Aforizmlar

Sen qonunni unutishing mumkin. Lekin qonun seni unutmaydi.

* * *

Burch va mas’uliyatni tan olmagan erk beboshlikdir.

* * *

Qonun – adolat  o’rnatish tomon tashlangan birinchi qadam, lekin adolatning qaror topishiga faqat ushbu qadam yetarli emas.

* * *

Kuchga  kirmagan  qonunning   oddiy pand-nasihatdan farqi yo’q.

* * *

Mutloq erk — xom xayoldir, ko’chaga  chiqqan zaxoting erkingni boshqalar erki bilan kelishtirishga majbursan.

* * *

Bor gap, muhabbatning ko’zi ko’r, lekin «ko’r» bo’la turib, seni qaerga etaklashini u yaxshi biladi.

* * *

Tilingdan oldin qalbingni tarbiya qil. Chunki so‘z qalbdan kelib, tildan chiqadi.
* * *
Ey, dil! Na bitmas xazinasan, na davosiz dard.
* * *
Ming yil o‘qisamu, mendan «nimani bilding», deb so‘rasalar, «haddimni bildim» deyman.
* * *
Dedilarki, ko‘zdan yiroq ko‘ngildan yiroq. Dedimki, ko‘ngildagi ko‘zdan yiroq bo‘lsa ne naf?
* * *
Ishq azobi tortmagan yurak yo telbaning, yo murdaning yuragidir.
* * *
Ey, yor! Biz ishq uzumining shingillari edik-ku! Boshqa shishalarga sharob bo‘libmiz, boshqa xayollarda harob bo‘libmiz.
* * *
Gulning go‘zalligi urug‘idan; insonning husni esa qalbidandir.
* * *
Ko‘nglingni poklamabsan-ku, tinmay tahorat olganing nimasi?!
* * *
Odamlar suratini bezatsa, sen siyratingni beza. Odamlar boshqalar aybidan so‘z ochsa, sen o‘z qusuringni o‘yla.
* * *
Poktiynat kishilar suhbatidan bahramand bo‘lmoq, podishohlar boshiga toj bo‘lmoqdan afzaldir.
* * *
Hojat emas, hammasini so‘zla bayon qilmoqqa, bir boqmoq ming so‘zdan yaxshidir anglaganga.
* * *
O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe’lingga, fe’ling taqdiringga nuqs etadi. Go‘zal o‘yla, go‘zal yasha.
* * *
Har holni xayr, har kechani qadr, har kelganni Hizr bil.
* * *
Inson tabassumi bilan tarbiyasini, nimaga kulgani bilan saviyasini namoyon qiladi.
* * *
Ey, do‘st! Men Majnun emasman, ammo chaqirsang cho‘li biyobonga borishga ham tayyorman.
* * *
Ko‘ngil bog‘, ko‘zlar bulutdir. Bulut yig‘lasa bog‘lar yashnagay.
* * *
Shamdek yosh to‘k, ko‘ngil uying charog‘on bo‘lsin.
* * *
Biz sevsak gar, yer bo‘lamiz, biz sevsak gar, sel bo‘lamiz. Biz sevsak gar, lol bo‘lamiz, biz sevsak gar, jon bo‘lamiz.
* * *
Modomiki, hammaning gunohini bekitolmaysan, o‘z ko‘zingni yumib qo‘ya qol.
* * *
Dili va tili bir bo‘lmagan inson yuz tilni bilsa ham tilsiz sanalgay.
* * *
Bizni bilgan biladi, bilmagan o‘zi biladi.
* * *
Do‘st deb achchiq gapirganga emas, achchiqni shirin gapirganga aytiladi.
* * *
Dunyo tuzoqdir, doni hoyu-xavasdir.
* * *
Go‘zal kunlar kelishini kutma. Unga tomon bormog‘ingni unutma.
* * *
Kitob o‘qishdan oldin o‘zimizni o‘qishni o‘rganaylik.
* * *
Hayot uyqudir, o‘limla uyg‘onur inson. Sen shoshil, o‘lmasdan avval uyg‘on.
* * *
G‘ayrating qanotingdir.
* * *
Adolat daraxtni sug‘ormoq, zulm esa tikanga suv to‘kmoqdir.