Lavozim malaka tavsiflari

Xalq ta’limi vazirligining 2012 yil 14 iyundagi 186-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan

UMUMTA’LIM MAKTAB (MAKTAB-INTERNAT) DIREKTORINING MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR BO’YICHA O’RINBOSARI LAVOZIMINING MALAKA TAVSIFLARI

       Lavozim vazifalari: a) ta’lim muassasasida ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish; b) tarbiyaviy ishlarning yillik va oylik rejalarini ishlab chiqish, sinf rahbarlari amalga oshiradigan tarbiyaviy ishlar rejalarining bajarilishini nazorat qilish; v) “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” majmuasiga kiruvchi fanlar bo’yicha ta’lim standartlari talablarining bajarilishini nazorat qilish, shu fanlar bo’yicha o’zlashtirish, o’quvchilarning davomati va xulqi, tarbiyaviy tadbirlarning sifati va samaradorligi monitoringini amalga oshirish; g) maktabda to’garaklar va sport sektsiyalarining faoliyat yuritishini ta’minlash; d) milliy an’analar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlar misoli asosida o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil qilish; e) o’quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari, ekskursiya va madaniy ommaviy ishlarni muvofiqlashtirish; j) pedagogik jamoaning ta’til paytidagi faoliyatini, jumladan yozgi o’quv ta’tili davrida o’quvchilarning kunduzgi dam olish oromgohlarida dam olishi bilan bog’liq ishlarni muvofiqlashtirish; z) ta’lim muassasasi o’quv va boshqa xonalarini o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga oid masalalarni hal qilishga xizmat qiluvchi ko’rgazmali targ’ibot va tashviqot vositalari bilan jihozlashni tashkil qilish; i) maktabning ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini muvofiqlashtirish va yo’naltirish, sinf rahbarlarining ishlarini tashkil qilish; y) ilg’or pedagogik tajriba almashish bo’yicha ishlarini muvofiqlashtirish, tarbiyaviy ishlar sifati va natijalarini tahlil qilish; k) pedagogik xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo’yishda ishtirok etish, yuqori malakali o’qituvchilarning ilg’or pedagogik tajribasini o’rganish, umumlashtirish va tarqatish; l) tarbiyaviy ishlar bo’yicha metodik materiallar ishlab chiqishni, yosh mutaxassislarga metodik yordam ko’rsatishni tashkil qilish, o’qituvchilarning kasb mahoratini, malakasini oshirish ishlarini olib borish; m) sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari olib boradigan tarbiyaviy faoliyatiga rahbarlik qilish, ta’lim muassasasi tarbiyaviy ishlari holati va natijalari to’g’risida hisobotlar tuzish, ota-onalar bilan hamkorlikni tashkil qilish; n) o’quvchilarning tartib-intizomi va davomati, tarbiyaviy ishlar samaradorligining nazoratini amalga oshirish; o) san’atkorlar, jamoat arboblari, urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar va ijodiy kechalar o’tkazilishini tashkil qilish; p) huquq-tartibot va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari bilan o’quvchilar o’rtasida huquqbuzarlikning oldini olish masalalari bo’yicha hamkorlik qilish; r) ta’lim muassasasi faoliyatiga qo’yilgan sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilishni ta’minlash; s) o’quvchilarni ichimlik suvi bilan ta’minlash va bolalar uchun qo’yilgan sanitariya-gigiena talablariga rioya qilish. Bilishi lozim: a) amaldagi umumiy o’rta ta’lim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni; b) Xalq ta’limi vazirligining maktab faoliyatini tashkil etish va yaxshilashga oid bo’lgan buyruqlari, farmoyishlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarini; v) jahon va milliy pedagogika fanlari va amaliyoti, boshqarish psixologiyasi yutuqlarini; g) bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ma’naviy-axloqiy tarbiyalash metodikalarini; d) o’z xalqi tarixini, maktab faoliyati va uni rivojlantirishning pedagogik va iqtisodiy asoslarini; e) ta’lim standartlari talablari va uning mazmunini; j) jamoani boshqarishning samarali usullari, xodimlarni ma’naviy va moddiy rag’batlantirish tizimlari va metodlarini; z) ilg’or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish metodlarini, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish usullarini; i) ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini; y) texnika xavfsizligi va yong’in xavfsizligini ta’minlash qoidalarini; k) pedagogika fani va amaliyoti, boshqaruv psixologiyasining jahon va mamlakat miqyosidagi erishilgan yutuqlarini; l) o’quvchilarni vatanparvarlik, xalqimiz va vatanimiz — O’zbekiston Respublikasi tarixini hurmat qilish ruhida ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalash usullarini; m) ta’lim muassasasi va o’qituvchilar faoliyatini tahlil qila olishni, muammolarini aniqlashi va ularni hal qilishning samarali yo’llarini; n) maktabning tarbiyaviy tadbirlar stsenariylarini va tarbiyaviy ishlar rejalari, dasturlarini ishlab chiqishni; o) metodik tavsiyalar, o’quv rejalari va dasturlar, qoidalar, nizomlar, lavozim yo’riqnomalarini ishlab chiqishni; p) ishlab chiqarish majlislari, suhbatlar o’tkazishni; r) ta’lim muassasasi faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilishi, o’quv jarayonida ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarni qo’llashni; s) pedagogik jamoada qulay psixologik muhit yaratishni. Malaka talablari: a) pedagogika yo’nalishi bo’yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot; b) xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi; v) uch yildan kam bo’lmagan pedagogik ish staji.

О Qobiljon Umarov

Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston !

Fikr qoldiring

Sizning emailingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.To'ldirish shart bo'lgan bandlar *

*