Jihozlash bo`yicha tavsiya

Mustaqillik yillarida Yurtboshimiz rahnamoligida ta’lim va tarbiya davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. Adidas Pas Cher Yurtimizda tinchlik va barqarorlik, izchil iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini faol himoya qilish, aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish kabi yo’nalishlar suveren davlatimizning adolatli va insonparvar ichki siyosatida doimiy ustuvor bo’lib kelmoqda. Ular sirasida jamiyat ma’naviy yuksalishi va shaxs ma’naviy kamolotiga berilayotgan e’tiborni alohida ta’kidlash lozim. Mustaqillik yillari – xalqimiz uchun chindan ham o’zlikni anglash, ma’naviy-ruhiy tiklanish davri bo’ldi. Vatanimizning qadim va shonli tarixiga, xalqimizning boy ma’naviy va madaniy merosiga bo’lgan munosabat o’zgardi. Betakror tilimiz, muqaddas dinimiz, azaliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimizning hayotimizdagi o’rni va nufuzi qayta tiklandi, donishmand ajdodlarimiz xotirasiga munosib hurmat va extirom ko’rsatildi. Eng muhimi, pirovard maqsadida mamlakatimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon jamiyat barpo ko’zlangan, asosiy g’oyalarini yurt tinchligi, vatan ravnaqi, insonni kamoloti, millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik va ijtimoiy hamkorlik tashkil etuvchi milliy mafkuraning metodologik va kontseptual asoslari yaratildi. Yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy, ma’naviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda g’oyaviy immunitet va faol grajdanlik pozitsiyasini shakllantirish masalalari davlatimizning doimiy diqqat markazida bo’lib kelmoqda. asics tiger femme Yurtimizda xalq ta’limi tizimiga berilayotgan e’tibor va amalga oshirilayotgan islohotlarni ta’kidlab o’tish joizdir. Birgina, maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi doirasida 2004-2009 yillarda 3012,0 ming o’quvchi o’rinli 8501 ta maktablarda qurilish-tiklash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 910-sonli qarori asosida 2009-2014 yillarga mo’ljallangan Davlat dasturiga binoan respublikada 278 ta BMSMlarni yangidan qurish (136 ta) va kapital rekonstruktsiyasi (142 ta), shuningdek R.Glier va V.Uspenskiy nomidagi RIMALlarini kapital rekonstruktsiya qilish ishlari boshlab yuborildi. Amalga oshirilayotgan ishlar o’z natijasini bera boshladi ya’ni, umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quv-moddiy bazasining mustahkam-lanishi, pedagog xodimlarning ijtimoiy muhofaza qilinishi, ustama xaq to’lashning yangi tizimi joriy qilinishi har bir pedagogik jamoani ijodkorlik va tashabbuskorlik bilan ishlashga undamoqda. Bugungi kunda Davlat umummilliy dasturi doirasida yaratib berilgan moddiy-texnik va o’quv-metodik shart-sharoitlardan oqilona, maqsadli foydalanish, avaylab-asrab, ta’lim-tarbiya sifati, samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etishda maktab pedagogik jamoasi va o’quvchilarning roli, mas’uliyati hamda shaxsiy javobgarligini oshirish dolzarb vazifalardan biridir. Air Jordan 4 Femme Shu maqsadda umumiy o’rta ta’lim maktablarini jihozlash bo’yicha taklif etilayotgan yagona talablar asosida o’zlarining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, mazmunan boyitgan xolda maktablarni qayta jihozlanishi bo’yicha ishlarni tashkil etishlari muxim ahamiyatga ega.

2. UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI HUDUDI VA OLD FASADINING BEZATILIShI

2.1. Maktabning hududiga ajratilgan er maydoni temir panjara yoki devor bilan o’ralgan bo’ladi. 2.2. Maktab hududiga kiraverishda asosiy darvoza ustuniga (darvoza eni bo’yicha) quyidagi tartib bilan maktab peshtaxtasi o’rnatiladi: (lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida) Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi Xalg ta’limi vazirligi Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 144-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi Ushbu pannoning orqa tomoniga o’quvchilar uchun ta’lim-tarbiyaga oid chaqiruv shiori yozilishi maqsadga muvofiq. Bilim ol, o‘rgan, izlan! 2.3. Maktab hududida (maktab binosiga olib boruvchi yo’lakning o’ng va chap tomonida) ta’lim-tarbiyaga oid chaqiruv shiorlari yoki buyuk allomalarning fotosuratlari o’rnatilishi mumkin. Mehnat bilan tiklangandir bu Vatan, bu dunyo! Yoshlikning ko‘rki yaxshilikdir! Aqldan, ilmdan ortiq dunyo yo‘q. Aqlli odam qorin g’amini emas, ilm, hunar, yaxshilik g’amini yeydi. 2.4. Maktab hududining katta hajmdagi sxematik ko’rinishi panno shaklida o’rnatiladi. (Pannoda maktab binosi, obodonlashtirish bo’yicha sinflar kesimida hududni ajratilganligi aks etadi) 2.5. Maktab xududidining ko’zga tashlanadigan joyida yoki binoning chiroyli ko’rinadigan devoriga “Baxtli bolaligimz” nomli katta hajmdagi (3×6 o’lchamda) panno o’rnatiladi. 2.6. new balance avis Maktab binosiga kiraverishining chap tomonida Davlat bayrog’ini ko’tarish uchun flagshtok o’rnatiladi hamda “Ertalabki saflanish” uchun alohida tekis joy ajratilishi lozim. 2.7. Maktabning kirish eshigining chap tomonida maktab peshlavhasi (lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida 60×80 o’lchamda vo’vestka) osiladi. magasin asics 2.8. Maktabning old qismida “XUSH KELIBSIZ!” chaqirig’i bo’ladi. 3. MAKTABGA KIRISh FOYESINING BEZATILIShI 3.1. Foyening o’ng qismida: Davlat ramzlari (Prezident rasmi, davlat gerbi, davlat bayrog’i, davlat madhiyasi) va O’zbekiston Respublikasining xaritasi (viloyatlar nomi ifodalangan xolda) stend shaklida o’rnatiladi. 3.2. Foyening chap qismida: “Ta’lim to’g’risida” qonun, “Maktabning ustavi”, “Maktabning ichki tartib va qoidalari”, darslar jadvali (1-4 sinflar va 5-9 sinflar kesimida), fan va qiziqishlari bo’yicha to’garaklar jadvali, darsga kirish-chiqish jadvali (qo’ng’iroqlar jadvali), o’quvchilarning kiyinish tartibi namunasi kabi stendlar bo’lishi kerak. 3.3. Maktabning asosiy kirish-chiqish eshigining tepasida katta osma soat bo’lishi maqsadga muvofiq. 4. MAKTABNING ASOSIY YULAKLARI (KORIDOR)NING BEZATILIShI Maktabga kirish foyesining davomi sifatida ushbu yulaklarda (chap va o’ng tomon) maktab ma’muriyati va o’qituvchilar xonalari joylashgan. Asosiy yo’lak devorlarida: “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” nomli stend majmui (mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlarga bag’ishlangan fotosuratlar to’plami va ular haqida qisqacha ma’lumot aks ettiriladi); “Ota-onalar sizlar uchun” nomli stend majmui (Ota-onalar qo’mitasi to’g’risida Nizom, Ota-onalar universiteti haqida Nizom, “Vasiylik kengashi” haqida Nizom) “Maktab pasporti” nomli stend; “Maktabning shtat jadvali” nomli stend; “Maktab o’qituvchilari tarifikatsiyasi” nomli stend majmui (lavozim va oylik maoshlari ko’rsatilgan xolda); “Prezident farmon va qarorlari amalda” nomli stend majmui (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to’g’risida”gi 275-sonli qarori ijrosi va x.k); “O’qituvchilar reyting oyinasi” nomli stend; “Axborotnoma” nomli stend majmui (Jahon, Respublika, viloyat, tuman va maktabdagi davriy yangiliklar, buyruq, tadbir va e’lonlar); “Oila, mahalla, maktab” hamkorlik markazi faoliyati nomli stend (Oila, mahalla, maktab hamkorlik markazi Nizomi va faoliyati yoritiladi); “Kasbim – faxrim” nomli stend (kasblar haqida ma’lumot, kasbga yo’naltirish bo’yicha tavsiya); “Maktab kecha va bugun” nomli stend majmui (maktabning kechasi va bugungi xolati aks etgan fotosuratlar to’plami); “Maktabimiz faxrlari” nomli stend majmui (Maktabni bitirib, bugungi kunda yurtimizni ravnaqi uchun mehnat qilib kelayotgan fahriylar, faoliyati davomida o’rnak bo’layotgan o’qituvchilar hamda fan olimpiadasi, ko’rik-tanlov g’oliblari, iste’dodli faol o’quvchilarning fotosuratlari va ular haqida qisqacha ma’lumot aks ettiriladi); “Yo’l harakati qoidalari” nomli stend; “Xavfsizlikni ta’minlash va favqulotda vaziyatlarning oldini olish” nomli stend majmui (Evakuatsiya sxemasi, o’quvchilarga eslatma). 5. O’QUV XONALARINI JOYLAShUVI VA FANLAR KESIMIDA YO’LAK DEVORLARINI BEZATILIShI 5.1. Maktablarda o’quv xonalarini joylashuvida ularni boshlang’ich, aniq, ijtimoiy, gumanitar kabi yo’nalishlariga qarab joylashtirish maqsadga muvofiqdir. 5.2. Maktab yo’laklarini bir-xil rangdagi va xajmdagi tuvaklarda gullar bilan did bilan bezatish lozim. 3. Fanlar bo’yicha o’quv xonalarining yo’lak devorlariga chop etilgan plakatlar yoki ijodiy yondoshgan xolda tayyorlangan pannolarni ramkalarga solib tartib bilan osilishi kerak. Metodika kabineti (metod birlashma xonalari): “Ochiq darslar festivali” stendi. (O’qituvchilar tomonidan bir oy davomida o’tkaziladigan ochiq darslar jadvali, namunaviy dars ishlanmalari, oy davomida o’tkazilgan darslar haqida ma’lumotlar jamlanadi) “Fan oyliklari” stendi. Lamarcus Aldridge Texas Longhorns Jersey (Har oyda qanday fan oyligi o’tkazilishi, fan oyligi buyicha maktab ish rejasi, metod birlashma ish rejasi, o’tkaziladigan tadbirlar rejasi, fan oyligi boshida va oxiridagi o’quvchilar bilimi monitoringi hamda fan oyligi buyicha yakuniy ma’lumotlar aks ettiriladi) “Iste’dod egalari” nomli stend. (maktab, tuman (shahar), viloyat va Respublika fan olimpiadalirida, turli ko’rik- tanlovlarda g’olib bo’lgan maktab o’quvchilarining maqtov yorliqlari jamlanadi) Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi: Illyustirativ stend (“Zumrad va Qimmat”, “Uch og’a ini botirlar” kabi o’zbek xalq ertaklaridan namunalar) “Odob-axloq qoidalari” nomli stend (Salomlashish odobi, maktabning ichki tartib qoidalariga rioya qilish odobi va kattalarga hurmat-kichiklarga izzatda bo’lish tartiblari ko’rsatma va eslatma sifatida aks ettiriladi) “Sog’ tanda–sog’lom aql” nomli stend (Turli xil kasalliklar haqida va ularni oldini olish to’g’risida ma’lumotlar aks ettiriladi) Ona tili va adabiyot yo’nalishi: “Mumtoz adabiyot namoyondalari” nomli stend (So’z mulkining sultoni A.Navoiy, Bobur, Lutfiy, Muqimiy kabi shoirlarning fotosuratlari, hayoti va ijodlari aks etadi) “Uyg’onish davri adabiyoti” nomli stend (A.Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, A.Avloniy kabi yozuvchi, shoirlarning fotosuratlari, xayoti va ijodlari aks ettiriladi) “XX asr o’zbek adabiyoti namoyondalari” stendi. (O’zbekiston xalq qaxramonlari O.Sharafiddinov, A.Oripov, E.Voxidov kabi adiblarning fotosuratlari, xayoti va ijodlari aks ettiriladi) Aniq fan yo’nalishi: “Ajdodlar merosi — kelajak xazinasi” nomli stend (Al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek kabi olimlarning fotosuratlari va fikrlaridan namunalar aks ettiriladi) Ijtimoiy va gumanitar fan yo’nalishi: “Ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy omillari” nomli stend; “O’zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyili” nomli stend. Jacob Parker Jersey “Tarixiy shaxslar ijodidan namunalar” stendi. (portretlar va ularning fikrlaridan namunalar aks ettiriladi) “Yuksak ma’naviyat- engilmas kuch” stendi. Nike Air Max 2018 Femme (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning asarining mazmunini aks ettiruvchi rasmlar) Laboratoriya o’quv xonalari yo’nalishi: “Zakovat” nomli stend majmui (Kimyo, fizika, biologiya fani rivojiga ulkan xissa qo’shgan buyuk siymolarning hayoti va ijodlari aks etadi yoki o’zlarining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, mazmunan mos ravishda tayyorlangan pannolar osilishi mumkin) Boshlang’ich tashkilot etakchisi yo’nalishi: “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati stendi (Ustav, yo’nalishi, a’zolar soni, to’garaklar haqida va hamkorlik rejasi); “Kamalak” bolalar tashkiloti stendi (Nizom, yo’nalishi, a’zolar soni, to’garaklar haqida va hamkorlik rejasi) 6. MAKTAB FAOLLAR ZALINING BEZATILIShI faollar zalining sahna devorida O’zbekiston Respublikasi bayrog’i katta xajmda matodan tikilib o’rnatiladi; faollar zali derazasiga did bilan tikilgan parda yoki jalyuza o’rnatish maqsadga muvofiq; faollar zalining devorlari domiy tarzda jihozlanmaydi balki o’tkaziladigan bayram va turli tadbirlar mazmuniga qarab davriy ravishda bezatilishi mumkin. 7. BOShLANG’ICh SINF XONALARINING BEZATILIShI sinf doskasining chap tomoni yuqorisida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining portreti va qisqacha tarjimai xoli yoritiladi; sinf doskasining o’ng tomoni yuqorisida Davlat ramzlari tartib bilan o’rnatiladi (Davlat bayrog’i, Gerb, Madhiya); sinf doskasining tepasida o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga oid hikmatli so’z osiladi; (sinf doskasi o’lchamida va bo’yi 30 sm) “Bugun darsda” nomli stend (sinf doskasining chap tomonida, doska bilan bir qatorda, kunlik davriy ma’lumotlar berib boriladi); “Esda tut!” nomli stend (sinf doskasining o’ng tomonida, doska bilan bir qatorda, kunlik davriy ma’lumotlar berib boriladi); sinf xonasiga kiraverishda chap tomonida: “Sinf hayoti” nomli stend; “DTS talablari” nomli stend; “Tabiat taqvimi” nomli stend; “Yo’l harakati qoidalari” nomli stend. sinf xonasining orqa devorida: “Gulla, yashna ona diyorim!” nomli stend majmui (“Mustaqil O’zbekiston”, “Tarixiy yodgoriklar”, “Vatanimni ulug’layman” nomli stendlar joylashadi) sinf xonasidagi kitob javonida: o’quvchilar uchun, bolalar shoirlari va yozuvchilari asarlari, o’zbek xalq ertaklari, bolalarga mo’ljallangan gazeta va jurnallar; o’qituvchilar uchun, uslubiy qo’llanmalar, adabiyotlar, gazeta va jurnallar bo’lishi lozim. sinf xonasining derazalarida: derazaga did bilan tikilgan parda yoki jalyuza o’rnatish maqsadga muvofiq; deraza tokchasida bir-xil xajmdagi, rangdagi tuvakda gullar qo’yish mumkin. Boshlang’ich sinflar uchun sinf devorlariga fanga oid materiallar osilmasdan, balki fayllar yoki buklet ko’rinishida ko’rsatmali qurol sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. 8. FAN XONALARINING BEZATILIShI sinf doskasining chap tomoni yuqorisida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining portreti va qisqacha tarjimai xoli yoritiladi; sinf doskasining o’ng tomoni yuqorisida Davlat ramzlari tartib bilan o’rnatiladi (Davlat bayrog’i, Gerb, Madhiya); sinf doskasining tepasida o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga oid hikmatli so’zlar yoki fanga asosiy mazmun beruvchi qiska, lo’nda yozuv bo’lishi maqsadga muvofikdir; sinf doskasining chap va o’ng tomonlarida: fan yo’nalishi bo’yicha davriy stendlar joylashtiriladi. (sinf doskasining bilan bir qatorda “Bugun darsda”, “Esda tut!”, “Dunyoning siyosiy xaritasi”, “O’zbekistonning siyosiy xaritasi” kabi va h.k) sinf xonasiga kiraverishda chap tomonida: “Sinf hayoti” nomli stend (sinf haqida to’liq ma’lumot, sinf faolllari, o’quvchilar reytingi, navbatchilik jadvali); “DTS talablari” nomli stend; “Axborotnoma” nomli stend (bugun tumanda, bugun maktabda, bugun sinfda, e’lonlar); “Ma’naviyat gulshani” nomli stend (tarbiyaviy soatlar yillik rejasi, tadbir va ko’rik-tanlovlar yillik rejasi, maktabdan va sinfdan tashqari to’garaklar jadvali, tavsiya etiladigan adabiyotlar ); sinf xonasining orqa devorida: fan yo’nalishiga oid stend majmui joylashadi (ijodiy yondashgan xolda va tavsiyalar asosida jihozlanadi); sinf xonasidagi kitob javonida: o’quvchilar uchun, badiiy adabiyotlar, bolalar shoirlari va yozuvchilari asarlari, bolalarga mo’ljallangan gazeta va jurnallar; o’qituvchilar uchun, uslubiy qo’llanmalar, adabiyotlar, gazeta va jurnallar bo’lishi lozim. sinf xonasining derazalarida: derazaga did bilan tikilgan parda yoki jalyuza o’rnatish maqsadga muvofiq; deraza tokchasida bir-xil xajmdagi, rangdagi tuvakda gullar qo’yish mumkin. 9. MA’NAVIYaT VA MA’RIFAT XONASINI BEZATILIShI Ma’naviyat va ma’rifat xonasining yuqori qismi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning portreti hamda Prezidentning qisqacha tarjimai holi; Prezident Islom Karimov portretining yonidan chapdan o’ngga qarab O’zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari (Bayroq, Gerb, Madhiya) va ularning to’liq tasnifi beriladi. Ma’naviyat va ma’rifat xonasining chap tomoni Qadimiy yozma ma’naviy merosimiz bo’lgan “Avesto” va uning bugungi kundagi tarbiyaviy ahamiyati aks ettiriladi. Bunda: “Avesto”ning “Ardvisuryasht” deb nomlangan qismidan olingan ushbu parcha yozib qo’yiladi: Men Parushasp zurriyodi o’shal Zardushtkim, Mudom saboq bermoqchiman. Iymon bilan fikr aylasin, Iymon bilan so’z so’ylasin Va iymonga amal qilsin. “Turkiy qavmlar ma’naviyati” deb nomlangan qismida milliy qahramonlarimiz Alp Er To’nga (Afrosiyob), Shiroq, To’maris, Spitamenlarning Vatan ozodligi yo’lidagi qahramonliklaridan lavha va namunalar keltiriladi. Jumladan, Yoz ko’rkingga ishonma, Suvlar uza tayanma, Yomonlikka otlanma, Tildan chiqar ezgu so’z. (Alp Er To’nga jangnomasidan) Turkiy adabiy tilning shakllanishiga muhim hissa qo’shgan buyuk allomalar Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiylarning mashhur asarlari tasviri tushirilib, birinchi kitob ustiga “Devonu lug’atit turk”, ikkinchi kitob ustiga “Hibbat ul-haqoyiq”, uchunchi kitob ustiga “Qutadg’u bilig” deb yoziladi va ushbu asarlardan hikmatli baytlar keltiriladi. Masalan: Biri to’g’rilikka tayanch – Adolat, Biri Davlat erur, u qutli g’oyat. Uchinchi – ulug’lik Aql ham Zako, To’rtinchi – qanoat erur bebaho. Yusuf Xos Hojib. Bilimni buyuk bil, uquvni ulug’, Shu ikkov ulug’lar kishini to’liq. Yusuf Xos Hojib. “Islom nuri ziyosi” deb nomlangan qismida — buyuk muhaddis olimlar – Imom Buxoriy, Imom Termiziy hamda buyuk mutasavvuf shayxlar– Abdulxoliq G’ijduvoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband nomlari yozilib, “Vatanni sevmoq iymondandir”, “Bilimni buyuk, o’quvni ulug’ bil” kabi va boshqa hadislar “Diling Ollohda, qo’ling mehnatda bo’lsin” singari hikmatlari keltiriladi. “Qomusiy ma’rifat yog’dusi” deb nomlangan qismida — butun bashariyatga daxldor, O’rta Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalar Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Burxoniddin al Marg’iloniylarning suratlari hamda tarjimai hollari beriladi. “Temuriylar davri ma’naviyati” deb nomlangan qismida — Amir Temurning portreti va uning dasturi bo’lmish “Kuch – adolatda”, “Adolat rahbaringiz va dasturingiz bo’lsin” shiori beriladi. Shuningdek, qomusiy olim, temuriylar davrining buyuk arbobi Mirzo Ulug’bek portreti, uning qisqacha tarjimai holi yozgan asarlari, buyuk shoir hazrat Alisher Navoiyning mo’’tabar siymosi, uning hayoti va ijod yo’li, asarlaridan namunalar beriladi. Jumladan, Haq yo’linda kim senga bir harf o’qitmish ranj ila, Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila. Ushbu qismning davomida Zahiriddin Muhammad Boburning ham siymosi, tarjimai holi, yozgan asarlaridan namunalar keltiriladi. “XX asr ma’naviy inqirozi va yutuqlari” deb nomlanadi. Unda, milliy istiqlol g’oyasini ilgari surgan, kuylagan, ulug’ allomalar, shoir va yozuvchilar portretlari, ularning mo’’tabar asarlari, hikmatli so’zlari donishmand fikrlaridan namunalar keltiriladi. Jumladan, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar qori, Cho’lpon, Fitrat kabilarning asarlari, she’rlaridan namunalar beriladi. “Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo sadoqat , yo falokat masalasidur”. Abdulla Avloniy. “Milliy tilni yo’qotmak – millatning ruhini yo’qotmakdir” Abdulla Avloniy. Turkiston shonimiz, turonli unvonimiz, Vatan – bizim jonimiz, fido o’lsin qonimiz! Abdulhamid Cho’lpon. Ma’naviyat va ma’rifat xonasining o’ng tomoni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat — engilmas kuch” kitobining muqovasi va milliy g’oya va mafkura, ma’naviyatimizga tegishli so’zlari beriladi. “Mustaqillik odimlari” deb nomlangan qismda 1991-2010 yillar davomida yurtimizda amalga oshirilgan olamshumul voqealar, muhim va unutilmas sanalar aks ettiriladi. Ma’naviyat va ma’rifat xonasining quyi tomoni “Prezident farmon va qarorlari amalda” deb nomlangan qismida — mazkur ta’lim muassasasi tomonidan Prezident farmon va qarorlari, Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlarning ijrosi yuzasidan amalga oshirgan ishlari beriladi. Shuningdek, ushbu qismda mazkur ta’lim muassasasining bugungi kunda amalga oshirgan ishlari, yutuqlari jonli lavhalarda aks ettiriladi.

О Qobiljon Umarov

Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston !

Fikr qoldiring

Sizning emailingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.To'ldirish shart bo'lgan bandlar *

*