Axborot xurujlari nima?

     Bugungi globallashuv jarayonida kimki axborotga egalik qilsa, o‘sha dunyoga hukmron bo‘ladi, degan ibora bejiz paydo bo‘lgani yo‘q.

    Ma’naviy tahdidga, yoshlar ongini egallashga qaratilgan axborot xurujlari avj olsa olyaptiki, aslo pasaymayapti. Bazi g‘arazli kuchlar tomonidan bu borada turli usul va uslublardan foydalanilmoqda. Jumladan, yolg‘on axborot tarqatish, ijtimoiy ongni manipulyatsiya qilish, milliy-ma’naviy qadriyatlarni yemirish, mentalitetga yot bo ‘lgan qadriyatlarni targ‘ib etish, xalqning tarixiy xotirasini buzish va o‘zgartirish, kiberterrorizm kabi turlari keng tarqalmoqda.

Eng  achinarlisi, yoshlar asosiy axborot manbai sifatida «o‘rgimchak to‘ri» deb nom olgan internet tarmog‘iga murojaat qilmoqda. Albatta, bu tarmoqning qulay axborot man­bai ekani, istagan narsangizni undan bir zumda topa olishingiz mumkinligi, zarur bo‘lsa dunyoning narigi chekkasi bilan bog‘lanish imkoniyati mavjudligi muhim. Shu bi­lan birga, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining cheksiz in’omidan g‘arazli manfaatlarda foydalanuvchilar soni ortib borayotganidan ham ko‘z yuma olmaymiz.

Masalan, ayni paytda internet tarmog‘ida o‘z joniga qasd qilishning oson yo‘llarini targ‘ib qiluvchi 9 mingta, salbiy mazmundagi 4 mingtadan ziyod saytlar mavjud. Undagi 49 foiz kompyuter o‘yinlari zo‘ravonlik va yovuzlikni targ‘ib qilayotir. 42 foiz bolalar va o‘smirlar onlayn tizimi orqali tarqatiladigan virtual hayot ta‘siriga butunlay qaram bo‘lib qolgan. Xalqaro ekspertlar dunyo miqyosida 38 foiz bola zo‘ravonlik ruhidagi saytlarni, 26 foiz bola millatchilik tusidagi veb sahifalarni muntazam kuzatib borishini aniqlashgan.

O‘zbekistonda ham internetdan foydalanuvchilar soni kun sayin ko‘payib, hozirgi paytda o‘n million nafardan oshgani, ularning aksariyati yoshlar ekanini hisobga olsak, bu holat barchamizni yanada ogoh va sergak bo‘lishga undaydi.

Ijtimoiy xavfi katta bo‘lgan muammolardan holi bo‘lish uchun mamlakatimizda ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha yirik milliy loyihalarni yaratish za­rur. Boisi, «Google» kompaniyasi tahlillariga ko‘ra, O‘zbekistondan kuniga odnoklassniki.ru saytiga 300000, Facebook saytiga — 100000 ga yaqin, “moymir” saytiga 40000 nafardan ortiq, kishi kirayotir. Vaholanki, yurtimizdagi doira.uz, vsetut.uz, odnoklassniki.uz, sinfdosh.uz, muloqot.uz, olam.uz kabi saytlarda ruyxatdan o‘tgan fuqarolarimizning barchasi jamlansa ham yuqoridagi miqdorga etmaydi.

Yoshlarga oid milliy qonunchiligimizga ma‘naviy tahdidlar, axborot xurujlarining oldini olishga qaratilgan zarur o‘zgartish hamda qo‘ushimchalar kiritish darkor.

Bu borada ba‘zi tajribalarni o‘rganish foydadan holi bo‘lmaydi. Masalan, Angliyada «O‘zini tutish kodeksi» va «Xavfsiz tarmoq» mustaqil jamg‘armasi zararli, noqonuniy axborotlar oqimini nazorat qiladi. Ayrim Yevropa davlatlarida qonun asosida nomaqbul saytlarni yopib qo‘yish (blokirovka qilish) belgilab qo‘yilgan. Hususan, Germaniyada bu masala sud qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Rossiyada esa turli axborot xurujlariga qarshi kurashish maqsadida «Xavfsiz inter­net markazi» tashkil etilgan. Umuman, Yevropa Ittifoqi tomonidan bu borada  bir nechta qonun hujjatlari qabul qilingan va «Xavfsiz internet» dasturi ishlab chiqilgan.

Yurtimizda internet xalqaro ax­borot tarmog‘ini milliy ma‘lumotlar bilan tuldirish ham bugungi kunning eng dolzarb zaruriyatidir. Ta‘kidlash joizki, bu borada bir qator yutuqlarga erishilmoqda. Jumladan, 2002 yilda «Uz» domenida atigi 587 ta sayt faoliyat yuritgan bo‘lsa, endi ularning soni bir necha o‘n mingtadan oshib ketdi. Shundan 160 tadan ortig ‘i ommaviy axborot vositasi sifatida ruyxatga olingan. Axborot-kutubxona markazlarining fondi xam 30 000 nusxadagi adabiyotga ko‘payib, 5 millionga yaqin raqamlarni tashkil etmoqda.

Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yuksak ishonch bildiralayotgan ekan, yoshlarimiz ongini egallashga qaratilgan xar qanday xatti-xarakatlarga, milliy manfaatlarimizga rahna solishga, ma‘naviyatimizga tajovuz qilishga, umrimiz mazmuni bo‘gan tarixiy xotiramizni buzishga urinayotgan g‘arazli kuchlarga qarshi qalbimizda ogohlik qo‘ng‘irog‘i doimo bong urib turishi darkor. Ana shundagina xech kim, xech narsa o‘z tanlagan yo‘limizdan ortga qaytara olmaydi.

О Qobiljon Umarov

Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston !

Fikr qoldiring

Sizning emailingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.To'ldirish shart bo'lgan bandlar *

*