Is`hoqxon To`ra Ibrat nomi abadiylashtirilmoqda.

       XX-asr milliy uyg’onish davrining yetuk namoyandalaridan biri, noyob iste’dod egasi, ko’plab Sharq va G’arb tillarining bilimdoni, o’lkamizdagi ilk matbaachilardan biri sifatida Vatan taraqqiyoti yo’lida fidokorona xizmat qilgan Ishoqxon Ibrat nomini abadiylashtirish maqsadida 2017 yilning 13 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining 208-sonli qarori qabil qilindi.

      Ushbu qaror asosida Is`hoqxon Ibrat muzeyi To’raqo’rg’on tumanidagi madaniy meros ob’ekti bo’lgan G’oyibnazar Qozi madrasasi negizida tashkil etilishi, Is`hoqxon Ibrat haykali o’rnatiladigan uning nomidagi bog’, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab alohida yuridik shaxslar sifatida va Is`hoqxon Ibrat muzeyi Namangan viloyat o’lkashunoslik muzeyining filiali sifatida faoliyat yuritilishi belgilandi.

    Shuningdek, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab qurish ishlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan, Is`hoqxon Ibrat muzeyi binosining madaniy meros ob’ekti qismida restavratsiya ishlari O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga madaniy meros ob’ektlarini restavratsiya qilish ishlariga ajratiladigan byudjet mablag’lari, jihozlash ishlari mahalliy byudjetning qo’shimcha mablag’lari hisobidan, Is`hoqxon Ibrat haykalini yaratish va o’rnatish bilan bog’liq xarajatlar O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida ijtimoiy sohaga nazarda tutilgan mablag’lar hisobidan, Kosonsoy soyining «Is`hoqxon Ibrat majmua»si hududidan o’tgan qismining qirg’oqlarini betonlash va mustahkamlash ishlari O’zbekiston Respublikasining 2017 yilgi Investitsiya dasturi doirasida Qishloq va suv xo’jaligi vazirligiga ajratilgan mablag’lar hisobidan, bog’ni tashkil etish, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish bilan bog’liq xarajatlar Namangan viloyati mahalliy byudjeti mablag’lari va qonun hujjatlarida ta`qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi ta`kidlangan.

     Shu munosabat bilan   umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari hamda oliy ta’lim muassasalarining o’quvchi va talabalarini ushbu maktabga keng jalb etgan holda targ’ibot tadbirlari tashkil etish rejalashtirilgan.

 

О Qobiljon Umarov

Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston !

Fikr qoldiring

Sizning emailingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.To'ldirish shart bo'lgan bandlar *

*