Direktor o`rinbosari nizomi

Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil « 20 » yanvardagi 19- sonli buyrug’iga 1-ilova

      Umumta’lim maktablar direktorining Ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari haqida Nizom

Umumiy qoidalar:

Umumta’lim maktablarining Ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari (keyingi o’rinlarda Direktor o’rinbosari) faoliyati O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi qaror va buyruqlari hamda ushbu nizom asosida tashkil etiladi. Direktor o’rinbosari ta’lim muassasasining mas’uliyatli raxbarlaridan biri — bosh pedagog-tarbiyachi bo’lib, u yuksak fuqarolik mas’uliyati va ijtimoiy faolligi, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan bilimdonligi, ilmiy va ijodiy dunyoqarashining kengligi, bolalarga, insonlarga nisbatan muhabbati, pedagogik jihatdan o’zini o’zi rivojlantirishga intilish mavjudligi, o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchanligi, umumiy pedagogik madaniyatni egallaganligi va yuqori kasb mahoratiga ega bo’lishi lozim. Umumta’lim muassasalarida ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishlarini tashkil etish va o’qituvchi, o’quvchi, sinf rahbarlari, bolalar etakchisi, psixolog, mahalla fuqarolar yig’ini, ota-onalar qo’mitalari, voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar, huquq-tartibot idoralari, xomiylik va vasiylik komissiyalari, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar bilan hamkorlikda ish tashkil etishda ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari asosiy muvofiqlashtiruvchidir. Direktor o’rinbosari ta’lim muassasasida va keng jamoatchilik orasida o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasiga, o’qituvchilarning ma’naviy-ma’rifiy fazilatlariga ko’ra o’z kasbiga munosibligiga javobgar shaxs hisoblanadi. Direktor o’rinbosari tarbiyaviy ishlarni rejalashtiradi, pedagog xodimlarning o’quvchilarni maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etishini, ota-onalar bilan hamkorligini, bolalar etakchisi hamda sinf rahbarlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat etadi. Direktor o’rinbosari xalq ta’limi xududiy (tuman(shahar) xalq ta’limi) boshqaruv idorasi tomonidan tayinlanadi. Ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosariga qo’yiladigan talablar Ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: pedagogik jamoa, mahalla, ota-onalar orasida o’zining bilimdonligi, insoniy fazilatlari bilan namuna hamda hurmat-e’tiborga ega bo’lishi; pedagogik jamoada qulay psixologik iqlim (muhit) yarata olishi; ta’lim muasasasi va pedagoglar faoliyatini taxlil qilishi, muammolarni aniqlashi va ularning xal qilishning samarali yo’llarini topishi; amaldagi bolalar huquqlarini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni, Xalq ta’limi vazirligining maktab faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishga oid bo’lgan buyruqlari, nizomlari, yo’riqnomalarini, jahon va respublikamizdagi mavjud pedagogika fanlari va amaliyoti, boshqarish psixologiyasi yutuqlarini bilishi; tarbiyaviy faoliyatga tegishli bo’lgan davlat va jamoat tashkilotlari, huquq-tartibot idoralari, o’quvchilarning o’zini o’zi boshqarish tuzilmalari haqida ma’lum tasavvur va bilimlarni egallagan bo’lishi; bolalar va o’quvchilar bilan sinfdan tashqari tadbirlarni tayyorlash va o’tkaza bilishi; umumta’lim maktabida o’quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda tashabbuskor va boshqalarga uslubiy tavsiya, yordam ko’rsata olish tajribasini egallaganligi; o’tkazilayotgan tadbirlarning tayyorlanishi va o’tkazilish sifat-samaradorligiga jiddiy e’tibor berishi, lozim bo’lganda foydali maslahatlar ko’rsatishi; ilg’or tajribalarni (tarbiyaviy ishlar bo’yicha) o’rganish, umumlashtirish, ommalashtirishi; ish faoliyatini muntazam yangi pedagogik texnologiyalar bilan boyitishi, o’z kasb mahoratini va belgilangan muddatlarda o’z malakasini oshirib borishi lozim. Ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosariga quyidagi malaka talablari qo’yiladi: a) kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot; b) 3 yildan kam bo’lmagan pedagogik ish staji; v) malaka toifasi kamida 2-toifali o’qituvchi. Direktor o’rinbosarining asosiy vazifalari Uning bosh maqsadi ta’lim muassasasida tarbiyaviy ishlar tizimini shakllantirish bo’lib, asosiy vazifalari ta’lim muassasasi tarbiyaviy jarayoniga Milliy g’oya asoslarini tatbiq etish, tarbiya jarayonidagi asosiy va yordamchi vositalarni aniqlash, pedagog xodimlar va o’quvchilar uchun tarbiyaviy dasturlarni tuzish, tarbiya jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, jamoa tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish, o’quvchilarning o’zini o’zi boshqarish tuzilmalari bilan ishlash, o’quvchi shaxsining tarbiyalanganlik darajasini tahlil etib borish kabilardan iboratdir. Jumladan: o’quvchilarni Vatanga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga muhabbat va fidoyilik, Davlat ramzlariga sadoqat, Milliy g’oya ruhida tarbiyalash; o’quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhitini yaratish, boy madaniy merosimiz, milliy odob-axloq me’yorlarini tarbiya jarayoniga tatbiq etish, mehnatga ijodiy munosabatni shakllantirish; Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari yo’nalishidagi fanlar ta’limi samaradorligini nazorat qilish, shu fanlar bo’yicha o’zlashtirish, o’quvchilar davomati, xulqi, tarbiyaviy soat hamda tadbirlarning sifati va samaradorligi monitoringini amalga oshirish, shuningdek, barcha fanlar ta’limida tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirilishini nazorat etish, bu borada uslubiy xizmatni tashkil etish; o’quvchilar ongiga ona Vatanga, buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg’ularini singdirish, yurtimizda bunyod etilayotgan inshootlar, ma’rifat maskanlari bilan tanishtirib borish; pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo’yishda ishtirok etish, tegishli pedagog xodimlarga zarur uslubiy yordam ko’rsatish, ularning malaka oshirish rejalarini ishlab chiqish va kurslarga yo’llanma berishni tashkil etish; o’qituvchilar tomonidan o’tkazilgan tarbiyaviy soat va tadbirlarni nazorat qilish, bu asosda sinf jurnallarining yuritilishini kuzatib borish; o’quvchilarni tarbiyalashda mahalla, ota-onalar bilan hamkorlikni rivojlantirish, faol pedagog xodimlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirishni yo’lga qo’yish; o’quvchilarni ijtimoiy himoya qilish bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilash, jumladan, kam ta’minlangan oilalar farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar, ota-onasiz bolalarning, homiylik va vasiylikka berilgan voyaga etmaganlarning ijtimoiy huquqlarini himoyalash; o’quvchilarning o’zini o’zi boshqarish tuzilmalarini, jumladan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Kamalak” Bolalar tashkiloti, bolalar etakchisi, o’quvchilar ijodiy birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish; maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni yo’lga qo’yishda barcha turdagi to’garak, ijodiy birlashmalarga o’quvchilarni jalb qilish; sinf rahbarlari, o’qituvchilar, to’garak, birlashma rahbarlari, bolalar etakchilari, maktab faollariga metodik yordam ko’rsatish, ijodiy izlanish, ko’maklashish. Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni to’g’ri yo’nalishda olib borishga yo’llanma berish; o’quvchilar jamoasining shakllanishida ularda vatanparvarlik, insoniylik, xalqlar va millatlar o’rtasidagi do’stlik hamda totuvlikni ta’minlash uchun etarli sharoitni vujudga keltirish; o’quvchilarni turli salbiy diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olish, bu borada targ’ibot-tashviqot ishlari olib borish; o’quvchilarning har tomonlama kamol toptirish, ularining qiziqish, imkoniyat va qobiliyatlariga qarab Fan to’garaklari, sport sektsiyalari, badiiy-estetik, texnik, ekologik, sayyohlik va o’lkashunoslik yo’nalishidagi to’garaklarga, klublarga jalb qilish; umumta’lim maktablari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish; pedagogik jamoa, jumladan sinf rahbarlari, psixologlar balan hamkorlikda bitiruvchi sinf o’quvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga yo’naltirish; ta’lim muassasasi o’quv va boshqa xonalarini o’quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga oid masalalarni xal qilishga xizmat qiluvchi ko’rgazmali tashviqot va targ’ibot vositalari bilan jihozlashni tashkil qilish; maktab kutubxonasining ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini muvofiqlashtirish va yo’naltirish, tarbiyaviy yo’nalishdagi metodik adabiyotlar kutubxonasini tashkil etish; maktab tibbiyot xodimlari, o’qituvchilari, sinf rahbarlari, psixolog, ota-onalar bilan hamkorlikda o’quvchilarning sog’lig’ini muhofaza qilish, ma’naviy, ma’rifiy, jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanish muvofiqligini nazorat qilish; ta’lim muassasasida texnika xavfsizligi qoidalariga, sanitariya-gigiena tartibiga, pedagogik xodimlar mehnatini va o’quvchilarni muhofaza qilish qoidalari talablariga rioya qilishni ta’minlash; qobiliyatli va iste’dodli o’quvchilarni rag’batlantirish, iqtidorli bolalar ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga ko’maklashish, ularning ro’yxatini shakllantirish; o’quvchilarga hurmat bilan qarash hissini shakllantirish, ularning qiziqishlarini aniqlash, kasb tanlashlariga yordam berish; sinf rahbarlari uslubiy birlashmalari faoliyatini rejalashtirish va ijrosini nazorat etish; ta’lim muassasasi “Ota-onalar universiteti” faoliyatini tashkil etish, ota-onalar qo’mitasi bilan hamkorlikda umummaktab ota-onalar majlislarini tayyorlash va o’tkazish, konferentsiyalar, davra suhbatlari, muloqotlar uyushtirish. Maktabda o’tkazilgan tarbiyaviy ishlar yuzasidan pedagogik kengashlarda hisobot berish; tarbiyasi og’ir o’quvchilar bilan ishlashda ularning ota-onalari, huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilish; o’quvchilarni yozgi sog’lomlashtirish oromgohlarida dam olishini tashkil etish, shuningdek o’quvchilarning kuzgi, qishki va bahorgi ta’tillarini mazmunli o’tkazishlari uchun sharoit yaratish; barkamol avlodni tarbiyalashda “Mahalla, maktab va oila hamkorligi” kontseptsiyasini hayotga tatbiq etish; o’quvchilarning madaniy dam olishlari, sayohatlarini uyushtirish, yo’l harakati havfsizligini ta’minlash, ta’lim muassasasining tozaligini nazorat etish; o’z malakasini oshirib turish, o’z sohasi bo’yicha o’tkaziladigan turli miqyoslardagi seminarlarda ishtirok etish kabi vazifalardan iborat. Ma’naviy –ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarining huquqlari Ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari pedagogik jamoa bilan hamkorlikda ta’lim muassasasi tarbiyaviy tizimini tuzish, maktab boshqaruvida ishtirok etish, ijodkor va tajribali pedagoglarni sinf rahbarligi, tarbiyachilik, bolalar birlashmalariga rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish, sinf rahbarlari, etakchi, tarbiyachi, pedagog-tashkilotchilarning tarbiyaviy ishlarini muvofiqlashtirish, yangi pedagogik texnologiyalardan erkin foydalanish, kasbiy faoliyati uchun qulay sharoit va imkoniyatlardan foydalanish huquqlariga ega. Jumladan: direktor o’rinbosari o’z faoliyatida tarbiya jarayonini nazorat va tahlil etish, maktab jamoasining tarbiyaviy rivojlanishi yo’nalishlarini, sinflararo o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini tahlil etadi, sinf rahbarlari bilan o’quvchilar jamoalarini o’rganish, sinf rahbarlarining tarbiyaviy ishlari sifat-samaradoriligi va mazmunini, bolalar ijodiy birlashmalari (to’garak, klub, sektsiya) faoliyatini nazorat va tahlil qilish; sinf rahbarlari, o’qituvchi, tarbiyachi, bolalar etakchilari, ota-onalar, mahalla, ijodiy tashkilotlar bilan ishlash mazmuni, shakl va usullarini tanlab olish va uni maktab an’analariga muvofiq ravishda amalga oshirish; ma’muriyat bilan kelishgan holda darslarda, darsdan tashqari o’tkaziladigan tadbirlarda, o’quv ishlab chiqarish amaliyotida, shuningdek sinf rahbarlari, bolalar etakchilari taklif etgan barcha tadbirlarda (mahallada, oilada o’tkaziladigan) ishtirok etish; har bir pedagog xodimni ma’naviy va ma’rifiy tarbiya bo’yicha olib borgan ishlari, o’quvchilarni maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etishdagi natijalari asosida moddiy va ma’naviy rag’batlantirish bo’yicha tegishli komissiyaga taklif kiritish; ota-onalarni maktabga taklif etish, xokimiyat qoshidagi voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiya ishida, korxonalardagi maktabga tegishli hamkorlik kengashlarida, bola ta’lim-tarbiyasi bilan bog’liq bo’lgan yig’ilishlarda, maktabdagi tarbiya muammolariga bag’ishlangan barcha nazariy-amaliy, metodik ishlarda qatnashish; boshqa ta’lim-tarbiya maskanlari ish tajribasini o’rganish; pedagogik kengash yoki sinf rahbarlari metodika birlashmalari kengashlariga masalalar kiritish va muhokama qilish; sinf rahbarlarining ta’lim-tarbiya ishlari bo’yicha erishgan yutuqlarini hisobga olib, ularni taqdirlash bo’yicha raxbariyatga taklif kiritish; bolani yaxshi tarbiyalagan ota-onalarni, maktabga yordam bergan mahalla faollarini taqdirlash uchun taklif berish; maktabdan va sinfdan tashqari tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish huquqlariga ega. Ma’naviy–ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari ishini rejalashtirish va tashkil qilish Ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari o’z faoliyatini reja asosida tashkil qiladi va uning bajarilishini nazorat qilib boradi. Uning ish rejasi maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda maktabning umumiy rejasi, o’qituvchilar, sinf rahbarlari, bolalar etakchisi, ota-onalarning ish rejalarini muvofiqlashtiradi. Tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtiruvchi sifatida ta’lim muassasasining umumiy tarbiyaviy ishlar rejasini shakllantirishda turli tashkilot va muassasalarining ta’lim muassasasi bilan hamkorligini tashkil etadi, ularni qo’llab-quvvatlaydi, tarbiya jarayonini tashkil etish bo’yicha mahalliy xokimliklar, ota-onalar, davlat va jamoat tashkilotlari, huquq-tartibot idoralari, mahalla fuqarolar yig’inlari, voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar, jamg’armalar va uyushmalar bilan hamkorlikni e’tiborda tutadi. Ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari maktabdan va sinfdan tashqari o’tkaziladigan barcha tadbirlarni muntazam kuzatib, baholab boradi. Rejalashtirishda bolalarning yosh hususiyatlari, maktab, u joylashgan viloyat, shahar, tumanning shart-sharoiti, an’analari, hususiyatlarini, joylardagi ijodiy birlashmalar, ilmiy markazlar bilan o’zaro aloqasi kabi ishlarni inobatga oladi. Ta’lim muassasasi jamoasi uchun turli tarbiyaviy faoliyat tadbirlarini rejalashtiradi va tashkil etadi, sinf rahbarlari, tarbiyachilar, bolalar etakchilari, fan o’qituvchilariga uslubiy-amaliy yordam ko’rsatadi, o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari bilan hamkorlikda faol o’qituvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etishlarini muvofiqlashtiradi, ma’muriyat va o’qituvchilar bilan pedagogik kengash va pedagogik-psixologik maslahatlar o’tkazadi, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni tashkil etish va muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi. Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20- yanvardagi 19- sonli buyrug’iga 2 ilova Ta’lim muassasalari sinf rahbari to’g’risida N I Z O M Umumiy qoidalar. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida sinf raxbari faoliyati O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va ushbu nizom asosida tashkil etiladi. Sinf rahbari ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bo’lib, o’ziga biriktirilgan sinf o’quvchilarining amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi. Sinf o’quvchilarining ma’naviy va ma’rifiy tarbiyasini tashkil etishda o’qituvchilar, bolalar etakchisi, psixolog, ota-onalar, shuningdek ta’lim muassasasi rahbariyati orqali voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar, mahalla, huquq-tartibot idoralari, xomiylik va vasiylik komissiyalari, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar bilan hamkorlikda ish tashkil etadi. Sinf raxbari ta’lim muassasasida va keng jamoatchilik orasida sinf o’quvchilarining (ota-onalari bilan birgalikda) tarbiyalanganlik darajasiga javobgar shaxs hisoblanadi. Uning maqsadi har tomonlama etuk, barkamol – ma’naviy, aqliy, jismoniy rivojlangan Shaxs tarbiyasini amalga oshirish, sinf o’quvchilarining qobiliyatlarini to’liq namoyon etishlari uchun etarli pedagogik sharoit yaratishdir. Bu borada ta’lim muassasalari pedogogik va o’quvchilar jamoasi hamkorligida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda har bir o’quvchining o’ziga xos xususiyatlariga qarab yondashishni yo’lga qo’yadi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’ziga biriktirilgan sinfga rahbar hisoblanadilar. 5-9-sinflarda sinf rahbarlari tajribali o’qituvchilar orasidan ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan tanlab olinib, tayinlanadi. Bir o’qituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Sinf rahbarlari faoliyatini ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari nazorat etadi va muvofiqlashtiradi. Sinf rahbarining vazifalari Sinf rahbarining asosiy vazifasi — o’quvchilarning ahil guruhlarni, aniq maqsadga yo’naltirilgan ishchan jamoani tashkil qila olish va ularni ta’lim-tarbiyali shaxslar, kelajagi buyuk davlatning haqiqiy egalari, komil insonlar etib voyaga etkazishdir. Sinf rahbarlari o’quvchilariga mehribon bo’lishi, ularning o’sib-ulg’ayishlarini pedagogik kuzatuvlar asosida nazorat etishi, yordamga muxtoj o’quvchilarga yakka holda yondosha olishi lozim. Shu asosda ular qalbida milliy g’urur, vatanparvarlik, mehr-muruvvat, mas’uliyat, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlarni uyg’otadi. Sinf rahbari ishini o’quvchilarning yosh hususiyatlarini va umumiy rivojlanish darajalarini, qobiliyatlarini hisobga olgan holda, keng qamrovli tarbiyaviy ishlar va aniq mezonlar asosida tashkil etadi. Jumladan: O’quvchilarni Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari ruhida tarbiyalash yo’nalishida: o’quvchilarni Vatanga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga muhabbat va fidoyilik, Davlat ramzlariga sadoqat, Milliy g’oya ruhida tarbiyalash; o’quvchilar ongiga o’z tug’ilib ulg’aygan yurtiga, buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg’ularini singdirish, yurtimizda bunyod etilayotgan inshootlarga, ma’rifat maskanlari bilan tanishtirib borish; sinfda o’quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhitini yaratish, tarbiya jarayoniga boy madaniy merosimiz, milliy odob-axloq me’yorlarini tatbiq etish, mehnatga ijodiy munosabatni tarbiyalash; o’quvchilarni o’zbek va boshqa xalqlarning madaniy, tarixiy, milliy an’analariga hurmat ruhida tarbiyalash; Ota-onalar va mahalla bilan hamkorlikda: barkamol avlodni tarbiyalashda “Mahalla, maktab va oila hamkorligi” kontseptsiyasini hayotga tatbiq etish, aniq belgilangan reja asosida sinf ota-onalar majlislarini o’tkazib borish; o’quvchilarni ijtimoiy himoya qilish bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilash, jumladan, kam ta’minlangan oilalar farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar, ota-onasiz bolalarning, homiylik va vasiylikka berilgan voyaga etmaganlarning ijtimoiy huquqlarini himoyalash; o’quvchilarning maktabga belgilangan libosda kelishlarini nazoratga olish; o’quvchilarning kundaliklarini yuritilishini nazorat va taxlil qilish, ularning o’quv qurollarini mavjudligi va saqlashlarini kuzatib borish; o’quvchilarning turar joylari, uy sharoitlari bilan tanishish. Ularning sog’lig’i, maishiy xolatlarini o’rganish, yaxshilashga yordam berish. Uyda va ta’lim muassasasida madaniy dam olishlariga va mustaqil ishlashlariga sharoit yaratishga harakat qilish; o’quvchilarni turli salbiy diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olish, bu borada targ’ibot-tashviqot ishlar olib borish; sinf ota-onalar qo’mitasi bilan hamkorlikda umummaktab ota-onalar majlislari, konferentsiyalar, davra suhbatlari, muloqotlar uyushtirish. Sinfda o’tkazilgan tarbiyaviy ishlar yuzasidan pedagogik kengashlarda hisobot berish; darslarga muntazam kelmaydigan, tarbiyasi og’ir o’quvchilar bilan ishlashda ularning ota-onalari, huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilish; o’quvchilarda ota-onalar va kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash, kamtarlik, saxiylik va saxovatparvarlik, insonlarga yordam berishga tayyor turish, mehribonlik, mehnatsevarlik hislatlarini singdirib borish. O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish bo’yicha: o’quvchilarning har tomonlama kamol toptirish, ularining qiziqish, imkoniyat va qobiliyatlariga qarab fan to’garaklari, sport sektsiyalari, badiiy-estetik, texnik, ekologik, sayyohlik va o’lkashunoslik yo’nalishidagi to’garaklarga, klublarga jalb qilish; qobiliyatli va iste’dodli o’quvchilarni rag’batlantirish, iqtidorli bolalar ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga ko’maklashish; o’quvchilar dunyoqarashini milliy madaniyatning asosi bo’lgan musiqa va qo’shiq, rasq, kino, adabiyot, xalq og’zaki ijodi, teatr, naqqoshlik va me’morchilik kabi xalq amaliy san’ati turlari vositasida kengaytirish maqsadida ularni madaniyat maskanlariga jalb etish; o’quvchilarni yozgi sog’lomlashtirish oromgohlarida dam olishini tashkil etish, shuningdek kuzgi, qishki va bahorgi ta’tillarini mazmunli o’tkazishlari uchun sharoit yaratish; o’quvchilarning madaniy dam olishlari, sayohatlarini uyushtirish, yo’l harakati havfsizligini ta’minlash; ta’lim muassasasida o’tkaziladigan turli tadbirlar (bayramlar, ko’rik-tanlov, sport musobaqalari, uchrashuvlar, kechalar va boshqalar)da o’z sinfining faol ishtirokini ta’minlash. O’quvchilarning o’zini o’zi boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida: sinf jamoasi bilan birgalikda sinf faollarini saylash va sinf ishlarini rejalashtirish, tarbiyaviy soatlarni belgilash, o’quvchilar davomatini muntazam kuzatib borish; sinfda o’quvchilarni ahil jamoaga jipslashtirish va tashabbuskor o’quvchilarni qo’llab-quvvatlash, sinf jamoasining extiyoj va qiziqishlarini chuqur va har tomonlama o’rganish; har bir o’quvchining o’zi uchun kun tartibini tuzishlarni tashkil etish bu tartibning bajarilishini nazorat qilish; o’quvchilarning o’zini o’zi boshqarish tuzilmalarini, jumladan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Kamalak” Bolalar tashkiloti, bolalar etakchisi, o’quvchilar ijodiy birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, “Kamalak” bolalar tashkilotining faoliyati, asosiy mazmun-mohiyati va jamiyatdagi mavqeini targ’ib etish; “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti hamda “Kamalak” bolalar tashkilotlarining hisobot saylov yig’ilishlarini belgilangan tartibda o’tkazilishida sardorlarga amaliy yordam berish; o’quvchilar huquqiy savodxonligini oshirish, har bir fuqaro, shaxs va muassasalar tomonidan bajarilishi shart bo’lgan qonun hujjatlari haqida tushunchalar berib borish, qonunga hurmat hissini shakllantirish; bolalar va o’smirlar uchun chop etiladigan gazeta va jurnallarni targ’ib etish, obunani tashkil qilish. Sinf devoriy gazetasini chiqarilishiga ko’maklashish; Ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi bilan birgalikda: sinf o’quvchilarning ta’lim muassasasi (ustavida belgilangan) ichki tartib-qoidalarini bajarishlarini ta’minlash; sinf jurnallarining va boshqa zaruriy hujjatlarning to’g’ri yuritilishi ta’minlash; o’quvchilar o’zlashtirishini yuqori darajaga ko’tarish, tartib-intizomni saqlash maqsadida sinf majlislarini o’tkazib borish; o’quvchilarning o’qishda erishgan yutuqlari, umumiy foydali mehnatda, maktab hayoti va jamoatchilik ishlarida faol qatnashganliklarini e’tiborga olib taqdirlash haqida taklif berish; sog’lom turmush tarzi, oilaviy hayot gigienasi hamda jismoniy tarbiya, zararli odatlardan saqlanish kabi masalalarga e’tibor berish; o’quvchilarning o’zlashtirmaslik sabablarini aniqlash va buni bartaraf etish uchun Fan o’qituvchilari bilan birgalikda yordam berish; pedagogik jamoa, psixologlar bilan hamkorlikda bitiruvchi sinf o’quvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga yo’naltirish; maktab tibbiyot xodimlari, o’qituvchilari, psixolog, ota-onalar bilan hamkorlikda o’quvchilarning sog’lig’ini muhofaza qilish, ma’naviy, ma’rifiy, jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanish muvofiqligini nazorat qilish; ta’lim muassasasida texnika xavfsizligi qoidalariga, sanitariya-gigiena tartibiga, o’quvchilarni muhofaza qilish qoidalari talablariga rioya qilishni ta’minlash; shunigdek, o’z malakasini oshirib turish, o’z sohasi bo’yicha o’tkaziladigan turli miqyoslardagi seminarlarda ishtirok etish kabi vazifalardan iborat. Sinf rahbarining huquqlari O’ziga biriktirilgan sinf o’quvchilarining dars va imtihonlarida ishtirok etadi. Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun qo’shimcha darslar tashkil etilishi bo’yicha takliflar beradi. O’quvchilar tarbiyasiga oid ilg’or ish tajribalarini amalga oshirish bo’yicha ta’lim muassasasi ma’muriyatiga tashabbus bilan chiqadi. Tarbiyaviy soatlarni rejalashtirishda o’quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib, ta’lim muassasasining umumiy rejasiga qo’shimcha yoki o’zgartirishlar bo’yicha taklif kiritishi mumkin. Sinf faollari ishini nazorat qiladi. O’quvchilarning sinf yig’ilishlarini uyushtiradi va sinf faollari (kengashi) bilan birgalikda yig’ilish kun tartibini belgilaydi. O’quvchilarning o’qishda erishgan yutuqlari, umumiy foydali mehnatda, maktab hayoti va jamoatchilik ishlarida faol qatnashganliklarini e’tiborga olib taqdirlashga tavsiya etish haqida takliflar beradi. O’quvchilarning ota-onalari bilan ta’lim-tarbiya masalalari yuzasidan suhbatlashadi, hamkorlik qiladi, pedagogik maslaxatlar beradi. O’quvchilar xulqini baholaydi. Sinf rahbarlari ishlarini rejalashtirish va ularni tashkil etish Sinf rahbarining ishi reja asosida olib boriladi. Uning ish rejasini ta’lim muassasasining umumiy rejasi asosida direktorning ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Sinf rahbarining yillik ishlarini rejalashtirish, sinfda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o’tkazishga yordam berish, ular samaradorligini oshirish, sinf rahbarlari ishlarini muvofiqlashtirish, ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida ta’lim muassasasida sinf rahbarlari uslubiy birlashmalari tashkil etiladi. Sinf rahbarlari uslubiy birlashmasiga maktabdagi barcha sinf rahbarlari a’zo bo’ladilar. Sinf rahbarlarida oylik, (o’quv yili bo’yicha) choraklik va yillik rejalari, umumxalq bayramlarini o’tkazish bo’yicha tadbirlar rejalari va stsenariylar, tarbiyaviy soatlar uchun namunaviy mashg’ulot ishlanmalari, o’quvchilarni qiziqishlari asosida ijodiy birlashmalar(to’garaklar, sport sektsiyalari, klublar va boshqalar)ga jalb etish daftari, tarbiyasi og’ir (muntazam dars qoldiradigan) bolalar hamda iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash rejalari, ota-onalar majlisi bayonlari, ota-onalar bilan suhbat daftari, o’quvchilarning turar joylari, ularning ota-onalari haqida batafsil ma’lumot kabi ish hujjatlari yuritilishi lozim. Shuningdek, sinf raxbari o’quvchilar shahsiga oid ma’lumotlarni (shaxsiy delo) shakllantiradi va saqlaydi. O’quv yili choraklari va yakuni bo’yicha hisobotlar beradi. Sinf rahbarlari faoliyat yo’nalishlari bo’yicha hisobotlarini Ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosariga topshiradi.

О Qobiljon Umarov

Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston !

Fikr qoldiring

Sizning emailingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.To'ldirish shart bo'lgan bandlar *

*