Madhiya kuylash kerakmi?

      Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil odimlayotgan mustaqil davlatimizni yanada rivoj topishida  fuqarolarimizning vatanparvarligi bugun har qachongidan ham muhim bo’lmoqda.

     O’quvchi qachon vatanparvar bo’lib shakllanadi?  Vatanparvarlikni shakllantiruvchi omillar nima? Menimcha, ulardan eng asosiysi,  o’quvchi mansub bo’lgan joy yer, Vatan va millati tarixini yaxshi bilish, uni sevish, vatan timsollarini bilish, undan faxrlanish tuyg’usini unda shakllantirishdan iboratdir.

         Madhiya mustaqillik timsoli, mustaqil O’zbekiston ramzlaridan biridir. Madhiyani nafaqat yodlash, kuylash, bugun o’quvchilarda undan faxrlanish xissini uyg’otishimiz kerak.

      Madhiyani jo’r bo’lib kuylash o’qituvchi bilan o’quvchini jipslashtiradi. O’quvchilarda jamoaviylik ruhini shakllantiradi. Jamoaviylik Vatanni qadrlash, uni asrab-avaylashga barcha mas’ul ekanligi tushunchasini vujudga keltiradi.

        Agar maktabdan shunday ko’nikmani singdirmasak,qaerda o’rgatamiz bo’lmasa?.Har xil tanqidchilarga e’tibor bermasdan buning samarasini ko’rsatib qo’yishimiz kerak.

     Hamma ko’rdi, o’zbek tiliga ozgina e’tiborsizlik oqibatida yil boshida davlat tiliga qo’shimcha til qidirganlar chiqib qoldi. Endi madhiyani ximoya qilishimiz kerakka o’xshaydi.

       Madhiyani har kuni kuylash, kuylaganda ham baralla kuylash, tanqidchilar eshitadigan qilib kuylash kerak.

 

Namangan viloyati xalq ta`limi boshqarmasi

boshlig`i o`rinbosari X.Abdurahmonov

О Qobiljon Umarov

Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston !

Fikr qoldiring

Sizning emailingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.To'ldirish shart bo'lgan bandlar *

*