Is`hoqxon To`ra Ibrat hayoti

Tarjimai hol

       Milliy uyg’onish davrining yorqin namoyondalaridan biri, ma’rifatparvar shoir, olim, sayyoh, matbaachi va muallim Is`hoqxon To’ra Ibrat 1862 yili Namangan viloyatining To’raqo’rg’on qishlog’ida ziyoli oilada tavallud topgan. Otasi Junaydulla xo’ja va onasi Huribibilar xat-savodli kishilardan bo’lib, maktabdorlik ham qilganlar. Isoqxon ona-otasi qo’lida savod chiqarib, keyinchalik turli maktab va madrasalarda ta’lim olgan.

    U eng avvalo onasi Huribibini ustoz deb bilgan. Negaki, Is`hoqxon Ibratni Qo’qon madrasasiga o’qishga yuborgan ham onasi edi. Ana shu tahsil (1878-1886) yillarida uning, albatta, Qo’qon adabiy muhiti namoyondalari, jumladan, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Haziniy va Nodim kabi shoirlar ijodi bilan oshno bo’lishi tabiiy edi. Buning ustiga, u Sharq olimlari asarlarini mustaqil mutolaa qiladi, fanning ko’pgina sohalarini bir mutaxassis sifatida egallaydi. Taniqli ma’rifatparvar shoir Ibrohim Davron ham shu davrda «Turkiston viloyatining gazeti», Ismoil Gaspirali nashr qilgan «Tarjimon» gazetalari bilan Qo’qon madrasalarida o’qib yurgan kezlarida tanishgan.

         Ibrat 1886 yilda Qo’qon madrasasini tugatgach, ona qishlog’i To’raqo’rg’onga qaytadi. O’z faoliyatini ma’rifat tarqatishga qaratadi. «Usuli qadim» qabilidagi maktablarni isloh etib, jadid maktablarini ochishga kirishadi, mehnatkash xalq bolalarini maktabga tortadi. Ammo ko’p o’tmay, mutaassib kimsalar bu maktablarni «kofirlar maktabi» deb yopib qo’yishadi.

      Shundan so’ng u 1887 yilda, ya’ni 25 yoshlarida onasi Huribibini hajga olib borish bahonasida Jidda shahriga yo’l oladi. Ammo onasi o’pka shamollashi sababli vafot etgach, u Sharq va G’arb mamlakatlariga safar qilib, Istambul, Sofiya, Afina, Rim, shuningdek, Qobul, Makka, Kalkutta, Bombey kabi shaharlarda bo’ladi.

       Safar davomida arab, fors, hindi, urdu, ingliz tillarini mukammal o’rganadi. Sharq xalqlari tillari qatorida G’arb xalqlari tillarini ham o’rganish ishtiyoqida bo’ladi. Eng muhimi, yozilajak ilmiy asarlari uchun boy material to’playdi.

    Is`hoqxon Ibrat matbaachi sifatida 1908 yildayoq Namanganda «Matbaai Is`hoqiya»ni tashkil etib, kitob nashriga kirishgan edi.

    Bu erda u ko’plab ilmiy, tarixiy, badiiy asarlar bilan birga, zamonaviy mavzulardagi kitoblarni ham nashr etib, ilm-ma’rifat va ma’naviyat rivoji yo’lida xizmat qilgan.
Ibratning shoir sifatida ham ko’plab she’rlar yaratgani ma’lum.

      U maxsus devon tuzganligi haqida ma’lumotlar bor bo’lsa-da, ular bizgacha etib kelmagan. Ammo ko’p she’rlari matbuot sahifalarida saqlanib qolgan bo’lib ular hayotning turli jabhalaridan hikoya qiladi. Uning aksar she’rlari tarbiyaviy-didaktik xarakterda bo’lib, jumladan, u bir she’rida:

      Senga bu olam g’animatdur,.Barcha ashyosi ne’matdur, — deb yozgan.

      Ibratning milliy kutubxona, kitobxonlik ishlarining ilk tashkilotchisi va targ’ibotchisi sifatida ham xizmatlari beqiyosdir. U asos solgan «Kutubxonai Ishoqiya» fondi bu jihatdan ancha boy bo’lib, unda kitob berish va olish ma’lum tartib-qoidaga moslashgan edi.

      Is`hoqxon To’ra Ibrat xayrli ishlari tufayli xalq hurmatini qozonib, qozilik darajasiga ko’tarilgan bo’lsa, ilm-fan, madaniyat, maktab-maorif sohasidagi jonbozligi tufayli ayrim mutaassiblarning nafratiga uchragan.

      1937 yilga kelib uning barcha faoliyatiga chek qo’yildi, kitoblari yoqib, yo’q qilib yuborildi. O’zi esa qatag’onga uchradi.

          Faqat istiqlol davriga kelib uning nomi va ijodi asl qadr-qimmatini topdi. Kitoblari chop etilib, o’zi tug’ilib o’sgan To’raqo’rg’onda muzey ham tashkil etildi.

       Ibrat 1896 yili Hindiston, Birma, Xitoy, Qashqar orqali o’z vatani Namanganga keladi. Safar natijasi o’laroq, uning «Lug’ati sitta al-sina» asari maydonga keladi.

       Asar 1901 yilda nashr etilib, u o’zbekcha-ruscha va ko’p tillik lug’at yaratishda muhim tajriba rolini o’taydi. Muallifning «Jome’ us-xutut» asari esa 1912 yilda yaratilgan, u dunyodagi qirqdan ortiq tillar va yozuvlar haqida ma’lumot beradi. U tarixchi olim sifatida «Tarixi Farg’ona» (1916) asarini yaratadi. Unda Qo’qon xonligi va, umuman, Turkistondagi xonliklarning inqirozi, mustamlakachilik zulmi, eng muhimi, o’z xalqining yorqin kelajagiga ishonch ruhi o’z ifodasini topgan. Shuningdek, 1928 yilda uning yana bir asari — «Mezon ul-zamon» yuzaga keldi.

      «Tarixi chopxona», «Madaniyat» haqida masnaviy, «Gazeta xususida», «Qalam», «Lug’’at sitta alsina» («Olti tilli lug’at», 1907), «Jome’ ul-hutut» («Xatlar majmui», 1912), «Tarixi Farg’ona» (1916), «Mezon uz-zamon» (1926), «San’ati Ibrat», «Ilmi Ibrat» va boshqalar.

О Qobiljon Umarov

Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston !

Fikr qoldiring

Sizning emailingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.To'ldirish shart bo'lgan bandlar *

*