va havo almashishi uchun 0,4 kv. metr o’lchamdagi derazacha (fortochka)lar o’rnatilishi talab etiladi.

10. Qo’l yuvish uchun hojatxona yo’lagiga kamida 4 ta qo’l yuvish moslamasi (umo’valnik) o’rnatilishi va oqava suvining o’raga chiqarib yuborilishini ta’minlash kerak.

11. Hojatxonaga borish yo’laklariga imkoniyatdan kelib qichib, asfalt, beton yoki plitka (bruschatka) yotqizish, yo’lakni bardyura bilan ajratish va oqlash, yo’lakning har ikki tomoniga ko’p yillik va mavsumiy gullar hamda manzarali daraxtlar ekish lozim. 6. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari Ta’lim muassasalari bino va inshootlarini, isitish tizimi, elektr tizimi, qozonxonalar issiq va sovuq suv hamda oqava tizimi holatini ko’rikdan o’tkazib, zarur hollarda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish; tomlarni bahorgi tekshiruvdan o’tkazib, chakki o’tayotgan joylarini aniqlagan holda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo’yicha buyurtma tayyorlash; yog’och konstruktsiyalardan qilingan tomlarda har ikki yilda yog’och to’siq, stropila va reykalarni yong’inga qarshi bitum mastekasi bilan ishlov berish; hududiy “sanoatkontexnazorat” boshqarmalari xodimlari bilan birgalikda ta’lim muassasalaridagi qozonlarni ulardagi nasos, vintelyator, “zadvijka” va vintellarni hamda mo’rilarini ko’rikdan o’tkazib, zarur hollarda ularni kuz-qish mavsumiga qadar ta’mirlash ishlarini rejalashtirish, tashqi issiqlik quvurlarini issiqlik saqlovchi materiallar bilan o’rash ishlarini amalga oshirish (izolyatsiya); ta’lim muassasalaridagi ichki va tashqi elektr tizimini (kabel, elektr simlari, shitlar)ni ko’rikdan o’tkazish, mutasaddi tashkilotlarni jalb qilgan holda sinovdan o’tkazish(prozvonka) zarur hollarda elektr tizimini almashtirish yoki ta’mirlash ishlarini rejalashtirish; tog’li va borilishi qiyin bo’lgan hududlardagi ta’lim muassasalarining bino va inshootlari isitish pechkalarining mo’rilarini tozalash, ularni kuz-qish mavsumiga tayyor holga keltirish; “Issiqlik manbai” korxonasi tomonidan markazlashgan issiqlikni qabul qiladigan har bir ta’lim muassasalarining balansidagi tashqi va ichki issiqlik tizimini bosim ostida tozalash hamda muassasadagi issiqlik uzeli (teploizolyatsiya) profilaktik ta’mirlash bo’yicha tegishli idoralar bilan shartnomalar tuzish, bu ishlarni amalga oshirilishi yakunida tegishli dalolatnomalar imzolash; barcha deraza oynalarini butunligini tekshirib, singanlarini almashtirish choralarini ko’rish; ko’mir yoqilg’isi bilan isitiladigan har bir ta’lim muassasasida tuzilgan ishchi guruh tomonidan “O’quvta’limta’minot” DUK tomonidan etkazib berilayotgan ko’mirning sifatiga va miqdoriga (faktura bo’yicha) e’tibor qaratish; isitish qozonlari va pechlari tabiiy gaz bilan isitiladigan ta’lim muassasalar bo’yicha qish mavsumida gaz bosimi keskin pasayib ketishi kutilayotgan bo’lsa, ular uchun zahira alternativ yoqilg’i sifatida ko’mir yoqilg’isiga buyurtma berish ishlarini tashkil qilish; ko’mir yoqilg’isini maxsus qurilgan omborxonalarda yoki quruq va er osti suvlarining ta’siri tegmaydigan joylarda ustini somonli loy bilan mustahkam suvalgan holda saqlanishini ta’minlash; deraza romlarini, ayniqsa ular bir qavatli bo’lsa qo’shimcha tselofan plyonkalari, skotch bilan qoplash uchun zahiralar yaratish.

О Qobiljon Umarov

Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston !

Fikr qoldiring

Sizning emailingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.To'ldirish shart bo'lgan bandlar *

*