Koreya ta`lim tizimi haqida

      Zamonaviy Koreya ta’lim tizimida boshlang‘ich maktablarning roli muhim. Koreyada boshlang‘ich ta’lim uchun o‘quv yilida 1 martga qadar 6 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Lekin 5 yoshli bolalar ham o‘qishga kirishga xuquqli bo‘lib, buning uchun maktab mas’ul shaxsining ruxsatnomasini olishi lozim bo‘ladi. O‘quv yili esa 1 mart Koreya respublikasida davlat bayrami munosabati bilan 2 martdan boshlanadi. 6 yil davom etadigan boshlang‘ich ta’lim majburiy etib belgilangan. Boshlang‘ich ta’limda 1 yil ikki semestrga bo‘lingan holda olib boriladi. Boshlang‘ich ta’limdan keyingi «zinapoya» vazifasini o‘rta ta’lim bajaradi. O‘rta ta’lim Koreya respublikasida 3 yil davom etadi. O‘rta ta’lim ham majburiy bo‘lib, bir o‘quv yili 1 martdan keyingi yil mart oyiga qadar davom etadi. Darslar 45 daqiqadan etib belgilangan bo‘lib, bir yilda 1222 soatni tashkil etadi. O‘rta ta’lim maktablarida davlat tili, axloq, ijtimoiy fan, matematika, jismoniy tarbiya, musiqa, san’at, chet tili kabi 10 ga yaqin fanlar o‘qitiladi. Shuningdek, o‘rta maktabda o‘quvchi uchun tanlov fanlar mavjud. Bular qatoriga axborot, chet tili (ko‘pincha nemis, fransuz, ispan, xitoy, yapon, rus, arab tillari) kabilarni kiritish mumkin. O‘rta maktab tugatilgach yuqori maktablarda ta’lim davom ettiriladi. Yuqori maktablar bir necha turlarga bo‘linadi: davlat yuqori maktablari,Umumiy yuqori maktablar  , xususiy yuqori maktablar. Shuningdek, yuqori maktablar o‘qitish fanlariga ko‘ra ham bir qancha turlarga bo‘linadi: umumiy maktablar, ixtisoslashtirilgan maktablar,maxsus maktablar,texnika maktablari,chet tili maktabi,jismoniy tarbiya maktabi,san’at maktablari. Koreya Respublikasida Ta’lim vazirligi maxsus tashkil etgan yuqori maktablar ham bor. Bular asosan qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, sanoat, xalqaro tillarga ixtisoslashgan bo‘ladi.

 

О Qobiljon Umarov

Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston !

Fikr qoldiring

Sizning emailingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.To'ldirish shart bo'lgan bandlar *

*