Milliy g`oya mavzusida savol-javob

Savol:    «Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida»gi Prezidentimiz Qarori qachon qabul qilingan?

Javob:    2006 yil 25 avgustda.

Savol:     Qaror qabul qilinishining asosiy sababi nimada deb o’ylaysiz?

Javob:    Hozirgi murakkab davrda- xalqaro maydonda  mafkuraviy, g’oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotganligi, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish zarurati paydo bo’lganligi uchun.

Savol:     Qarorning asosiy maqsadi nima?

Javob:    Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini, ularning hayotiyligi va ta’sirchanligini yanada oshirish.

Savol:    Qarorda qo’yilgan maqsadni amalga oshirish uchun  qanday tashkiliy xarakterdagi vazifalar belgilandi?

Javob: Respublika ma’naviyat va ma’rifat Kengashiga raislik qilish – Bosh vazirga, joylarda esa hududiy kengashlarga raislik qilish vazifalari Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qori Kengeshi Raisi, viloyatlar, shahar va tuman hokimlariga  yuklatildi.

Savol: Ilgarigi milliy mafkura ilmiy- targ’ibot markazi o’rniga qaysi markaz yangidan tashkil etildi?

Javob: Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi.

Savol:  Yangi tashkil etilgan milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining siyosiy vazifalari nimalardan iborat?

Javob:  1. Hozirgi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan tahlil etish.

  1.              Hayot tarzimizga zid bo’lgan zararli g’oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish.
  2.       Fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog’lom dunyoqarashni mustahkamlash, ularni sobitqadam va fidoiy vatanparvarlar qilib tarbiyalash.

Savol:   Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

Javob: 1. Yoshlar o’rtasida vatanparvarlik va insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalashga jiddiy e’tibor berish.

  1. Davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlarini atroflicha sharhlash va tushuntirish.
  2. Yurtimizga qarshi qaratilgan g’oyaviy va informatsion xurujlarva ularning maqsadlarini fosh qilish.
  3.    Odamlarni ogohlik va hushyorlikka da’vat etish.
  4.        Milliy g’urur va komil inson to’g’risidagi  tushunchalarni ta’sirchan uslublar orqali singdirish.
  1. Qaror matnida mavjud bo’lgan ayrim tushunchalar sharhi

 

Savol:  Milliy qadriyat nima?

Javob: Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan asosiy jihat va xususiyatlar bilan bog’liq qadriyatlar shakllari.

Savol: Vatan nima?

Javob: Insonning kindik qoni to’kilgan muqaddas zamin. U ajdodlardan avlodlarga qoladigan eng buyuk bebaho meros, eng aziz xotira. Vatan – ota-bobolarimizning hoki poklari jo bo’lgan, vaqti soati etib har birimiz bosh qo’yadigan muqaddas zamin.

Savol: Vatanparvarlik nima?

       Javob:  Vatan ravnaqi uchun faol bo’lishga undaydigan ma’naviy-axloqiy fazilatlar. Fidoiylik vatanparvarlikning bosh belgisidir.

Savol:  Informatsion kurash mohiyati nimada?

       Javob: Hozirgi bosqichda informatsion kanallar orqali odamlar qalbi va ongini egallashga bo’layotgan urinishlar.

Savol:  Ma’naviyat nima?

       Javob: (arabcha-ma’nolar majmui)- kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui. Insonning irodasini mustahkamlaydagan, ezgu ishlarga da’vat qiladigan ichki botiniy kuchdir.

Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, imon e’tiqodini  butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir

Savol: G’oya nima?

       Javob: Inson tafakkurining mahsuli bo’lgan, ijtimoiy xarakterga ega bilimlar tizimi.

Savol: Mafkura nima?

       Javob: Muayyan jamiyat manfaatlari ifodalangan g’oyaviy-nazariy qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi.

Savol:  Milliy g’oya nima?

Javob: Millatning istiqbolini o’zida mujassamlashtirgan, uning taraqqiyotiga xizmat qiladigan bilimlar tizimi.

Savol: Milliy istiqlol g’oyasi nima?

       Javob: Xalqimizning asosiy maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, uning o’tmish va kelajagini bir-biriga bog’laydigan, orzu-istaklarini amalga oshirishga xizmat qiladigan ma’naviy omildir.

Savol: Mafkuraviy jarayon nima?

       Javob: G’oyaviy ta’sir o’tkazish imkoniyatlari bilan bog’liq bo’lgan faoliyat.

Savol: Milliy manfaat nima?

       Javob: Millat, xalq hayotini belgilaydigan, uning faoliyatini ma’lum maqsadlarga yo’naltiradigan ijtimoiy munosabatlar tizimidir.

Savol: Mafkuraviy immunitet nima?

       Javob: Jamiyatni turli zararli g’oyaviy ta’sirlardan himoyalashga xizmat qiluvchi tizim.

Savol: Davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlari nimalardan iborat?

       Javob: —mustaqilligimizni  yanada mustahkamlash;

— barqaror taraqqiyotni ta’minlash;

— iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;

-jamiyat hayotini demokratlashtirish, yangilash hamda modernizatsiyalashtirishdan iborat.

Savol:   Umumbashariy qadriyat nima?

       Javob:  Butun insoniyatning umumiy manfaatiga mos keluvchi g’oyalar asosidagi faoliyat majmui.

Savol:  Millatlararo totuvlik nima?

       Javob:  Muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining hamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushuncha.

MADANIYAT, MAFKURA

 Savol: Madaniyat nima?

Javob:    Madaniyat (arabcha «Madina» va «iyat»-shaharga oid)- turlicha talqin etiladigan, murakkab va ko’p ma’noli tushuncha. XX1 asrning dastlabki besh yilidagi mavjud oxirgi ilmiy manbalarda ta’kidlanishicha bu tushunchaga berilgan ta’riflar soni 600dan ortgan, shu bois yagona universal ta’rif yo’q. Lekin ko’pchilik tomonidan ko’proq e’tirof etiladigan ta’riflar bor. Masalan: « Madaniyat, bu- insoniyatni butun bir tarixiy taraqqiyoti davomida yaratgan va yaratayotgan ma’lum qadr va qiymatga ega bo’lgan, moddiy va ma’naviy boyliklari yig’indisidir.

Savol:  Aqida nima?

Javob:  Aqida (arabcha-ishonch) – dindorlar uchun majburiy bo’lgan, ularni shak keltirmasdan, muhokama qilmasdan ishonch asosida bajarish, e’tiqod qilish lozim deb hisoblangan diniy talablar.

Hozirgi kunda aqidani faqat diniy ma’noda tushunish ham to’g’ri emas. Sababi, u ayrim dunyoviy mazmundagi oqim va ta’limotlarda ham mavjud birorta g’oya yoki tamoyilga qat’iy ishonch ma’nosida uni mutlaqlashtirish ko’rinishida ham ishlatilmoqda.

Savol: Mafkuraviy vaziyat nima?

       Javob: Muayyan mintaqa yoxud mamlakat hayotida mafkuralarning o’rni va mavqei, ular o’rtasidagi munosabatlar bilan bog’liq jarayon va shart-sharoitlar majmuini o’zida ifoda etadi.

Savol: Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi deb nimaga aytiladi?

       Javob: Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi-g’oyaviy ta’sir o’tkazish imkoniyatlarining kengayishi natijasida unga er yuzining ko’plab mintaqalari tortilganligini, mafkuraviy kurash esa umumbashariy miqyosdagi mazmunni kasb etganligini ifodalovchi tushuncha. Ilm-fan, texnikaning jadal sur’atda rivojlanishi globallashuv jarayonini tezlatmoqda

Savol:  Mafkuraviy poligon nima?

       Javob: Mafkuraviy poligon- odamlar va xalqlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan, turli g’oyalarni sinash ko’zda tutilgan maydon yoki hudud.

Savol: Mafkuraviy profilaktika nima?

       Javob: Bu ijtimoiy institutlar (davlat va jamoat tashkilotlari, ta’lim-tarbiya maskanlari, muassasalari, ijtimoiy tuzilma va harakatlar, oila, mahalla va b.) tomonidan amalga oshiriladigan turli shakllardagi g’oyaviy-tarbiyaviy, ma’naviy-mafkuraviy ishlar majmui bo’lib, u butun bir yaxlit holdagi tarbiya tizimini o’z ichiga qamrab oladi.

Mafkuraviy profilaktika mavjud bo’lgan mafkuraning barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Savol:  Mafkuraviy tajovuz nima?

Javob: Mafkuraviy tajovuz-muayyan millat, jamiyat, davlatning tinchligi va barqarorligiga qarshi yo’naltirilgan, siyosiy va konstitutsion tuzumni zaiflashtirish va buzishga qaratilgan, fuqaro va jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvchi, g’oyaviy-nazariy qarashlar va unga asoslangan amaliy harakatlar yig’indisidir.

Mafkuraviy tajovuz-g’oyaviy buzg’unchilik shakli bo’lib, mamlakat ichkarisi yoki tashqarisidan turib amalga oshirilishi mumkin.

Savol:  Mafkuraning funktsiyalari deganda nimani tushunamiz?

Javob: Mafkuraning funktsiyalari deganda, millatlar va davlatlar, turli ijtimoiy-siyosiy kuchlarning o’z g’oyaviy tizimlarini yaratish va targ’ib qilishdan ko’zlagan maqsad-muddaolari hamda o’z mafkuralari orqali hal qilishi lozim bo’lgan vazifalari majmui tushuniladi.

Savol: Millatlararo totuvlik nima?

Javob: Millatlararo totuvlik g’oyasi milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri bo’lib, muayyan hudud yoki davlatda turli millat vakillarining hamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushunchadir.

Jamiyat hayotida tinchlik doimo barqaror bo’lishligi uchun millatlararo totuvlik masalasiga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. O’zbekiston hududida 130dan ziyod turli millat va etnik guruh vakillari istiqomat qiladilar.

Savol: Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalari qaysilar?

Javob: Milliy istiqlol mafkurasi asosiy g’oyalarining mazmun-mohiyati va muhim xususiyatlari Prezident Islom Karimov asarlarida o’z ifodasini topgan. Bular quyidagilar: Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik va b.

Savol:  Milliy istiqlol mafkurasining bosh g’oyasi nima?

       Javob: Bosh g’oya O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov asarlarida asoslab berilgan bo’lib, mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy maqsad-muddaolarini ifodalaydi. Ular «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» asarida quyidagicha ta’riflangan: O’zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo’lidagi bosh g’oyasi — ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir.

Savol: Milliy istiqlol mafkurasining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

       Javob: — Har qanday mafkura muayyan maqsadlar uchun xizmat qiladi va bu yo’lda xilma-xil vazifalarni bajaradi.  Milliy istiqlol mafkurasining asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

— odamlarni muayyan g’oyaga ishontirish va shu g’oya atrofida uyushtirish;

— g’oyani amalga oshirish uchun safarbar etish;

— kishilarni ma’naviy, ruhiy jihatdan rag’batlantirish;

— g’oyaviy tarbiyalash;

— g’oyaviy immunitetni shakllantirish;

— harakat dasturi bo’lish.

Savol: Milliy mafkura nima?

Javob: Milliy mafkura deyilganda-millatning mustahkam birlik sifatida mavjud bo’lishi va rivojlanishini, erkin va ozod taraqqiyotini g’oyaviy jihatdan asoslash va ta’minlash uchun qaratilgan qarashlar tizimini tushuniladi. Hozirgi kunda «milliy mafkura»ni faqat bitta millat yoki xalqning mafkurasi deb tushunish to’g’ri emas, chunki u muayyan davlat yoki jamiyatning umumiy mafkurasi ma’nosini ham anglatadi.

Milliy qadriyatlar ustuvorligi tamoyillari                              

Xalqning buyuk kelajak sari yaratish jarayoniga ishonchini mustahkamlashda, fuqarolarning siyosiy madaniyatini o’stirishda, barqaror taraqqiyot muammolarini to’g’ri anglashda g’oyaviy yo’nalish bo’lib xizmat qiladi. O’zbek xalqining milliy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Ular ona yurtga muhabbat, avlodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat, hayo, andisha kabi xususiyatlarning ustuvorligi va  boshqa xalqlarnikiga o’xshamagan urf-odatlarni, rasm-rusumlarni va an’analarni o’z ichiga oladi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi  

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabrda XII chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan va 8 dekabr kuni –umumxalq bayrami, dam olish kuni deb e’lon qilingan. Konstitutsiya 6 ta bo’lim, 26ta bob va 128ta moddadan iborat.

O’zbekiston Respublikasi Davlat ramzlari:

                Madhiya- Mustaqil O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992 yilning 10 dekabrida XII chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan. Uning matnini O’zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri A.Oripov, musiqasini bastakor M.Burxonov yozgan.

O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i

O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o’tkazilgan VII sessiyasida 1991 yil 18 noyabr kuni tasdiqlangan. Undagi ramzlar bugungi O’zbekiston sarhadi o’tmishida mavjud bo’lgan davlatlar bilan tarixan bog’liqligini anglatib, hamda O’zbekiston xalqlarining milliy-madaniy an’analarini o’zida mujassamlashtiradi.

O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi

«Gerb» so’zi nemischa «erbo» so’zidan olingan bo’lib, shohlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan-naslga meros qoluvchi mulk belgisi degan ma’noni anglatadi. O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi  O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 1992 yil 2 iyul kuni tasdiqlangan. Gerbimizda rizq-ro’zimiz-g’alla, milliy boyligimiz-paxta, ikki buyuk daryoimiz, monolit birligimiz ramzi sakkiz qirrali yulduz va uning ichida yarim oy va yulduz, fidoiylik timsoli bo’lgan afsonaviy Humo qushi, bayrog’imiz va uning o’rtasiga yozilgan «O’zbekiston» so’zi tasvirlangan.

 Xalq farovonligi

Bugungi kunda farovon turmush asosi-erkinlik, tadbirkorlik, tashabbuskorlikdir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning oliy maqsadi xalqimizga munosib turmush sharoiti yaratishdan iborat. Hayotimizdagi har qanday yangilanish, har qanday o’zgarish mohiyatida ana shu ezgu maqsadlar mujassamlangan.

Mustaqillik

— davlatning istiqboli, istiqloli haqida qayg’urish;

— o’zining, o’z xalqining, Vatanining qadr-qimmati, or-nomusini anglab, uni himoya qilish;

— yuksak g’oyalar, yangi fikrlar, niyatlar og’ushida mehnat qilib, bor imkoniyatini, kerak bo’lsa, jonini yurt istiqboliga, eliga baxsh etishdir.

                                               Yurt tinchligi

 Bebaho ne’mat, ulug’ saodatdir. Insoniyat o’z taraqqiyot yo’lida, avvalo, tinchlik-totuvlikka intilib kelgan. Yurt tinchligi barqaror taraqqiyot omilidir. Tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash masalasi umumbashariy muammodir. Insoniyat bu muqaddas qadriyatga doimo izchil va qat’iy harakat tufayligina erishadi.

                                E’tiqod

E’tiqod- ma’lum qadriyatlar, diniy yoki dunyoviy maslaklar, munosabatlarning inson qalbida yashash falsafasi, uning hayotiy faoliyatining dasturidir. Insonning insonligi, uning jamiyatdagi o’rni va nufuzi ham ma’lum ma’noda uning e’tiqodi bilan belgilanadi. E’tiqodli inson, avvalo, foydali ish bilan shug’ullanib, o’zgalarga ziyon etkazmaydi, yolg’on gapirmaydi. U faqat mehnatga va ilmga intiladi va o’z oldiga aniq maqsad qo’yib yashaydi. Shuning uchun e’tiqod shaxsdagi mardlik, fidoiylik, iroda, vijdon, qat’iyat, halollik va vatanparvarlik kabi fazilatlar bilan bog’liqdir.

                           Hurfikrlilik

 Butun insoniyat uchun foydali ishlar qilishga safarbar etadigan, o’zida taraqqiyot, ma’rifat, do’stlik, tinchlik, adolat, halollik, poklik kabi ezgu-niyatlarni, his tuyg’ularni o’z ichiga oladigan g’oyadir.

 

                       G’oyaviy bo’shliq

 G’oyaviy bo’shliq- avvalgi tizimdan yangi tizimga o’tish jarayonida oldingi hukmronlik qilgan mafkura o’z mavqeini yo’qotgach, taraqqiyot talabiga mos bo’lmagan yoki uning o’rnini bosa oladigan ilg’or g’oyaviy tizimning yo’qligi tufayli shakllangan holatdir. G’oyaviy bo’shliq mamlakat xavfsizligi va fuqarolarning osoyishtaligiga jiddiy xavf soladi.

 

                                Aqidaparastlik 

     Aqidaparastlik- ma’lum bir sharoitda biron-bir g’oya yoki tamoyilga qat’iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni boshqa sharoit, holat hamda vaziyatni hisobga olmagan holda, ko’r-ko’rona qo’llashga bo’lgan urinishdir.

Bu atama faqat salbiy ma’noda qo’llanib, muayyan olim va oqim tomonidan bayon etilgan qonun va qoidalar ta’sir doirasini sun’iy ravishda kengaytirishga bo’lgan urinish ma’nosida ham ishlatiladi.

               Ekstremizm

(Lotincha-extremus-o’ta)-ijtimoiy-siyosiy xarakterdagi muammolar, ziddiyatlarni hal etishda keskin chora-tadbir, fikr-qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyotdir. Ekstremistik qarashlar chuqur ildizga ega bo’lib, hech qachon chegara bilmagan, din, millat, hududni tanlamagan. Ekstremistlarning asosiy yagona maqsadi hokimiyatni qo’lga olish va bu yo’lda eng jirkanch usullardan foydalanishdir.

                                   Terrorizm

Bugungi kunda insoniyatga katta tahdid solayotgan eng yovuz g’oyalardan biri-terrorizmdir. (lotincha terror-qo’rquv, dahshat)-yovuz maqsad yo’lida kuch ishlatib, odamlarni yo’q qilishdan iborat bo’lgan g’oyaga asoslangan zo’ravonlik usulidir. U iqtisodiy, siyosiy, diniy, g’oyaviy, irqiy, milliy, guruhiy shakllarda namoyon bo’lishi mumkin. Jamiyatda doimiy qo’rquv, fitna, odamlarning, ayniqsa bolalarning halok bo’lishiga olib keladigan siyosiy maqsaddagi o’ldirish va portlatishlar bu mudhish g’oyaning asl mohiyatini tashkil etadi.

ziyonet.uz

О Qobiljon Umarov

Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston !

Fikr qoldiring

Sizning emailingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.To'ldirish shart bo'lgan bandlar *

*