Islom Karimov xotirasiga

         To’raqo’rg’on tuman xalq ta`limi bo’limiga qarashli 44-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchisi Botiralieva Gulasal tomonidan yozilgan ushbu she`r mustaqilligimiz me`mori, buyuk davlat arbobi, birinchi prezidentimiz Islom Abdug`a`niyevich Karimovning yorqin xotirasiga bag`ishlangan.

Asli mirob ariq ochib suv ichmagan

Bobo dexqon o’zi uchun bog’ qilmagan

Islom bobom xalqini deb ,tinch yotmagan

Halqsevarim, jonkuyarim tillo bobom

Siz yashaysiz yuraklarda, mangu bobom

Ona-halqim dunyolarga teng der edi

Kerak bo’lsa jonni fido qil der edi

Biz yoshlarga o’zim otangman der, edi

Otamdek,siz jonkuyarim tillo bobom

Siz yashaysiz yuraklarda, mangu bobom

Nihollari osmonlarga bo’yin cho’zar

Farzandlari dunyolarda ko’krak kerar

Dohiy bobom mexnatlari meva berar

Mehnatkashim, jonkuyarim tillo bobom

Siz yashaysiz yuraklarda, mangu bobom

Yashadingiz shu xalqni siz ertasi deb

Duo kilar sizni o’zbek jannati deb

Meros qoldi, bizga bobom g’ayrati deb

G’ayratligim, jonkuyarim tillo bobom

Siz yashaysiz yuraklarda, mangu bobom

Zarralarni yig’ib,yig’ib tog’ qildingiz

O’ksik qancha ko’ngillarni chog’ qildingiz

Yov qoshida bosh egishni or bildingiz

Oriyatli, jonkuyarim tillo bobom

Siz yashaysiz yuraklarda, mangu bobom

Chegarasi yo’q ediya ximmatingiz

Tilololardan baland bo’ldi qimmatingiz

So’z beramiz, qadrlaymiz mehnatingiz

Qadrligim, jonkuyarim tillo bobom

Siz yashaysiz yuraklarda, mangu bobom

Qabringizda oq atirgul, yashnab turar

Halqingizda faqat tinchlik xukm surar

Yurt boshida sizga loyiq bir mard turar

Shogirdingiz adolatli tillo bobom

Siz yashaysiz yuraklarda, Islom bobom

О Qobiljon Umarov

Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston !

Fikr qoldiring

Sizning emailingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.To'ldirish shart bo'lgan bandlar *

*