Ma`naviyatchilarning hujjatlari nechta?

   O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmoyishlari, qarorlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari ta’lim sohasining barcha yo’nalishlarini mutanosib rivojlantirish uchun xizmat qilmoqda. Yaratilgan va takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari hamda modernizatsiya qilingan o’quv dasturlari, yangi tahrirdagi o’quvchilar bilimini baholashning ko’pballik reyting tizimi, ta’limda yangi axborot texnologiyalarining joriy etilishi ta’lim muassasalari faoliyatini hamda boshqaruvni yangicha isloh qilishga olib keldi.

Maktabgacha ta’lim va umumiy urta ta’limi boshqaruv ishlarining sifati bevosita ish xujjatlarining to’g’ri yuritilishi, rasmiylashtirishda yagona tartib bo’lishini talab etadi.

                Shu sababli O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 4 fevral kungi “Maktabgacha ta’lim muassasalari va umumiy o’rta ta’lim maktablari pedagog hodimlarining ish hujjatlarini yuritish to’g’risida”gi 33-sonli buyrug’i chiqarilgan. Ushbu buyruq asosida maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari tomonidan yuritalyotgan 37 ta yo’nalishdagi hujjatlar 19 ta yo’nalishga qisqartirilgan, shuningdek, 14 ta yo’nalish umumlashtirilib, 2 ta yo’nalish boshqa hodimga yuklatilgan bo’lsa, 2 ta yo’nalish bekor qilingan.

 

Hujjatlar  nomi

1 Yillik ish reja
2 O’zbekiston Respublikasining 2010 yil 29 sentyabrdagi  «Voyaga etmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va xuquqbuzarliklarning profilaktikasi to’g’risida»gi  263-sonli qonuni  bo’yicha hujjatlar (VM-360,PQ-911)
3 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 19 iyuldagi ”Barkamol avlodni tarbiyalashda fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o’zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 175- sonli qarori bo’yicha hujjatlar
4 Giyohvandlikni oldini olish bo’yicha hujjatlar
5 Yo’l harakati bo’yicha hujjatlar
6 Yong’in xavfsizligi bo’yicha hujjatlar
7 To`garaklar bo`yicha hujjatlar
8 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-2124 qarori bo’yicha  hujjatlar
9 Tarbiyaviy soat darslari bo`yicha hujjatlar
10 Tahlil daftari (4-soat haftasiga)
11 “Orasta qizlar” to`garaklari bo`yicha hujjatlar
12 Xotin-qizlar faoliyati bo`yicha hujjatlar
13 Ta`til rejalari
14 Sinf rahbarlari bo`yicha hujjatlar
15 Surunkali dars qoldiruvchi o`quvchilar bilan ishlash yuzasidan olib borilayotgan tadbirlar
16 Davlat dasturlari bo`yicha hujjatlar
17 Yoshlar ittifoqi faoliyati bo`yicha hujjatlar
18 Obodonlashtirish bo’yicha hujjatlar
19 Yozgi ta`til kunlari oromgoh va kunduzgi sport sog`lamlashtirish maydonchalari faoliyati bo`yicha hujjatlar

 

 

О Qobiljon Umarov

Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston !

Fikr qoldiring

Sizning emailingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.To'ldirish shart bo'lgan bandlar *

*