Muallif

  Umarov Qobiljon Abdug’offovich 1982 yilda Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumani Langarbobo qishlog’ida tug’ilganman. 2006 yildan tumandagi 16-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida informatika fani o’qituvchisi, 2010 yildan hozirgi kungacha ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari lavozida ishlab kelmoqdaman. 2015 yilda “Yilning eng faol ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari”  tanlovining Respublika bosqichida ishtirok etib, “Eng jonkuyar soha mutaxassisi” nominatsiyasi g’olibi bo’lib, “Xalq ta’limi a’lochi”si ko’krak nishoni bilan taqdirlanganman.

Ustozlarim haqida gapirsam, avvalombor maktabdagi sinf rahbarimiz Yo`ldasheva Halima oya menga ko`proq tarbiya bergan bolsa, keyingi faloyatimda maktabimiz direktori Dilfuza Akbarova, tuman xalq talimi bo`limidan Azamxon Eshonov, viloyat xalq ta`limi boshqarmasi boshligi o`rinbosari Hayrullo Abdurahmonovlardan ulkan bilim, malaka va ko`nikmalar oldim.

Hozirgi kunda maktabda yoshlarga informatika fanidan ta`lim-tarbiya berish bilan birga, o`z oldimga  dasturchilikni o`rganishni maqsad qilib qo`yganman va bunga harakat qilmoqdaman.